So‘fiylardan uzoq bo‘lmaslik, ularning ziyoratlariga borish zarur. Suhbatlaridan foydalanish uchun
Nomigagina so‘fi atalgan bir guruh riyokorlarning o‘tirishidan esa uzoqlashish darkor. Inson
birovning kimligini bilolmay xato qilishi mumkin. Yaxshi ko‘rgan odamimiz yomon, yomon ko‘rganimiz
yoqmagani uchun darhol inkor etib, shoshilib yomon deb e’lon qilish insonni xatolikka boshlaydi.
«Men do‘stlarimni qullarim orasiga yashiraman, ularning bir qismini o‘zimdan boshqa bilmaydi».
Ey, farzand. Abu Homid G’azzoliy
www.ziyouz.com kutubxonasi
36
So‘fiy — Allohning do‘sti. So‘fiylar Alloh do‘stligiga erishgan.
So‘fiylar majlisiga
borganlar ulardan bilim, duo olishlari kerak.
Murshidlik maslagi maslaklarning eng ulug‘i, eng a’losi va yuksagidir. Bunday kishilar juda oz.
Murshidlik yo‘li — janob Rasulullohni (s.a.v.) axli bayti bilan birga sevib, ular nurida erib, ularda foniy
bo‘lib o‘tadi.
Bir kishining murshid ekanining ikki alomati bor:
1. Qullarini Allohga sevdirmoq.
2. Allohni esa qullariga sevdirmoqdir. Albatta, bu quruq iddao bilan amalga oshmaydi.
Ey, farzand!
Darveshlarni do‘st tutib, besh vaqt namozni komil o‘qishga kirishish zarur. Shariatga nomuvofiq
narsalardan uzoq, dunyo jozibasiga aldanmaganlar darvishlik maslagiga yaqin bo‘ladi.
Darveshlarni sevmoq, ularga ikromda bo‘lish, ko‘ngillarini qoldirmaslik va ularni kamsitmaslik
lozim. Ular bilan suhbatlashib, duolarini olish foydalidir.
Dostları ilə paylaş: