Microsoft Word ibodati islomiya ziyouz com doc



Yüklə 307,84 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə44/93
tarix14.10.2023
ölçüsü307,84 Kb.
#155265
1   ...   40   41   42   43   44   45   46   47   ...   93
Ahmad Hodiy Maqsudiy. Ibodati Islomiya

Sajdai sahv 
(Xatoni tuzatadigan sajda)
– Bir kishi namozda unutib biror farzni qoldirsa, namozi durust bo’ladimi?


Ibodati islomiya. Ahmad Hodiy Maqsudiy 
www.ziyouz.com
kutubxonasi 
45
– Durust bo’lmaydi. 
– Agar namozda unutib biror vojibni qoldirsa, namozi buziladimi?
Buzilmaydi, lekin u kishi namoz oxirida sajdai sahv (xatoni tuzatadigan sajda), degan 
sajdani qilishi aojib bo’ladi. 
– Sajdai sahv qanday ado qilinadi?
– Sajdai sahv qiladigan kishi oxirgi qa’dada o’tirganda tashahhuddan so’ng salovot 
duosini o’qimaydi. Yolg’iz o’qiydigan kishi bo’lsa, ikki tarafga salom beradi. Imom bo’lib 
o’qiydigan kishi bo’lsa, bir tarafga salom beradi. Salom bergandan keyin namozning 
sajdasiga o’xshash ikki martaba sajda qilib, har sajdada kamida uch martaba «Subhana 
robbial ‘ala», deydi va qa’daga o’tirib tashahhud, salovot va duoni o’qib, ikki tarafga 
salom berib namozni tamom qiladi. 
– Imom nima uchun bir tarafga salom beradi?
– Imom ikki tarafga salom bersa, ortida ergashuvchilar namoz tamom bo’ldi, deb 
o’rinlaridan qo’zg’alib qolishlari mumkin. Shuning oldini olish uchun. 
– Imom unutib biror vojibni o’qimasa, ergashuvchi ham imomga bo’ysunib sajda qilishi 
vojibmi?
– Vojib bo’ladi. 
Imom sajdai sahv qilsa, masbuq ham sajdai sahv qiladimi?
– Imomga tobe’ bo’lib sajdai sahv qilgandan so’ng qolgan rakatlarni o’qiydi, shuning 
uchun masbuq imomning salomini kutib turishi lozim. 
– Ergashuvchi unutib namozning biror vojibini tashlab ketsa, sajdai sahv vojib bo’ladimi?
Imomga ham, ergashuvchiga ham vojib bo’lmaydi. Imom sajda qilmagan holda 
ergashuvchi tanho o’zi, albatta, sajda qilmaydi. 
– Bir kishi vojibni qasddan, o’z ixtiyori bilan tashlab ketsa, sajdai sahv vojib bo’ladimi?
– Vojib bo’lmaydi, lekin vojibni tark qilgani uchun gunohkor bo’ladi.
– Bir kishi namozda sunnat yoki mustahablardan birini tashlab ketsa, sajdai sahv vojib 
bo’ladimi?
– Vojib bo’lmaydi. 
– Unutib ikki-uch vojibni tashlab ketsa, necha marta sajdai sahv qiladi?
– Necha vojib tashlab ketilgan bo’lsa ham, bir marta sajdai sahv qiladi. 
– Unutib qaysi ishlarni qilsa, sajdai sahv vojib bo’ladi?
– Ushbu o’n to’rt tur ishning birini qilsa, sajdai sahv vojib bo’ladi:
1) farz namozining avvalgi birinchi rakatida Fotiha surasini o’qimasdan boshqa bir sura 
o’qisa;
2) avvalgi ikki rakatda Fotiha surasidan so’ng biror sura yoki biror uzun oyat o’qimasa;
3) uch rakatli yoki to’rt rakatli namozlarda avvalgi qa’dada o’tirmasa;
4) biror qa’dada tashahhud o’qimasa;
5) avvalgi qa’dada tashahhuddan so’ng salovot o’qisa;
6) avvalgi qa’dada salom berib qo’ysa;
7) ovoz chiqarib o’qiydigan namozlarni ichida o’qib qo’ysa;
8) ichida o’qiladigan namozlarni ovoz chiqarib o’qisa;
9) vitr namozida Qunut duosini o’qimasa;
10) qiroatdan ilgari ruku’ qilsa;
11) ikki marta ruku’ qilsa;
12) uch marta sajda qilsa;
13) oxirgi qa’dadan qiyomga turib ketsa;
14) tashahhuddan so’ng qaysi rakat, nechanchi rakat ekanini o’ylab qolib, salom 
berishni cho’zib yuborsa. 


Ibodati islomiya. Ahmad Hodiy Maqsudiy 

Yüklə 307,84 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   40   41   42   43   44   45   46   47   ...   93




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin