6.1. Xo`jalik shartnomalari va ularning xususiyatlari
Iqtisodiyot tarmoqlari korxonalari hamda ijtimoiy soha
muassasa va tashkilotlari o`rtasidagi, ularning uzluksiz
faoliyatini ta'minlash uchun zarur boigan tovarlar, ishlar va
xizmatlarni yetkazib berish bilan bogiiq munosabatlar muayyan
shartnomaviy-huquqiy munosa-batlar asosida tashkil etiladi.
Bunday munosabatlarga kirishgan taraf-lar o`rtasida tovarlar
(ishlar, xizmatlar) yetkazib berish xojalik shartnomasi asosida
amalga oshiriladi.
Xo`jalik shartnomasi deb taraflardan biri shartlashilgan
muddatda tadbirkorlik faoliyati sohasida tovarlar yetkazib
berish, ishlar bajarish yoki xizmatlar ko`rsatish majburiyatini
oladigan, ikkinchi taraf esa tovarlarni, ishlarni, xizmatlarni qabul
qilib olish va ularning haqini to`lash majburiyatini oladigan
kelishuvga aytiladi.
Xo
`
jalik shartnomalarini tuzish va bajarish jarayoni bir qator
qonun
hujjatlari
bilan
tartibga
solinadi.
O`zbekistoRespublikasining
Fuqarolik
Kodeksi,
"Xo`jalik
yurituvchi subyektlar faoliyatining shartnomaviy-huquqiy bazasi
to
`
g`risida"gi 0
`
zbekiston Respublikasi Qonuni (670-son,
29.08.1998.) shular jumlasidandir.
Fuqarolik Kodeksining 353-moddasiga muvofiq,
“
Ikki yoki
bir necha shaxsning fuqarolik huquqlari va burchlarini vujudga
keltirish, o
`
zgartirish yoki bekor qilish haqidagi kelishuvi
shartnoma deyiladi". Shuningdek, Fuqarolik Kodeksi bilan
fuqarolar va yuridik shaxslar shartnoma tuzishda erkin
ekanliklari, shartnoraa bo`yicha taraf o
`
z burchlarini bajarganligi
uchun haq olishi yoki unga boshqa muqobil to`lov to`lanishi
lozim boisa, bunday shartnoma haq evaziga tuzilgan shartnoma
ekanligi, shartnoma bo`yicha bir taraf ikkinchi tarafga undan
haq yoki boshqa muqobil to`lov olmasdan biron narsani berish
majburiyatini olsa, bunday shartnoma tekinga tuzilgan
shartnoma hisoblanishi, agar qonun hujjatlaridan, shartnomaning
mazmuni yoki mohiyatidan boshqacha hol anglashilmasa,
shartnoma haq evaziga tuzilgan shartnoma hisoblanishi kabilar
belgilab qo`yilgan.
Demak, shartnomaviy munosabatlarga kirishayotgan taraflar
hech kimning tazyiqisiz, mustaqil va erkin ravishda, o`zaro
manfaatdorlik
asosida
shartnoma
tuzishlari,
shartnoma
shartlarida belgilangan talablarni so`zsiz bajarishlari, shartnoma
shartlari buzilgan hollarda esa taraflar kontragent oldidagi o`z
majburiyatlarini bajarishda mulkiy javobgar ekanliklari qonun
bilan mustahkamlab qo`yilgan.
Xo`jalik shartnomasi, qoida tariqasida taraflardan birining
oferta (shartnoma tuzish haqida taklif) yo`llashi va ikkinchi taraf
uni akseptlashi (taklifni qabul qilishi) yoii bilan tuziladi. Agar
taraflar o`rtasida shartnomaning barcha muhim shartlari
bo`yicha kelishuvga erishilgan boisa, xo`jalik shartnomasi
tuzilgan deb hisoblanadi.
Xo
4
jalik shartnomalari ularni
imzolashga
tayyorlash
jarayonida xo`jalik yurituvchi subyektlarning yuridik xizmati
yoki jalb etilgan advokatlar tomonidan qonun hujjatlariga
muvofiqligi yuzasidan tekshirib ko`rilishi kerak. Shartnomalarni
ularning imzolarisiz tuzishga yoi qo`yilmaydi.
Qonun hujjatlanda belgilangan eng kam ish haqi
miqdonning ikki yuz baravaridan ortiq summadagi xo`jalik
shartnomalari xo`jalik yurituvchi subyektlar yuridik xizmatining
85
yoki jalb etilgan advokatlarning yozma xulosasidan keyingina
tuziladi.
Xulosada, qoida tariqasida, quyidagilar ko
`
rsatiladi:
- xo`jalik shartnomasida ko`rsatilgan munosabatlar qaysi
qonun hujjatlari bilan tartibga solinishi;
- xo`jalik shartnomasi shartlarining qonun hujjatlari
talablariga mos kelish-kelmasligi;
- taraflarning javobgarligj me'yori va nizolarni hal etish
tartibi qonun hujjatlari talablariga mos kelish-kelmasligi.
Xo`jalikshartnomasi shartnoma shartlariga hamda qonun
hujjatlarining talablariga muvofiq ravishda, bunday shartlar va
talablar bo`lmagan hollarda esa ish muomalasi odatlariga
muvofiq bajarilishi lozim.
Tovarlarni
yetkazib
berish
muddatlari
kechiktirib
yubonlgan, toiiq yetkazib berilmagan, ishlar bajarilmagan yoki
xizmatlar ko`rsatilmagan hollarda, tovar yetkazib beruvchi
(pudratchi) sotib oluvchiga (buyurtmachiga) kechiktirilgan har
bir kun uchun majburiyat bajarilmagan qismining 0,5 foizi
miqdorida penya to`laydi, biroq bunda penyaning umumiy
summasi yetkazib berilmagan tovarlar, bajarilmagan ishlar yoki
ko`rsatilmagan xizmatlar bahosining 50 foizidan oshib
ketmasligi lozim. Penyani to`lash shartnoma majburiyatlarini
buzgan tarafni tovarlarni
yetkazib
berish
muddatlarini
kechiktirib yuborish, to`liq yetkazib bermaslik, ishlarni
bajarmaslik yoki xizmatlarni ko`rsatmaslik oqibatida yetkazilgan
zararni qoplashdan ozod etmaydi.
Tashkilot tomonidan tuzilgan hamda uning bunday tashkilot
o`z faoliyati xususiyatiga ko`ra o`ziga murojaat qiladigan har bir
shaxsga nisbatan amalga oshirishi shart bo`lgan tovarlar sotish,
ishlar bajarish yoki xizmatlar ko`rsatish sohasidagi vazifalarini
(chakana savdo, umumiy foydalanishdagi transportda yoiovchi
tashish, aloqa xizmati, energiya bilan ta^minlash, tibbiy xizmat,
mehmonxona xizmati va sh.k.) belgilab qo`yadigan shartnoma
ommaviy shartnoma deyiladi. Bunday tashkilot ommaviy
shartnoma tuzishda bir shaxsni boshqa shaxsga nisbatan afzal
ko`rishga haqli emas, qonun hujjatlarida nazarda tutilgan hollar
bundan mustasno.
Tovarlar, ishlar va xizmatlarning bahosi, shuningdek,
ommaviy shartnoraaning boshqa shartlari harama iste'molchilar
uchun
bir
xil
qilib
belgilanadi,
qonun
hujjatlarida
iste'molchilarning ayrim toifalari uchun imtiyozlar berilishiga
yoi qo`yiladigan hollar bundan mustasno.
Tashkilotning iste'molchiga tegishli tovarlarni berish,
xizmatlar ko`rsatish, uning uchun tegishli ishlarni bajarish
imkoniyati boia turib ommaviy shartnoma tuzishdan bosh
tortishiga yoi qo`yilmaydi.
Qonunda nazarda tutilgan hollarda O`zbekistoRespublikasi
Hukumati ornmaviy shartnomalarni tuzish va bajarishda taraflar
uchun majburiy boigan qoidalar (namunaviy shartnomalar,
qoidalar va h.k) chiqarishi mumkin.
Dostları ilə paylaş: |