Microsoft Word Economic theory lecture 7


Iste’molchi hatti-harakati nazariyasi



Yüklə 110,31 Kb.
səhifə8/9
tarix28.11.2023
ölçüsü110,31 Kb.
#168418
1   2   3   4   5   6   7   8   9
TALAB VA TAKLIF NAZARIYASI

Iste’molchi hatti-harakati nazariyasi


Hozirda iqtisodiyot nazariyasiga oid ko‘plab darslik va o‘quv qo‘llanmalarda bozor talabining shakllanishi va namoyon bo‘lishini iste’molchining hatti-harakati orqali tushuntirishga harakat qilinmoqda. Bunda oldindan g‘arb adabiyotlarida mavjud bo‘lib kelgan turli nazariyalardan foydalanib, iste’molchi hatti-harakati nazariyasi alohida yo‘nalish sifatida bayon etilmoqda [1, 2, 3, 4]. Talabalarni mazkur nazariyaning mohiyati bilan tanishtirish maqsadida uning asosiy tushunchalarini ko‘rib chiqamiz.


Iste’molchining bozordagi hatti-harakati so‘nggi qo‘shilgan naflilik nazariyasi hamda iste’molchi tanlovi nazariyasi orqali izohlanadi. Bu nazariya yordamida iste’molchining manfaati nuqtai-nazaridan uning afzal ko‘rishi qoidalari bayon etiladi.
Agar naflilikka iste’molchi o‘lchami bilan qaralsa, u iste’molchining biron-bir ne’matni iste’mol qilishidan olinadigan qoniqishni anglatadi. Iste’molchi tomonidan o‘zi uchun turli tovarlarning naflilik darajasining baholanishi iste’molchining afzal ko‘rishi deyiladi.

Naflilik funksiyasi ma’lum miqdordagi tovarlarga boshqa bir miqdordagi taqqoslashni bildiradi. Naflilikni mutloq ko‘rsatkichlarda o‘lchashning ahamiyati bo‘lmay, iste’molchi tanlovini naflilik darajasining ketma-ket joylashuvi bilan izohlash mumkin. Bir to‘plamdagi tovarlar nafliligi boshqasidan qay darajada afzalligini ko‘rsatib berish mumkin emas.


Naflilik funksiyasi iste’mol qilinayotgan tovarlar(X,Y)dan olinayotgan naflilikning hosilasini ifodalaydi:
U ( X ,Y )  XY .
So‘nggi qo‘shilgan naflilik-muayyan ne’matning navbatdagi birligini iste’mol qilishdan olingan qo‘shimcha naflilikdir. So‘nggi qo‘shilgan naflilik umumiy naflilikning o‘sgan qismidan iborat ekan, u naflilik funksiyasining hosilasi hisoblanadi. Muayyan ehtiyojni qondiruvchi har bir navbatdagi ne’mat oldingisiga qaraganda kamroq naflilikka ega bo‘ladi. Ne’matlarning cheklangan miqdori sharoitida esa doimo ehtiyojni eng kam darajada qondiruvchi so‘nggi nusxasi mavjud bo‘ladi.
So‘nggi qo‘shilgan naflilik pasayib borish tendensiyasiga ega bo‘lib, bu iqtisodiy tamoyil sifatida ifoda etiladi. Mazkur tamoyilning mohiyati shundan iboratki, agar alohida olingan yakka iste’molchining holatidan kelib chiqilsa, ne’matlarni iste’mol qilish hajmining ko‘payib borishi bilan, ma’lum vaqtdan boshlab, muayyan ne’matning navbatdagi birligini iste’mol qilishdan olingan qo‘shimcha naflilik oldingisiga nisbatan kamayib boradi.
Kishi qanchalik ko‘p miqdordagi tovarni iste’mol qilsa, u shunchalik ko‘p yalpi naflilikka ega bo‘ladi. Yalpi yoki umumiy naflilik so‘nggi qo‘shilgan naflilik ko‘rsatkichlarini jamlash orqali aniqlanadi. Agar iste’molchi manfiy so‘nggi qo‘shilgan naflilikka ega bo‘lsa, u holda yalpi naflilik kamayadi.
Bu qoidaning mazmuni quyidagicha bayon etiladi: iste’molchi o‘zining daromadini shunday sarflashi kerakki, daromad to‘liq sarflangan holatda tovarni xarid qilishdan olingan so‘nggi qo‘shilgan naflilikning tovar narxiga nisbati barcha tovarlar uchun bir xil qiymatga ega bo‘lishi lozim.
Iste’molchi o‘zining o‘z didi va ruhiyatiga ko‘ra turli xil tovarlar to‘plamini ma’qul ko‘rishi mumkin. Bunda u tovarlarning ma’lum bir to‘plamini boshqa biriga taqqoslab ko‘radi. Iste’molchi tanlovini tushuntirishda befarqlik egri chizig‘i muhim ro‘l o‘ynaydi.
Befarqlik egri chizig‘i ehtiyojlarni bir xil darajada qondirilishini ta’minlovchi iste’mol to‘plamlari yig‘indisini namoyon etadi. Ya’ni, iste’molchi uchun befarqlik egri chizig‘ida joylashgan tovarlar to‘plamini tanlashda farq mavjud bo‘lmaydi.
Befarqlik egri chizig‘i pasayib boruvchi ko‘rinishda bo‘ladi. Befarqlik egri chizig‘ining pasayib borishi shu bilan izohlanadiki, tanlanishi lozim bo‘lgan har ikkala tovar ham iste’molchi uchun nafli hisoblanadi. Shunga ko‘ra, bir tovarlar to‘plami, masalan, A dan boshqa bir tovarlar to‘plami, masalan, B ga tomon harakat qilib, iste’molchi naflilik miqdorini oshiradi. Biroq, ayni paytda xuddi shuncha miqdordagi naflilikka ega bo‘lgan A tovardan voz kechadi.
Qisqasi, B tovar qanchalik ko‘p bo‘lsa, A tovar shunchalik oz bo‘ladi, chunki A va B tovarlar o‘rtasida teskari aloqa mavjud. O‘zgaruvchilari o‘rtasida teskari aloqa mavjud bo‘lgan har qanday egri chiziq esa pasayib boruvchi ko‘rinishda bo‘ladi.

Agar iste’molchining A va B tovarlarning barcha to‘plamlari bo‘yicha afzal ko‘rishlarini egri chiziqlar orqali tasvirlansa, befarqlik kartasi hosil bo‘ladi. Har bir befarqlik egri chizig‘i kishi har biriga bir xilda qaraydigan tovarlar to‘plamini ifodalaydi. 7.5-rasmda befarqlik kartasining bir qismini aks ettiruvchi uchta befarqlik egri chizig‘i tasvirlangan. I3 befarqlik egri chizig‘i ehtiyojlarni qondirilishining eng yuqori darajasini aks ettiradi.


B
S



  • B A

    • I3

I2
I1
0 A

Yüklə 110,31 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin