Microsoft Word G`azna maruza


 Davlat budjeti ijrosini tashkil etish



Yüklə 0,89 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə10/53
tarix16.02.2022
ölçüsü0,89 Mb.
#52631
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   53
gaznachilik(2)

 
2.1. Davlat budjeti ijrosini tashkil etish 
Bugungi  kunda  budjet  jarayonini  samarali  tashkil  qilish 
ishlarini  G`aznachilik  nazoratisiz  ta'minlash  qiyin  ekanligini 
ohmlar  va  iqtisodchilar,  qolaversa,  soha  mutaxassislari  asosli 
ravishda  e'tirof  etmoqda.  Chunki  g`aznachilik  nazorati  budjet 
daromadlari  va  xarajatlarini  yagona  g`azna  hisobraqamiga 
jamJash,  pul  mablag`larini  to`g`ri  rejalashtirish,  moliyaviy 
oqimlarning dasllabki va joriy nazoratini amalga oshirish hamda 
davlat budjetini yuqori operativlikda ijro qilish imkonini beradi. 
Maiumki,  global  jahon  iqtisodiyotidagi  jiddiy  muammolar 
hamda  ularning  dunyodagi  ko`plab  mamiakatlar  qatorida 
bizning  mamlakatimiz  iqtisodiyotiga  ham  ko`rsatayotgan  salbiy 
ta'siriga  qaramasdan,  oxirgi  yillarda  respublikamizda  yuqori  va 
barqaror o`sish sur'atlarini saqlab, makroiqtisodiy barqarorlik va 
mutanosiblikning  ta'minlanayotganJigi  o`ziga  xos  ijobiy 
ko`rsatkich bo`lmoqda (2.1-rasm). 
Rasmdan  ko`rinadiki,  agar  mamlakatimizda  YalMning 
o`sish  sur'atlari  2000-2003-yillarda  3,8-4,2  foiz,  2004-2006-
yilIarda 7-7,3 foiz, 2007-2008-yillarda esa 9-9,5 foiz darajasida 
kuzatilgan  bo`lsa,  keyingi  yillarda  jahon  moliyaviy-iqtisodiy 
1
 
O`zbekistonRespublikasi 
Davlat 
statistika 
qmitasi ma'lumotlari 
2.1-rasm. O`zbekistonda yalpi ichki mahsulotning yillar davomida o`sish dinamikasi, 
foizda
1



 
13 
inqirozi mazkur ko`rsatkichga ham o`z ta'sirini ko`rsatib, o`sish 
sur'atlarida  biroz  pasayish  ro`y  berdi.  Biroq  mamlakatimizda 
chuqur o`ylangan  holda  ishlab chiqilgan  hamda  izchil ravishda 
olib 
borilayotgan  samarali 
iqtisodiy  siyosat  natijasida 
shakllangan  omillar  shunday  murakkab  sharoitda  ham 
YalMning  yuqori va  barqaror o`sish sur'atlarini  saqlab qolishni 
ta'minlamoqda  (2.1-rasm).  2013-yilda  ham  maqsadga  muvofiq 
yo`naltirilgan  chora-tadbirlar  natijasida  budjet  daromadlarining 
xarajatlardan  ortish  hajmi  YalMning  0,3  foizi  darajasida 
boiishiga erishildi. Xususan, bunda iqtisodiyotdagi soliq yukini 
izchil  kamaytirib  borish  siyosati  sharoitida  budjet  xarajatlarini 
manzilli  boiishini  va  ularning  maqsadlilik  darajasini  oshirish, 
budjet  mablag`larining  jon  boshiga  moliyalashtirish  tizimini 
tatbiq etish, budjetning g`azna ijrosi mexanizmlarini joriy qilish 
kabi  chora-tadbirlarning  ahamiyati  kattadir.  Ushbu  bob  budjet 
ijrosmi  tashkil  etish  masalalariga  bagishlangan  ekan,  dastavval 
budjet  jarayonini  tashkil  qilishning  nazariy  va  tashkiliy 
asoslarini,  budjet  jarayonini samarali tashkil etishning zarurligi 
va  vazifalarini  ko`rib  chiqish  maqsadga  muvofiqdir.  Avvalo, 
budjet  jarayoni  tushunchasining  mazmuniga  to`xtaladigan 
bo`lsak, budjet jarayoni budjet loyihasini tuzish, ko`rib chiqish, 
qabul  qilish  va  ijro  etish,  uning  ijro  etilishini  nazorat  qilish, 
ijrosi  haqidagi  hisobotni  tayyorlash  va  tasdiqlash,  shuningdek 
davlat  budjeti  tuzilmasiga  kiruvchi  budjetlar  o`rtasidagi  o`zaro 
munosabatlarning qonun  hujjatlariga  muvofiq tartibga  solinishi 
bilan  bogiiq  boigan  davlat  hokimiyati  va  mahalliy  o`z-o`zini 
boshqarish 
organlari 
hamda 
boshqa 
budjet 
jarayoni 
ishtirokchilarining  maqsadli  faoliyatidir.  Uning  mazmuni 
mamlakatning  davlat  va  budjet  qurilishi,  tegishli  vakolatli 
organlar  va  yuridik  shaxslarning  budjet  huquqlari  bilan 
belgilanadi. 
2014-yil  I  -yanvardan  amalga  kiritilgan  0'zbekiston 
Respublikasi  Budjet  Kodeksida  "budjet  jarayoni"  atamasiga 


