Microsoft Word ey farzand ziyouz com doc



Yüklə 266,62 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə51/83
tarix11.02.2022
ölçüsü266,62 Kb.
#52397
1   ...   47   48   49   50   51   52   53   54   ...   83
Imom G\'azzoliy. Ey farzand

 

 

 


Ey, farzand. Abu Homid G’azzoliy 

 

 



www.ziyouz.com kutubxonasi 

33

QARINDOSH ZIYORATINING FAZILATI 

 

Ey, farzand!



 

Qarindoshlarni ziyorat qilish ibodatlarning eng go‘zallaridan biridir. Bunga beparvo bo‘lmaslik va 

uni unutmaslik kerak. 

Bir kishi qarindosh ziyoratidan, ikkinchi kishi haj ziyoratidan qaytayotganda uchrashib topishdi. 

Hol so‘rashgach, hoji: 

— Qarindosh ziyorati savobini menga bering, men sizga haj savobini berayin, — dedi. Bu orada 

g‘ayb olamidan ilohiy ovoz keldi: 

«Zinhor qarindosh ziyoratining savobini berma. Biz sening bu ziyorating uchun qabul bo‘lgan 

yetmish haj savobini berdik». 

Buni eshitgan ziyoratchi qarindosh ziyorati savobini haj savobiga almashmoqdan voz kechdi. 

Haj qilgan kishi — Ka’bai Muazzamani ziyorat etdi, u esa ko’ngil ziyoratida bo‘ldi. 

Bir qudsiy hadisda Alloh marhamat etadi: 

«Meni azamatim bilan arsh sig‘dirolmas, mo‘min qulimning qalbi sig’dirur». 

Ey, farzand!

 

Kishi o‘g‘il-qizini kichik yoshdan tarbiyalab, odob bermog‘i kerak. Ma’lum yoshga yetgach, ba’zi 



narsalarni bolaga qabul qildirish qiyin bo‘ladi. Oila raisi oila a’zolarining ba’zi ayblarini kechirishi kerak 

bo‘ladi. Chunki oila raisidan a’zolar qo‘rqishadi. Zaif va kichiklar ayb qilishi mumkin. Shuning uchun 

ularni qo‘rqitishdan ko‘ra kechirish yaxshiroq. 

Sadaqalarning eng afzali yaqinlarga va yaqin atrofga berilganidir. Xizmat mavqeida bo‘lganlar 

ham sadaqa va hadyalardan mahrum etilmasligi kerak. Payg‘ambarimiz (s.a.v.) buyuradilar: 

«Bir kishi oila a’zolarini yaxshi ko‘rgan taomlarini olib taomlantirsa, Alloh o‘sha kishiga ming savob 

berib, darajasini ming barobar ko‘taradi. O’sha kishini jannatda yaxshi ko‘rgan ne’matlariga 

yetkazadi». 

Bir boshqa hadisi sharifda Payg‘ambarimiz (s.a.v.) marhamat etadilar: 

«Kishining jufti haloliga, bolalariga va xizmatida bo‘lganlarga sadaqa berishidan va ularni 

qo‘llashidan savobliroq bir ish yo‘q. Alloh ham o‘sha qulini ehsonga g‘arq aylaydi va har turli 

falokatlardan asraydi». 

Bolalarga birinchi o‘rgatiladigan narsa-kattalarga hurmat. Bu odob o‘rgatilayotganda ularga 

shafqat qanotlarini tutish kerak. O’g‘il bolalarning behuda qiz bolalar bilan yaqin bo‘lishi aqlga 

kelmagan yomonliklarga olib kelishi mumkin. Ularni xafa qilmasdan, bezor etmasdan foydali ishlar 

bilan mashg‘ul bo‘lishiga diqqatlarini tortish kerak. 

Bolalarni yetti yoshdan e’tiboran, namoz o‘qishga to‘qqiz yoshga kirgach, ro‘za tutishga 

odatlantirish, mahram va nomahram mavzularini ularga o‘rgatish kerak. Bolalarning ta’lim-tarbiyasi 

nihoyatda muhim va nozik mavzudir. 

Bilmaganni bilimdon va samimiy bir mutaxassisdan o‘rganish kerak. 

Qiz bolani kamolga yetkazadigan atrof-muhit, o‘quv yurti va maktabni yaxshilab o‘rganish lozim. 

To‘g‘ri kelgan joyda o‘qitish, tarbiyasiga e’tiborsizlik oqibati yaxshi bo‘lmaydi. 

Kelin-kuyov masalalarida iffat tuyg‘usidan, Alloh qo‘rquvidan yiroq oilalar bilan zo‘raki qarindoshlik 

iplarini bog‘lasa chigal, zararli natijalarga olib keladi. 

Eng buyuk martaba — ilm, eng ulug‘ fazilat — Allohdan qo‘rqish, eng ulkan boylik — salomatlik. 

Uylanishda bo‘lganidek, kasb tanlashda ma’lum yoshga kirgan navqiron yigit-qizlarga ishonch bildirish 

lozim. Zo‘rlash yo‘lidan bormasdan ishontirish yo‘lidan borish afzal. 

Yoshlarni yetuklik, hayot yo‘liga yo‘llashda islom va zamon shartlari muvofiqligiga e’tibor berish 

foydalidir. 

Go‘zal bir oila qurishda tadbirlar ko‘rib, Allohga tavakkal etish kerak. 




Yüklə 266,62 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   47   48   49   50   51   52   53   54   ...   83




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin