AZONNING FAZILATI
Ey, farzand!
Rasululloh (s.a.v.) marhamat qiladilar:
«Har bir kishi azon eshitganda shu duoni o‘qishi kerak: «ASHHADU ANLA ILAHA ILLALLOHU
VAHDAHU LA SHARIYKA LAH. VA ASHHADU ANNA MUHAMMADAN ABDUHU VA RASULUH. ROZIYTU
BILLAHI ROBBAN VA BIL ISLAMI DIYNAN. VA BI MUHAMMADIN SALLALLOHU ALAYHI VA SALLAMA
ROSULAN VA NABIYYA».
Bu duo bilan azonni qarshilaganni shirkdan tashqari dengizlar ko‘pigicha gunohlari bo‘lsa ham
Alloh kechiradi». Allohu Akbar! Yana Payg‘ambarimiz (s.a.v.) shunday deydilar:
«Ey, sevimli sahobalarim! Qiyomatgacha kelguvchi ummatlarim! Azon aytilgach, shu duoni
o‘qishni unutmang:
«ALLOHUMMA ROBBA HAZIHID DA’VATIT TAAMMAH. VAS SOLATIL QOIMAH. ATI
MUHAMMADANIL VASIYLATA VAL FAZIYLAH. VAD DARAJATAR ROFIYATA. VAB’ASHU MAQOMAM
MAHMUDANILLAZIY VA’ADTAH. VARZUQNA SHAFA’ATAHU YAVMAL QIYAMAH. INNAKA LA TUXLIFUL
MI’AD».
Aytilayotgan azonga hurmat ko‘rsatib, oxirigacha odob bilan tinglab, boshqa narsalar bilan
mashg‘ul bo‘lmaslik lozim. Agar azondan avval Qur’on yoki namoz o‘qish boshlangan bo‘lsa, bu ikki
ibodat davom ettiriladi.
Hazrati Oisha (r.a.) onamiz azon aytilganda qo‘llaridagi ishni qo‘yib, azonni tinglardilar. Bir kun
Ey, farzand. Abu Homid G’azzoliy
Dostları ilə paylaş: |