Microsoft Word G`azna maruza



Yüklə 0,89 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə5/53
tarix16.02.2022
ölçüsü0,89 Mb.
#52631
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   53
gaznachilik(2)

 
 
 
 
 
 


 

KIRISH 
O`zbekiston  Respublikasida  davlat  moliyasini  boshqarish 
tizimida  olib  borilayotgan  islohotlar,  qator  vazifalar  bilan 
birgalikda, davlat budjetining g`azna ijrosiga bosqichma-bosqich 
o`tishni  va  uning  faoliyat  mexanizmlarini  takomil  lashtirishni 
nazarda  tutadi.  Bunda  zamonaviy  axborot  texnologiyalari 
yordamida 
davlat 
mablag`larining 
harakati 
to`g`risidagi 
ma'lumotlarni  jamlash,  qayta  ishlash,  uzatish  usullarini 
o`zlashtirish  asosida  davlat  moliyasini  boshqarishning  samarali 
usul  va  vositalarini  shakllantirish  va  muvofiq  holda  ishlashini 
ta'minlash zarur bo`ladi. 
Mamlakatimizda davlat  budjetining g`azna  ijrosini  samarali 
tatbiq  etishga  faqatgina  barqaror  rivojlanish  ko`rsatkichlariga 
erishganimizdan  keyingina  muvaffaq  bo`lindi.  O`zbekiston 
hukumati  davlat  moliyasini  boshqarish  tizimida  ham  keng 
qamrovli  islohotlarni  muvaffaqiyatli  amalga  oshirib  kelmoqda. 
Bu  islohotlarning  ijobiy  natijalarini  davlat  budjeti  g`azna 
ijrosining muvaffaqiyatli joriy etilishida ko`rishimiz mumkin. 
Davlat  budjetining  g`azna  ijrosi  davlat  budjeti  va  davlat 
maqsadli  jamg`armalarining  barcha  daromadlarini,  shuningdek, 
budjet  tashkilotlarining  budjetdan  tashqari  mablag`lar  bo`yicha 
tushumlarini  yagona  g`azna  hisobraqamiga  jamlash  va  ularning 
barcha  xarajatlarini  shu  hisobraqamdan  amalga  oshirishni 
nazarda tutadi. Bu esa davlat budjeti, budjetdan tashqari fondlar, 
budjet  tashkilotlarining  budjetdan  tashqari  mablag`lari,  davlat 
qarzlari  va  ularga  xizmat  ko`rsatish  jarayonlarining  tezkor 
nazorati  va  monitoringini  olib  borish,  davlati  mablag`larining 
samarali ishlatilishini ta'minlash, davlat moliyaviy resurslarining 
harakati  –  to`g`risida  operativ  tarzda  ma'lumotlami  jamlash 
imkonini beradi. 
Taraqqiyotimizning 
bugungi 
sharoitida 
mamlakatimiz 
iqtisodiyotida  sodir  bo`layotgan  tarkibiy  o`zgarishlar  butun 
moliya  tizimida,  uning  markaziy  bo`g`ini  bo`lgan  davlat 
moliyasida  amalga  oshirilayotgan  islohotlar  davlat  moliyasini 


 
 
boshqarish  masalalarida  muayyan  bilim  va  ko`nikmalarga  ega 
bo`lish  zarurligini  talab  qilmoqda.  Bunday  sharoitda  nafaqat 
davlat moliyasi haqidagi ma'lum nazariy bilimlarga ega bo`lgan, 
balki  davlat  budjeti  g`azna  ijrosi  jarayonlarida  vujudga 
keladigan 
holatlarni 
tushuna 
oladigan, 
budjet 
ijrosi   
ishtirokchilari      bo`lgan      moliya      organlari,  g`aznachilik 
bo`linmalari,  budjet  tashkilotiari  va  budjetdan  mablag` 
oluvchilar  amaliy  faoliyatini  samarali  tashkil  qila  oladigan, 
davlat mablag`larini samarali boshqarishga qaratilgan boshqarav 
qarorlarini  qabul  qila  oladigan  zamonaviy  mutaxassislar 
tayyorlash  birinchi  darajali  ahamiyatga  egadir.  Shu  sababli 
davlatmoliyasi 
uchun 
tashabbuskor, 
ijodiy 
fikrlaydigan 
mutaxassis  kadrlarni  tayyoriashda  budjet-moliya  va  budjetning 
g`azna ijrosi nazariyasi va amaliyotini o`rganishga muhim o`rin 
beriladi. 
Jamiyatning bu talabini anglagan holda, shuningdek, Kadrlar 
tayyorlash  Milliy  dasturining  ta`lim  tizimiga  yangi  avlod 
darsliklarini  yaratish  bo`yicha  dasturiy  vazifasini  bajarish 
maqsadida  mualliflar  tomonidan  oliy  talimning  tegishii 
yo`nalishlaridagi 
talabalar 
uchun 
"g`aznachilik" 
nomli 
ma`ruzalar  matni  yaratildi.  Ushbu  ma`ruzalar  matnining  
maqsadi talabalarda davlat budjeti g`azna ijrosini tashkil etish va 
g`aznachiiik 
faoliyati 
haqidagi 
yaxlit 
bilimlar 
tizimini 
shakllantirish,  g`aznachilik  mexanizmlarining  amal  qilish 
xususiyatlarini ochib berishdan iborat. 


 


Yüklə 0,89 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   53




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin