Microsoft Word G`azna maruza



Yüklə 0,89 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə48/53
tarix16.02.2022
ölçüsü0,89 Mb.
#52631
1   ...   45   46   47   48   49   50   51   52   53
gaznachilik(2)

budjetdan tashqari jamg 'armalari  daromadlarini shakIlantirish 
manbalari  belgilab  qo'yilgan  bo'lib,  ular  belgilangan  tartibda 
davlat  bojlari,  yig'imlar  va  soliq  bo'lmagan  to'lovlar,  ma'muriy 
jarimalar  hamda  moliyaviy  sanksiyalardan  ajratmalar  hisobidan 
shakllantiriladi.  Jamg'arma  mab\ag'laridan  moddiy-texnika 
bazani  mustahkamlash,  xodimlami  moddiy  rag'batlantirish, 
boshqa  xarajatlarni  qoplash  uchun  foydalaniladi.  Vazirliklar, 
davlat 
qo'mitaJari 
va 
idoralaming 
budjetdan 
tashqari 
jamg'armalari mablag'larini shakllantirish va ulardan foydalanish 
tartibi O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan 
alohida 
tartibda 
belgilanadi. 
Bundan 
tashqari, 
budjet 
tashkilotlarining 
budjetdan 
tashqari 
mablag'Iari 
rasman 
o'rnatilgan  undiriladigan  to'lovlar  hisobidan  ham  shakllanadi. 
Ularning  tarkibi  Budjet  Kodeksining  63-moddasi  bilan  belgilab 
qo'yilgan.  Unga  ko'ra,  budjet  tashkilotlari  tomonidan  budjetdan 
tashqari  mablag'lar  quyidagilar  hisobidan  shakllantiriladi:           
-  o'quvchilar  va  tarbiyalanuvchilar  davlat  maktabgacha  ta'lim 
muassasalarida,  umumta'lim  maktablarining  kuni  uzaytirilgan 
guruhlarida,  rnaktab-intematlarda,  olimpiya  zaxiralari  kollejlari 
va  boshqa  ta'lim  muassasalarida  saq1ab  turilganligi  uchun;           
-  o'quvchilar  bolalar  musiqa  va  san'at  maktablari  hamda 
maktabdan tashqari ta'lim muassasalarida ta'lim olganligi uchun; 
- oliy va o'rta maxsus kasb-hunar ta'lirni muassasalarida ta'lim 
olganlik uchun; 


 
115 

statsionar 
davolash-profilaktika 
muassasalarida 
davolanayotganlar tarkibi ovqatlanishi uchun; 
- qonun hujjatlariga muvofiq boshqa turdagi undiriladigan 
to'lovlar. 
Undiriladigan  to'lovlarning  miqdorlari,  ulami  kiritish  va 
ulardan  foydalanish  tartibi,  shuningdek,  undiriladigan  to'lovlar 
bo`yicha imtiyozlar qonun hujjatlari bilan belgilanadi. 
Tibbiyot  muassasalarini  moddiy  rag'batlantirish  va 
rivojJantirish jamg'armasi. Tibbiyot muassasalarini rivojlantirish 
jamg'annasi  mablag'lari  hisobi  tegishli  moliya  organlari 
tomonidan 
O'zbekiston 
Respublikasi 
Davlat 
budjetining 
Mablag'lar  manbasi  va  budjetlar  darajasi  tasnifiga  (Adliya 
vazirligida  201O-yil  ll-oktabrda  2146-son  bilan  rO'yxatga 
olingan  O'zbekiston  Respublikasi  budjet  tasnifini  qo'llash 
bo`yicha yo'riqnomaning l-ilovasiga) muvofiq ochiladigan 4003-
mablag'  manbali  shaxsiy  g'azna  bisobvaraqlarda    yuritiladi. 
Bunda 
xodimlarni 
moddiy 
rag'batlantirish 
va 
moddiytexnikabazasini  mustahkamlash  tadbirlari  uchun  alohida 
shaxsiy  g'azna  hisobvaraq  ochiladi.  Tibbiyot  muassasalarini 
moddiy rag'batlantirish  va rivojlantirish  jamg'annasi  mablag'lari 
bisobidan 
bam 
yuridik 
majburiyatlarni 
qabul 
qilish 
cheklanmaydi, moliyaviy majburiyatlarni qabul qilish esa ilgari 
qabul  qilingan  yuridik  majburiyatJar  summalari  doirasida 
amalga  oshiriladi.  Rivojlantirish  jamg'armasi  mablag'lari 
hisobidan  xarajatlar  qabul  qilingan  yuridik  va  moliyaviy 
majburiyatlar  bamda  tegishli  shaxsiy  g'azna  hisobvarag'idagi 
mablag'lar qoldiqlari doirasida amalga oshiriladi. Pulli davolash 
va  xizmat  ko'rsatish  hisobiga  tushadigan  rnablag'lar  esa  Budjet 
tasnifining  mablag'lar  manbasi  va  budjetlar  darajasi  tasnifi 
bo`yicha 4014 - "Taqsimlanishi ko'zda tutilgan tushumlar" kodi 
bilan ocbiladigan shaxsiy g'azna hisobvaraqlariga kirim qilinadi. 
Mazkur shaxsiy hisobvaraqdan belgilangan tartibda davolash va 
xizmatlar 
ko'rsatishning 
tannarxi 
qoplangandan 
so'ng 
mahlag'larning  qolgan  qisrni  mos  ravishda  xodimlarni  moddiy 


 
 
rag'batlantirish  va  moddiy-texnika  bazasini  mustahkamlash 
bo`yicha  ochilgan  shaxsiy  g'azna  hisobvaraqlariga  alohida 
o'matilgan  foizlar  bo`yicha  yo'naltiriladi.  Bunda  tibbiyot 
muassasasi uchun ajratiladigan umumiy budjet mablag'larining 5 
foizigacha  qisrni  hamda  pulli  davolash  xizrnatlar  ko'rsatishdan 
tushgan  tushumning  davolash  va  xizmatlar  ko'rsatishning 
tannarxi  qoplangandan  so'ng  qolgan  qismini  moddiy  160 
rag'batlashtirish  va  moddiy-texnik  bazani  mustahkamlash 
jamg'armasiga  o'tkazish.  tibbiyot  muassasalarining  g'aznachilik 
boo JinmaJariga taqdim qilgan yuridik majburiyatlarni ro'yxatga 
olish 
uchun 
so'rovnorna 
va 
o'rnatiJgan 
tartibda 
rasmiylashtirilgan 
g'azna 
memorial 
orderlari 
asosida 
G'aznachilik bo'linmalari tomonidan amalga oshiriladi. 
Tibbiyot  muassasalarini  moddiy  rag'batlantirish  va 
rivojlantirishjamg'armasi  mablag'Jari  bo`yicha  yuridik  va 
moliyaviy  majburiyatJarni  ro'yxatga  olish  va  to'lovlar  "Davlat 
budjetining g'azna ijrosi qoidalari"ga muvofiq amalga oshiriladi. 
Bunda  budjet  tashkilotlarining  tovar  (ish,  xizmat)  yetkazib 
beruvchilar  bilan  o'rnatilgan  tartibda  tuziJgan  shartnomalari, 
G'aznachilik 
bo'linmasining 
mas'ul 
xodimi 
tomonidan 
shartnomaning  birinchi  va  ikkinchi  asl  nusxalari  va  ko'chirma 
nusxasining  barcha  varaqlariga  "Shartnoma  bo`yicha  to'lovlar 
shaxsiy  g'azna  hisobvarag'idagi  qoldiq  doirasida  amalga 
oshiriladi"  degan  izoh  bilan  unga  biriktirilgan  "Hisobga  olindi" 
shtampini  qo'yish,  irnzolash  va  "G'aznachiJik"  dasturiy 
majmuiga  kiritish  va  hisobga  olingan  raqam  va  sanasi  
ko'rsatiJib,  ularni  G'aznachilik  bo'linmasining  vakolatli  shaxsi 
irnzosi bilan tasdiqlash orqali hisobga olinadi. Yetkazib berilgan 
tovar(ish,  xizmat)lar  uchun  to'lovlar  mahsulot  yetkazib 
berilganligini tasdiqlovchi hujjatlar (hisobvaraq-faktura) asosida, 
ro'yxatga  olingan  yuridik  majburiyatJar  va  mazkur  shaxsiy 
g'azna  hisobvarag'idagi  mavjud  qoldiqlar  doirasida  amalga 
oshiriladi.  Tibbiyot  muassasasining  moddiy  rag'batlantirish  va 
rivojlantirish  jamg'annasi  bo`yicha  tovar  (ish,  xizmat)  yetkazib 


 
117 
beruvchilar bilan tuzilgan shartno malarini (unga qo'shimcha va 
o'zgartirishlar  bilan)  to'g'ri  rasmiylashtirish,  shartnoma  bilan 
birga G'aznachilik bo'linmasiga taqdim etilayotgan hujjatlarning 
haqqoniyligi  va  ulardagi  ma'lumotlarning  to'g'riJigi  bo`yicha 
javobgarlik budjetdan mablag' oluvchilar zimmasiga yuklatiladi. 
O'tgan  yillar  debitorlik  qarzJarining  tushgan  summasi. 
Budjetdan  mablag'  oluvchilarning  o'tgan  yillardagi  debitorlik 
qarzlarning  qaytarilgan  summalaridan  tushumlar  bo`yicha 
shaxsiy  g'azna  hisobvaraqlari  hisobi  tegishli  moliya  organlari 
tomonidan 
O'zbekiston 
Respublikasi 
Davlat 
budjetining 
Mablag'lar  manbasi  va  budjetlar  darajasi  tasnifiga  muvofiq 
ochiladigan 
4004-mablag' 
manbali 
shaxsiy 
g'azna 
hisobvaraqlarda  yuritiladi.  Budjetdan  mablag'  oluvchilarning 
budjet  mablag'lari  hisobidan  paydo  bo'lgan  o'tgan  yillardagi 
debitorlik  qarzlarining  qaytarilgan  summalari  4004-mablag' 
manbali  tashkilotlarining  yozma  murojaatlariga  va  o'matiLgan 
tartibda  rasmiylashtirilgan  to'lov  hujjatlariga  asosan  amalga 
oshiriladi  Budjet  tashkilotlarida  bolalar  va  tarbiyalanuvchilar 
ta'minoti uchun to'lanadigan  mablag'lar  bo`yicha  daromadlar  va 
xarajatlar  smetasi  tuziladi  va  "O'zbekiston  Respublikasi  davlat 
budjetida  turuvchi  tashkilotlaming  xarajatlar  smetasi  va  shtatlar 
jadvalini  tuzish,  ko'rib  chiqish,  tasdiqlash  va  rO'yxatdan 
o'tkazish  tartibi  to'g'risida  Nizom"  (ro'yxat  raqami  NQ  2157, 
2010-yil, 
19-noyabr) 
talablari 
asosida 
tegishli 
moliya 
organlarida xarajatlar smetasi uchun belgilangan muddatlarda va 
tartibda 
rO'yxatdan 
o'tkaziladi. 
Maktabgacha 
ta'lim 
muassasalarida  bolalar  ta'minoti  uchun  otaonalardan  tushumlar 
shaxsiy  g'azna  hisobvaraqlaridan  yuridik  va  moliyaviy 
majburiyatlarni  ro'yxatga  olish  va  to'lovlarni  amalga  oshirish  
DavIat  budjetining  g'azna  ijrosi  qoidalari"ga  muvofiq  amalga 
oshiriladi. 
Bunda 
bud 
jet 
tashkilotlarining 
oziq-ovqat 
mahsulotlarini  xarid  qilish  bo`yicha  yetkazib  beruvchilar  bilan 
o'matilgan  tartibda  tuzilgan  shartnom  lari,  moliya  organlarida 


 
 
ro'yxatdan  o'tkazilgan  xarajatlar  smetasi  doirasida  G'aznachilik 
bo'linmalarida ro'yxatga olinadi. 
Yetkazib  berilgan  oziq-ovqat  mahsulotlari  uchun 
to'lovlar  mahsulot  yetkazib  berilganligini  tasdiqlovchi  hujjatlar 
(hisobvaraqfaktura)  asosida  xarajatlar  smetasidagi  mablag'lar, 
ro'yxatga oIingan yuridik majburiyatlar va tegishli 4005-mabJag' 
man  bali  shaxsiy  g'azna  hisobvarag'idagi  mavjud  mablag'lar 
qoldiqlari  doirasida  amalga  oshiriladi.    Maktabgacha  ta'lim 
muassasalarida  bolalar  ta'minoti  uchuri  otaonalardantushumlar 
shaxsiy  g'azna  hisobvaraqlaridan  tovar  (ish,  xizmat)  yetkazib 
beruvchilar  bilan  tuzilgan  shartnomalari  (unga  qo'shimcha  va 
o'zgartirisblar  bilan)  to'g'ri  rasmiylashtirilishi,  shartnoma  bilan 
birga G'aznachilik bo'linmasiga taqdirn etilayotgan hujjatlaming 
haqqoniyligi  va  ulardagi  ma'lumotlarning  to'g'riligi  ba'yicha 
javobgarlik budjetdan mablag' oluvchilar zirnrnasiga yuklatiladi. 

Yüklə 0,89 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   45   46   47   48   49   50   51   52   53




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin