www.ziyouz.com kutubxonasi
42
qaramaydi» (Buxoriy, Muslim va Molik rivoyati).
Abu Zarr roziyallohu anhu aytadilar: «Payg‘ambar sollallohu alayhi vasallam uch marta:
«Uch toifa odamlar borki, Alloh qiyomat kunida ularga gapirmaydi, ularga qaramaydi,
ularni (gunohlaridan) poklamaydi va ularga alamli azob bo‘ladi», dedilar. Men: «Yo
Rasululloh, bu baxtsiz, ziyonkor kimsalar kim?» deb so‘ragan edim: «Kiyimini uzun qilib,
yerga sudrab yuruvchi, minnatchi va yolg‘on qasam bilan molini o‘tkazuvchi kimsalar»,
deya javob berdilar.
Rasululloh sollallohu alayhi vasallam aytdilar: «Bir kishi yangi kiyimlarda o‘zidan mast
bo‘lib (g‘ururlanib), sochini tarab, gerdayib yurib ketayotgan edi. To‘satdan Alloh uni
yerga yutdirib yubordi. U endi qiyomat kunigacha yer qa’riga kirib ketaveradi» (Buxoriy
va Muslim rivoyati).
Payg‘ambar sollallohu alayhi vasallam aytdilar: «Alloh kiyimini manmanlik bilan sudrab
yurgan kimsaga qiyomat kunida qaramaydi» (Molik, Buxoriy va Muslim rivoyati).
Rasululloh sollallohu alayhi vasallam aytganlar: «Izor, ko‘ylak va sallani uzun qilib,
yerga sudrab yurishadi. Kimki biron-bir narsani manmanlik bilan yerga sudrab yursa,
Alloh unga qiyomat kunida qaramaydi» (Abu Dovud, Nasoiy rivoyati).
Payg‘ambar sollallohu alayhi vasallam aytdilar: «Musulmonning izori boldirining o‘rtasiga
tushib turadi. To‘piqqacha bo‘lsa ham zarari yo‘q. To‘piqdan past bo‘lgani esa,
olovdadir» (Abu Dovud rivoyati).
Bu hukm shim, ko‘ylak, to‘n va boshqa barcha liboslarga taalluqlidir.
Abu Hurayra roziyallohu anhu aytadilar: «Bir kishi uzun izorda namoz o‘qiyotgan edi.
Rasululloh sollallohu alayhi vasallam unga: «Borib boshqatdan tahorat ol!» dedilar. U
borib boshqatdan tahorat olib keldi. Yana unga: «Borib boshqatdan tahorat ol!» dedilar.
Bir kishi u zotga: «Yo Rasululloh, nima uchun unga tahorat olishni buyuryapsiz?» dedi-
da, so‘ng jimib qoldi. Payg‘ambar sollallohu alayhi vasallam: «U uzun izorda namoz
o‘qiyotgan edi. Alloh esa uzun kiyimli kishining namozini qabul qilmaydi», dedilar (Abu
Dovud rivoyati).
Payg‘ambar sollallohu alayhi vasallam: «Kimki libosini manmanlik bilan yerga sudrab
yursa, Alloh unga qiyomat kunida qaramaydi», deganlarida, Abu Bakr roziyallohu anhu:
«Yo Rasululloh, izorim shalvirab qolgan, ushlab yurmasam pastga tushib turadi»,
dedilar. Rasululloh sollallohu alayhi vasallam u zotga: «Siz bu ishni manmanlik bilan
qiladiganlardan emassiz», dedilar (Buxoriy rivoyati).
Ey Allohim, bizga go‘zal lutf marhamating ila muomalada bo‘l. Ey rahmlilarning
rahmlirog‘i, O‘zing bizga rahm qil.