«Subhana zil mulki val malakut. Subhana zil ‘izzati val ‘azomati val qudroti val kibriyai val jabarut. Subhanal malikil hayyil lazi la yamut. Subbuhun quddusur robbuna va robbul malaikati varruh. La ilaha illallohu nastag’firulloh. Nas’alukal jannata va na’uzu bika minan nar». Ya’ni: «Yerdagi va osmondagi maxluqot sohibi va egasi bo’lgan Alloh taologa tasbeh
aytaman (ya’ni, Uni har turli nuqson va kamchilikdan pokdir, deb e’tiqod qilaman).
Izzat, ulug’lik, ham qudrat va g’oyatda balandlik egasi bo’luvchi Alloh taologa tasbeh
ayturman. U nuqson va kamchiliklardan pok va munazzahdir. Farishtalarning va
Jabroilning Yaratuvchisi va Parvardigoridir. Bir Allohdan boshqa hech bir ma’bud yo’qdir.
Biz Allohdan gunohlarimizni avf qilmoqni so’rarmiz. Yo Rabb, Sendan jannatni so’rarmiz,
do’zax o’tidan Senga panoh tilab sig’inamiz».
– Tarovih namozi tugaguncha necha marotaba o’tirib shu tasbeh o’qiladi? – Har to’rt rakatdan so’ng o’qiladi. Hammasi bo’lib, besh marotaba o’qiladi.
– Tarovih namozida imom Fotiha surasidan so’ng nima o’qiydi? – Kamida uch oyatni yoki qisqa suralardan birini o’qiydi, ammo Qur’onning avvalidan
boshlab har rakatda Fotiha surasiga bir oz qo’shib, ramazon tamom bo’lguncha Kalomi
sharifni tamom bitirib xatm qilish sunnatdir. Xulosa: ramazon ichida Qur’onni bir
marotaba xatm qilish (o’qib tugatish) sunnatdir.
– Imom tashahhudni o’qib tamom qilgandan so’ng, ya’ni «...’abduhu va rasuluh»ga yetgandan keyin salovot va duolarni o’qiydimi? – Imom qavmning holiga nazar qiladi: agar qavmga og’ir kelsa, duoni tark qiladi. Ammo
salovotni tark qilmaydi. Lekin «Allohumma solli ‘ala Muhammadin va ‘ala ali
Muhammad»ga qadar o’qisa ham, kifoya qiladi. Chunki ushbu qadar ila, Imom
Shofe’iyning nazdida, farz bajo keladi, bizlarning mazhabimizda sunnat bajo keladi.
– Imom tarovihda qiroatni ichida o’qiydimi yoki ovoz chiqarib o’qiydimi? – Ovoz chiqarib o’qiydi.
– Tarovih namozi tamom bo’lgandan keyin qaysi duo o’qiladi? – Ushbu duo o’qiladi: