Microsoft Word ffffffffffffffff



Yüklə 0,7 Mb.
Pdf görüntüsü
tarix27.01.2022
ölçüsü0,7 Mb.
#51669
ffffffffffffffffffffffffffffffff



           

Bajardi:  Bektoshev Fayoz 

                                                                                                  Tekshirdi: Axrorova.S.A 

 

                                                               



 


                                                           

Saylov 


                                                 Reja 

1. Saylov va uning komponentlari 

2. Saylovning davlat rivoji va uning taraqqiyotidagi o`rni 

3. Davlat miqyosida Saylovni tashkil etish va uning bosqichlari 

4. Xulosa 

                                      

ovoz berish orqali davlat organlari, mahalliy oʻzini oʻzi boshqarish 

organlari va boshqa tuzilmalarni tashkil etish vositasi. 

Fuqarolarning oʻz saylov huquqini amalga oshirishi — ularning 

davlatni boshqarishda ishtirok etishining eng muhim shakllaridan 

biri. Saylov oʻtkazish tartibi va qoidalari, odatda, har bir davlatning 

konstitutsiyasi va boshqa konstitutsiyaviyhuquqiy hujjatlarda 

belgilanadi. Saylov turli koʻrinishda boʻladi. Unda aholi qatnashishi 

yoki ularning vakillarigina ishtirok etishi mumkin. Saylov ochiq yoki 

yashirin ovoz berish yoʻli bilan oʻtkaziladi. Qaysi organ 

saylanayotganligiga qarab parlamentga yoki prezidentlikka S, 

parlamentning umumiy yoki bir qismi uchun S oʻtkazilishiga qarab 

yalpi yoki qisman saylov boʻlishi mumkin. Hududiga qarab 

umumdavlat yoki mahalliy; oʻtkazilish vaqtiga qarab navbatdagi 

yoki muddatdan oldingi; bir partiyali, koʻp partiyali yoki partiyasiz; 

muqobillik asosida va nomuqobil (agar yagona nomzod 

koʻrsatilsa); toʻgʻri yoki koʻp bosqichli; asosiy yoki qoʻshimcha 

saylov oʻtkazilishi mumkin.

 

Oʻzbekiston Respublikasining 



Konstitutsiyasiga binoan, mamlakat Prezident saylovi, OʻzR Oliy 

Majlisining Qonunchilik palatasiga hamda Qoraqalpogʻiston 

Respublikasi Joʻqorgʻi Kengesiga, viloyatlar, tumanlar, shaharlar 

davlat hokimiyati vakillik organlariga saylov tegishlicha ularning 

konstitutsiyaviy vakolat muddati tugaydigan yilda — dekabr oyi 3-

oʻn kunligining 1-yakshanbasida oʻtkaziladi. Saylovlar umumiy, 




teng, toʻgʻridantoʻgʻri S huquqi asosida yashirin ovoz berish yoʻli 

bilan oʻtkaziladi (yana q. 

Saylov tizimi

Saylov huquqi



)

[1]


2021-yil


 8-fevral kuni qabul qilingan „Saylov qonunchiligi 

takomillashtirilishi munosabati bilan Oʻzbekiston Respublikasining 

ayrim qonun hujjatlariga oʻzgartish va qoʻshimchalar kiritish 

toʻgʻrisida“gi qonunga binoan saylovlar oktabr oyida oʻtkazilishi 

belgilandi. Yaʼni Prezidentlikka saylov, 

Oliy Majlisning

 Qonunchilik 

palatasiga, 

Qoraqalpogʻiston Respublikasi

 Joʻqorgʻi Kengesiga, 

viloyatlar, tumanlar, shaharlar davlat hokimiyati vakillik 

organlariga saylov tegishincha ularning konstitusiyaviy vakolat 

muddati tugaydigan yilda — oktabr oyi uchinchi oʻn kunligining 

birinchi yakshanbasida oʻtkazilishi belgilandi (ilgari dekabr oyida 

edi)

[2]


Markaziy saylov komissiyasi

 tomonidan 

tayyorlangan 

qonunning

 

konsepsiya



 variantida saylovlarni mart 

oyiga koʻchirish haqidagi taklif ham boʻlgan. 

Fuqarolar

 bilan 


oʻtkazilgan seminar tadbirlarda hamda 

ommaviy axborot 

vositalari

 orqali kelib tushgan takliflarda ham mart, may, avgust va 

sentabr oylari qayd etilgan. Biroq saylovlarni oktabr oyida 

oʻtkazish boʻyicha 70 foizdan ortiq taklif fuqarolardan kelganligi 

bois shu oyga koʻchirilgan.

[3]


 

Ўзбекистон Республикаси Сайлов кодексининг 27-

моддасига мувофиқ сайлов кампанияси даврида ҳар бир 

сайлов участкасида Сайловчиларнинг рўйхатлари сайловдан 

15 кун олдин ҳамма танишиб чиқиши учун участка сайлов 

комиссиялари томонидан ўз биноларига осиб қўйилади. 

Мазкур рўйхатда фуқароларанинг фамилияси, исми, 

отасининг исми, шу билан бирга унинг туғилган санаси ва 

яшаш манзили ҳам кўрсатилиши белгилаб қўйилган

Ushbu Kodeks O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti, O‘zbekiston 



Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi (bundan buyon 

matnda Qonunchilik palatasi deb yuritiladi) deputatlari, 




O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati (bundan buyon 

matnda Senat deb yuritiladi) a’zolari, xalq deputatlari viloyat, 

tuman va shahar Kengashlari (bundan buyon matnda mahalliy 

Kengashlar deb yuritiladi) deputatlari saylovlariga tayyorgarlik 

ko‘rish va ularni o‘tkazish bilan bog‘liq munosabatlarni tartibga 

soladi hamda O‘zbekiston Respublikasi fuqarolarining xohish-

irodasi erkin bildirilishini ta’minlovchi kafolatlarni belgilaydi. 

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti saylovini o‘tkazish bo‘yicha 

saylov okruglari Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent 

shahri  chegaralari  doirasida  O‘zbekiston  Respublikasi Markaziy  saylov 

komissiyasi  (bundan  buyon  matnda  Markaziy  saylov  komissiyasi  deb 

yuritiladi) tomonidan tuziladi. 

Qonunchilik palatasi deputatlari saylovini o‘tkazish uchun bir yuz 

ellikta  hududiy  saylov  okrugi  tuziladi.  Har  bir  saylov  okrugidan  bitta 

deputat saylanadi. 

Qonunchilik  palatasi  deputatlari  saylovini  o‘tkazish  bo‘yicha 

saylov  okruglari  Qoraqalpog‘iston Respublikasi  Jo‘qorg‘i  Kengesining, 

xalq  deputatlari  viloyatlar  va  Toshkent  shahar  Kengashlarining 

taqdimnomasiga binoan Markaziy saylov komissiyasi tomonidan tuziladi. 

Qonunchilik  palatasi  deputatlari  saylovini  o‘tkazish  bo‘yicha 

saylov  okruglarining  chegaralari  Qoraqalpog‘iston  Respublikasining, 

viloyatlarning  va  Toshkent  shahrining  ma’muriy-hududiy  tuzilishi 

inobatga olingan holda, qoida tariqasida, O‘zbekiston Respublikasining 

butun hududida saylovchilar soni teng holda belgilanadi. 

Mahalliy  Kengashlarga  saylov  o‘tkazish  uchun  quyidagi  saylov 

okruglari tuziladi: 

xalq deputatlari viloyatlar va Toshkent shahar Kengashlariga 

saylov  o‘tkazish  uchun  —  oltmishtadan  ko‘p  bo‘lmagan  saylov 

okrugi; 



xalq  deputatlari  tuman  va  shahar  Kengashlariga  saylov 

o‘tkazish uchun — o‘ttiztadan ko‘p bo‘lmagan saylov okrugi. Har bir 

saylov okrugidan bitta deputat saylanadi. 

Ushbu  Kodeksda  belgilangan  normalar  doirasida  mahalliy 

Kengashlarga saylov o‘tkazish uchun saylov okruglari soni tegishli 

mahalliy  Kengash  tomonidan  aholi,  saylovchilar  soni,  hudud  va 

boshqa mahalliy sharoitlardan kelib chiqqan holda belgilanadi. 

Mahalliy  Kengashlarga  saylov  o‘tkazish  bo‘yicha  saylov 

okruglari  tegishli  viloyat,  tuman,  shahar  saylov  komissiyasi 

tomonidan,  qoida  tariqasida,  saylovchilar  soni  teng  holda  tuziladi. 

Saylov  okruglarining  chegaralari  viloyatlar,  tumanlar  va 

shaharlarning  ma’muriy-hududiy  tuzilishi  inobatga  olingan  holda 

belgilanadi. 

Saylov okruglarini tuzishda saylov okruglaridagi saylovchilar 

sonining yo‘l qo‘yiladigan eng ko‘p chetga chiqishi, qoida tariqasida, 

o‘n foizdan oshmasligi kerak. 

Saylov  okruglarining  ro‘yxatlari  ularning  chegaralari, 

saylovchilar soni va okrug saylov komissiyalarining joylashgan yeri 

ko‘rsatilgan holda saylovdan kamida yetmish besh kun oldin tegishli 

saylov komissiyasi tomonidan e’lon qilinadi. 

10-modda. Saylov uchastkalarini tuzish tartibi va normasi 

Oldingi


 tahrirga qarang. 

O‘zbekiston  Respublikasi  Prezidenti  saylovini,  Qonunchilik 

palatasi  deputatlari,  viloyatlar  va  Toshkent  shahar  Kengashlari 

deputatlari saylovini o‘tkazish bo‘yicha saylov uchastkalari tumanlar 

va shaharlar hokimliklarining taqdimnomasiga binoan okrug saylov 

komissiyalari  tomonidan,  tuman,  shahar  Kengashlari  deputatlari 

saylovini  o‘tkazish  bo‘yicha  saylov  uchastkalari  esa  tuman,  shahar 

saylov komissiyalari tomonidan tuziladi. 




(10-moddaning birinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2021-

yil  8-fevraldagi  O‘RQ-670-sonli 

Qonuni 

tahririda  —  Qonun  hujjatlari 

ma’lumotlari milliy bazasi, 09.02.2021-y., 03/21/670/0089-son) 

Saylovchilarga  mumkin  qadar  ko‘proq  qulaylik  yaratish 

maqsadida  saylov  uchastkalari  tumanlarning,  shaharlarning, 

shaharlardagi  tumanlarning  chegaralari  inobatga  olingan  holda 

tuziladi.  Uchastkalar  harbiy  qismlarda  ham  tuziladi  va  qismlar 

joylashgan  yerdagi  okruglarga  kiradi.  Saylov  uchastkalarining 

chegaralari  boshqa  saylov  okruglarining  chegaralarini  kesib 

o‘tmasligi kerak. 

O‘zbekiston Respublikasining chet davlatlardagi diplomatik va 

boshqa vakolatxonalari huzurida, sanatoriylarda, dam olish uylarida, 

kasalxonalarda va boshqa statsionar davolash muassasalarida, olis va 

borish  qiyin  bo‘lgan  hududlardagi  fuqarolar  turgan  joylarda, 

qamoqda  saqlash  va  ozodlikdan  mahrum  etish  joylarida  saylov 

uchastkalari  tuzilishi  mumkin.  Bu  uchastkalar  ular  joylashgan 

yerdagi  saylov  okruglariga  kiradi.  O‘zbekiston  Respublikasidan 

tashqarida tuziladigan uchastkalarni okrugga biriktirish to‘g‘risidagi 

masala Markaziy saylov komissiyasi tomonidan hal etiladi. 

Oldingi


 tahrirga qarang. 

Harbiy  qismlarda  saylov  uchastkalari  qismlar  yoki  harbiy 

qo‘shilmalar komandirlarining taqdimnomasiga binoan okrug saylov 

komissiyalari tomonidan tuziladi. O‘zbekiston Respublikasining chet 

davlatlardagi diplomatik va boshqa vakolatxonalari huzurida saylov 

uchastkalari  O‘zbekiston  Respublikasi  Tashqi  ishlar  vazirligining 

taqdimnomasiga  binoan  Markaziy  saylov  komissiyasi  tomonidan 

tuziladi. 

(10-moddaning  to‘rtinchi  qismi  O‘zbekiston  Respublikasining 

2021-yil  8-fevraldagi  O‘RQ-670-sonli 

Qonuni 

tahririda  —  Qonun 

hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 09.02.2021-y., 03/21/670/0089-son) 

Saylov  uchastkalari  saylovga  kamida  oltmish  kun qolganida, 

qoida tariqasida, saylovchilar soni kamida yigirma nafardan va ko‘pi 



bilan uch ming nafardan oshmagan holda tuziladi. Harbiy qismlarda, 

O‘zbekiston  Respublikasining  chet  davlatlardagi  diplomatik  va 

boshqa  vakolatxonalari  huzurida,  shuningdek  olis  va  borish  qiyin 

bo‘lgan hududlardagi fuqarolar turgan joylarda, qamoqda saqlash va 

ozodlikdan  mahrum  etish  joylarida  saylov  uchastkalari  ana  shu 

muddatda, ayrim hollarda esa saylovga kamida yetti kun qolganida 

tuziladi. 

Saylov  uchastkalarining  soni  okruglar  sonidan  kam  bo‘lishi 

mumkin emas. 

Okrug  saylov  komissiyasi  saylov  uchastkalarining  tartib 

raqamini belgilaydi hamda tegishli uchastka komissiyasining telefon 

raqamlarini,  joylashgan  yerini  va  ovoz  berish  binosini  ko‘rsatgan 

holda  saylovchilarni  har  bir  uchastkaning  chegaralari  to‘g‘risida 

xabardor etishni tashkil qiladi. 

Qonunchilik palatasi, mahalliy Kengashlar deputatlari saylovi 

bir  vaqtda  o‘tkazilgan  taqdirda,  Qonunchilik  palatasi  deputatlari 

saylovini o‘tkazish bo‘yicha okrug saylov komissiyalari tomonidan 

yagona saylov uchastkalari tuziladi. 

                                          Xulosa 

Men bu mavzuni o`rganar ekanman saylov va u bilan bog`liq 

davlat organlari vazifalari saylovda qatnashish har bir insonning 

fuqoroviy burchi hamda davlatimizda bolayotgan jarayonlarga 

befarq emasligini ko1rsatadi. Shunday ekan har bir fuqoro 

o`zining chin fuqoroviy burchlarini bilishi va davlatda 



bolayotgan jarayonlarga faol qatnashishi kerak. 

Yüklə 0,7 Mb.

Dostları ilə paylaş:




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin