quyidagicha ta'rif berilgan:
"Budjet jarayoni - budjet tizimi
budjetlarini shakllantirish, tuzish, ko`rib chiqish, qabul qilish,
tasdiqlash va ijro etish, ularning ijrosi ustidan nazorat qilish,
budjet tizimi budjetlarining ijrosi to`g`risidagi hisobotlarni
tayyorlash va tasdiqlash, shuningdek, ular o`rtasidagi o`zaro
munosabatlar jarayoni"
1
. Ushbu ta'rifdan kelib chiqqan holda,
aytish mumkinki, budjet jarayoni, odatda, budjet faoliyatining
quyidagi to`rt bosqichini o`z ichiga oladi (2.3-rasm): Budjet
jarayoni
budjetni
rejalashtirishdan
boshlanadi.
Budjetni
rejalashtirish
davlat
moliyaviy
siyosati
talablariga
muvofiqlashtirilgan moliyaviy rejalashtirishning muhim tarkibiy
qismini tashkil qiladi. Bunday rejalashtirishning iqtisodiy
vazifasi turli darajadagi budjetlar va budjetdan tashqari
jamg`armalarni tuzish va ijro etish jarayonida mamlakatni
ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirishning umummilliy dasturlari
asosida yalpi ichki mahsulot va rruiliy daromad qiymatini
moliya tizimi bo`g`inlari o`rtasida markazlashtirilgan tarzda
qayta taqsimJash msbatlarini to`g`ri belgilashdan iboratdir.
Budjetni rejalashtirish turli darajadagi budjetlarni tuzish va ijro
etish tartibi, uning me'yoriy-huquqiy bazasi va tashkiliy asosi
tarzida budjet jarayonini, shuningdek, mamiakat budjetini
tuzishning nazariyasi va metodologiyasi masalalarini ham o`z
ichiga oladi.
Budjetni rejalashtirish asoslari
mamlakat
konstitutsiyasi
va
qonunlari
bilan
belgilanadi.
Dostları ilə paylaş: