Abu Hurayra roziyallohu anhu aytadilar: «Tuvaloq qush zolimning zulmidan ozib uyasida
jon beradi».
Abdulloh ibn Salom roziyallohu anhu aytadilar: «Alloh taolo maxluqotlarni yaratgach,
ular o‘rinlaridan turib, boshlarini ko‘taradilar-da: «Ey Parvardigor, Sen kim bilansan?»
deb so‘rashadi. Alloh: «To haqqi olib berilmaguncha mazlum bilan birgaman», deydi».
Abu Umoma roziyallohu anhu aytadilar: «Qiyomat kuni zolim jahannam ustidagi
ko‘prikdan o‘tayotganda, mazlum unga duch kelib, zulmini eslatadi. Zulm qilgan
kimsalar to qo‘llaridagi yaxshiliklarni olib qo‘yishmaguncha, mazlumlar oldidan keta
olmaydilar. Agar ularning yaxshiliklari bo‘lmasa, qilgan zulmlari barobarida
mazlumlarning yomonligi ularga yuklanadi. So‘ng ular do‘zax qa’riga qulaydilar».
Ibn Mas’ud roziyallohu anhu aytdilar: «Qiyomat kuni erkak yoki ayol bandaning qo‘lidan
ushlab, butun maxluqotlar ko‘z o‘ngida: «Bu falonchining o‘g‘li falonchi. Unda kimning
haqqi bo‘lsa, kelib haqqini olsin», deb nido qilinadi. Ayol kishi otasi, akasi yoki erida
haqqi qolgan bo‘lsa, bundan shod bo‘ladi».
So‘ng: «U kunda oralarida (qarindosh-urug‘chilik) nasablari bo‘lmas. Bir-