JAMOAT NAMOZINING FAZILATI
Ey, farzand!
Payg‘ambarimiz (s.a.v.) marhamat etadilar:
«Bomdod namozini jamoat bilan o‘qigan kishining yuzi qiyomat kuni o‘n to‘rt kunlik oyday bo‘ladi.
Peshin va asr namozlarini jamoat bilan o‘qigan kishi uchun Alloh ming safdan iborat farishtalar
guruhini vazifalantiradiki, ular qiyomatgacha o‘sha kishi uchun tasbehotda bo‘ladilar. Shom namozini
jamoatda o‘qigan kishi mahshargohda payg‘ambarlar bilan birga bo‘ladi. Kim xufton namozini jamoat
bilan o‘qisa, mahshar maydonida o‘sha kishi bilan Alloh orasida parda qolmaydi».
Jamoat bilan aloqasi bo‘lmagan kishi jannatga kirmaydi. Jamoatni uzrsiz tark etish mumkin emas.
Namozini butunlay tark etgan kishi Allohning g‘azabidan qutulolmaydi.
Bomdod namozini tark etgan kimsadan imon bezordir. Peshin namozini uzrsiz tark etgan
kimsadan payg‘ambarlar bezordirlar. Asr namozini tark etgan kimsadan Qur’oni karim bezordir. Shom
namozini tark etgan kimsadan farishtalar bezordir. Xufton namozini tark etgan kimsani Alloh
himoyasiga olmaydi.
Ey, farzand!
Har narsaning nuri bor. Din nuri — besh vaqt namozdir. Namoz ayni vaqtda din tirgagi va
libosidir. Har narsani buzguvchisi bor. Dinni buzuvchi — namozni tark etmoqdir. Namozni tark etgan -
dinining binosini qulatgan bo‘ladi.
Ey, farzand. Abu Homid G’azzoliy
Dostları ilə paylaş: |