 
 
quyidagicha  ta'rif  berilgan:  "Budjet  jarayoni  -  budjet  tizimi 
budjetlarini  shakllantirish,  tuzish,  ko`rib  chiqish,  qabul  qilish, 
tasdiqlash  va  ijro  etish,  ularning  ijrosi  ustidan  nazorat  qilish, 
budjet  tizimi  budjetlarining  ijrosi  to`g`risidagi  hisobotlarni 
tayyorlash  va  tasdiqlash,  shuningdek,  ular  o`rtasidagi  o`zaro 
munosabatlar  jarayoni"
1
.  Ushbu  ta'rifdan  kelib  chiqqan  holda, 
aytish  mumkinki,  budjet  jarayoni,  odatda,  budjet  faoliyatining 
quyidagi  to`rt  bosqichini  o`z  ichiga  oladi  (2.3-rasm):  Budjet 
jarayoni 
budjetni 
rejalashtirishdan 
boshlanadi. 
Budjetni 
rejalashtirish 
davlat 
moliyaviy 
siyosati 
talablariga 
muvofiqlashtirilgan moliyaviy rejalashtirishning muhim tarkibiy 
qismini  tashkil  qiladi.  Bunday  rejalashtirishning  iqtisodiy 
vazifasi  turli  darajadagi  budjetlar  va  budjetdan  tashqari 
jamg`armalarni  tuzish  va  ijro  etish  jarayonida  mamlakatni 
ijtimoiy-iqtisodiy  rivojlantirishning  umummilliy  dasturlari 
asosida  yalpi  ichki  mahsulot  va  rruiliy  daromad  qiymatini 
moliya  tizimi  bo`g`inlari  o`rtasida  markazlashtirilgan  tarzda 
qayta  taqsimJash  msbatlarini  to`g`ri  belgilashdan  iboratdir. 
Budjetni  rejalashtirish  turli  darajadagi  budjetlarni  tuzish  va  ijro 
etish  tartibi,  uning  me'yoriy-huquqiy  bazasi  va  tashkiliy  asosi 
tarzida  budjet  jarayonini,  shuningdek,  mamiakat  budjetini 
tuzishning  nazariyasi  va  metodologiyasi  masalalarini  ham  o`z 
ichiga  oladi. 
Budjetni  rejalashtirish  asoslari 
mamlakat 
konstitutsiyasi 
va 
qonunlari 
bilan 
belgilanadi.                            

Yüklə 0,89 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   53




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin