Abu Hurayra roziyallohu anhu aytadilar: «Rasululloh sollallohu alayhi vasallam bir kuni
oldimizga chiqib, xiyonatni, uning ulkan gunohligini zikr qilib shunday dedilar: «Sizlardan
birontangizni qiyomat kunida bo‘ynida bo‘kirayotgan tuyani ko‘tarib kelganini ko‘rmayin.
U: «Yo Rasululloh meni qutqaring», deganida, men: «Sen uchun biron narsaga molik
emasman. Senga yetkazgan edim-ku», deyman. Birontangizni qiyomat kunida bo‘ynida
ot kishnayotgan holda ko‘rmayin U: «Yo Rasululloh, meni qutqaring», deganida, men:
«Sen uchun biron ishga molik emasman. Senga yetkazgan edim-ku», deyman.
Birontangizni qiyomat kunida bo‘ynida ma’layotgan qo‘yni ko‘tarib kelayotganini
ko‘rmayin. U: «Yo Rasululloh, meni qutqaring», deganida, men: «Sen uchun biron
narsaga molik emasman. Senga yetkazgan edim-ku», deyman. Birontangizni qiyomat
kunida bo‘ynida qichqirayotgan insonni ko‘tarib kelganini ko‘rmayin. U: «Yo Rasululloh,
meni qutqaring», deganida, men: «Sen uchun biron narsaga molik emasman. Senga
yetkazgan edim-ku», deyman. Birontangizni qiyomat kunida bo‘ynida qimirlayotgan
(haq yoziladigan) qog‘ozni ko‘tarib kelganini ko‘rmayin. U: «Yo Rasululloh, meni
qutqaring», deganida, men: «Sen uchun biron narsaga molik emasman. Senga
yetkazgan edim-ku», deyman. Birontangizni qiyomat kunida bo‘ynida tilla yoki kumush
ko‘tarib kelganini ko‘rmayin. U: «Yo Rasululloh, meni qutqaring», deganida, men: «Sen
uchun biron narsaga molik emasman. Senga yetkazgan edim-ku», deyman» (Muslim
rivoyati).
Kimda-kim g‘animatchilar orasida taqsimlanmay turib, o‘ljadan, yoki imomning
ruxsatisiz baytul moldan va yo yig‘ilgan zakotdan yuqoridagi hadisda zikr qilingan
narsalardan birontasini olsa, qiyomat kunida o‘sha narsani bo‘ynida ko‘targan holda
keladi.
Payg‘ambar sollallohu alayhi vasallam Ibn Latbiyani zakot yig‘uvchi qilib
tayinlaganlarida, u kelib: «Bular sizlarga, bularni esa menga hadya qilishdi», degan edi.
Shunda Payg‘ambar sollallohu alayhi vasallam minbarga ko‘tarilib, Allohga hamdu sano
aytgach: «Allohga qasamki, sizlardan biron kishi haqi bo‘lmagan biron narsani olsa, u
qiyomat kunida o‘sha narsani ko‘targan holda Allohga duch bo‘ladi. Sizlardan