Microsoft Word Economic theory lecture 3



Yüklə 146,45 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə1/7
tarix19.12.2023
ölçüsü146,45 Kb.
#185430
  1   2   3   4   5   6   7
Economic theory - lecture 3



3-mavzu. IQTISODIY TIZIMLAR VA MULKCHILIK MUNOSABATLARI 
Iqtisodiy munosabatlarning vujudga kelishi va rivojlanishi jamiyat taraqqiyotining turli 
bosqichlarida o‘ziga xos xususiyat kasb etadi. Iqtisodiy munosabatlar doimo o‘zgarib, 
rivojlanib boradi. Usbu mavzuda ijtimoiy-iqtisodiy taraqqiyot bosqichlari va ularni bilishga 
bo‘lgan turlicha yondashuvlar, ishlab chiqarishning ijtimoiy va texnologik usullari hamda 
iqtisodiy tizim tushunchalari batafsil ko‘rib chiqiladi. Shuningdek iqtisodiy tizim modellari va 
ularning xususiyatlari ko‘rsatib beriladi hamda mulkchilik munosabatlarining mohiyati, mulk 
shakllarining iqtisodiy mazmuni va bozor iqtisodiyotini shakllantirish jarayonida mulkchilik 
shakllarini o‘zgartirish yo‘llari va usullari, hamda 2017-2021 yillarda davlat mulkini 
xususiylashtirishni kengaytirish, xususiy mulk xuquqi va kafolatlarini ishonchli himoya qilishni 
ta’minlash kabi masalalarga alohida o‘rin ajratiladi. 
3.1. Ijtimoiy-iqtisodiy taraqqiyot bosqichlarini bilishga bo‘lgan turli xil yondashuvlar 
Kishilik jamiyati ishlab chiqarish munosabatlari va ishlab chiqaruvchi kuchlarning o‘zaro 
birligi va ziddiyati asosida taraqqiy etib borib, uning turli bosqichlariga o‘ziga xos bo‘lgan 
iqtisodiy tizimlar muvofiq keladi. Insoniyat taraqqiyoti bosqichlari va har bir bosqichga xos 
bo‘lgan iqtisodiy tizimlarni o‘rganish iqtisodiy jarayonlarni, ularni o‘zgaruvchan ekanligini 
bilishda muhim ahamiyatga egadir. 
Taraqqiyot bosqichlarini bilishda turli xil yondashuvlar mavjud bo‘lib, ulardan asosiylari 
sifatida quyidagilarni ajratib ko‘rsatish mumkin: 
-
tarixiy-formatsion yondashuv; 
-
sivilizatsiya darajasi jihatidan yondashuv;
-
texnik va texnologik taraqqiyot darajasi jihatidan yondashuv; 
-
ijtimoiy-iqtisodiy tizimlar o‘zgarishi jihatidan yondashuv. 
Ijtimoiy taraqqiyot bosqichlarini bilishga tarixiy-formatsion yondashuvda ishlab 
chiqarishning ijtimoiy usullari va uning tarkibiy qismlarini tahlil qilishga e’tibor berilgan.
Ishlab chiqarish usuli ishlab chiqaruvchi kuchlar va ishlab chiqarish iqtisodiy 
munosabatlarining birligidan iborat. Ishlab chiqarishning shaxsiy va moddiy omillari, ya’ni 
ishchi kuchi bilan ishlab chiqarish vositalari birgalikda jamiyatning ishlab chiqaruvchi 
kuchlarini tashkil qiladi. Boshqacha aytganda, ishlab chiqaruvchi kuchlar-bu ijtimoiy ishlab 
chiqarish jarayonida kishilar bilan tabiat o‘rtasidagi bog‘lanishni amalga oshiruvchi shaxsiy va 
texnik-buyumlashgan elementlar tizimidan iborat. Ishlab chiqaruvchi kuchlarning rivojlanish 
darajasi ijtimoiy taraqqiyotning eng muhim mezoni va umumiy ko‘rsatkichidir. 
Odamlar ishlab chiqarish jarayonida faqat tabiat ashyolari va boshqa moddiy ashyolar 
bilan emas, shu bilan birga o‘zaro bir-biri bilan ham munosabatlarda bo‘ladilar, ya’ni ishlab 
chiqarish munosabatlariga kirishadilar. Bunda ishlab chiqarishda tarkib topadigan tashkiliy-
iqtisodiy va ijtimoiy-iqtisodiy munosabatlar bir-biridan farq qiladi. Tashkiliy-iqtisodiy 
munosabatlar ishlab chiqarishni tashkil qilish jarayonida vujudga keladi. Mazkur munosabatlar 
kishilar o‘rtasidagi aloqalar sifatida namoyon bo‘lib, shu bilan birga ishlab chiqarish holatini 
bevosita tavsiflaydi, ishlab chiqaruvchi kuchlar taraqqiyoti muayyan bosqichlarining 
xususiyatlarini va ularning ijtimoiy uyg‘unlashuvini aks ettiradi. Bu masalan, mehnat taqsimoti, 
uni 
ixtisoslashtirish 
va 
kooperatsiyalash, 
ishlab 
chiqarishning 
to‘planishi 
va 
uyg‘unlashtirilishidir.
Ishlab chiqarish har doim muayyan ijtimoiy shaklga ega bo‘ladi. Bu ijtimoiy shakl 
ijtimoiy-iqtisodiy munosabatlarni vujudga keltiradi, ularning mohiyati va asosini ishlab 
chiqarish vositalariga mulkchilik munosabatlari tashkil etadi. 


Ijtimoiy-iqtisodiy munosabatlar-bu kishilar uchun zarur bo‘lgan hayotiy ne’matlarni ishlab 
chiqarish, taqsimlash, ayirboshlash va iste’mol qilish jarayonida vujudga keladigan 
munosabatlardir. Ular takror ishlab chiqarish munosabatlari yoki iqtisodiy munosabatlar deb 
ham ataladi. 
Ishlab chiqaruvchi kuchlar rivojining muayyan darajasi ishlab chiqarish munosabatlarining 
u yoki bu turini taqozo qiladi. Muayyan taraqqiyot darajasidagi ishlab chiqaruvchi kuchlar va 
ishlab chiqarish munosabatlari muayyan turining birligi va o‘zaro ta’siri ishlab chiqarish usulini 
tashkil etadi.
Ishlab chiqarish munosabatlari faqat ishlab chiqaruvchi kuchlar bilangina o‘zaro aloqada 
bo‘lib qolmaydi. Ular bir vaqtda bazis ham hisoblanib, uning ustida ishlab chiqarish 
munosabatlarining ushbu tizimiga xos bo‘lgan alohida siyosiy, huquqiy, mafkuraviy, milliy, 
oilaviy va boshqa ijtimoiy munosabatlar hamda tartibotlarning alohida turlari qad ko‘taradi. 
Ana shularning yig‘indisi jamiyatning asosini tashkil etadi. Siyosat, huquq, ahloq va 
ustqurmaning boshqa elementlari ham faol ro‘l o‘ynaydi, o‘zlarini vujudga keltirgan ishlab 
chiqarish munosabatlariga, ular orqali esa jamiyatning ishlab chiqaruvchi kuchlariga ham aks 
ta’sir ko‘rsatadi. 
Ishlab chiqarish usuli bilan jamiyat asosi ijtimoiy-iqtisodiy formatsiyani tashkil etadi (3.1-
rasm).

Yüklə 146,45 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4   5   6   7




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin