Microsoft Word ihyo ilm ziyouz com doc



Yüklə 0,58 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə68/150
tarix26.09.2023
ölçüsü0,58 Mb.
#148739
1   ...   64   65   66   67   68   69   70   71   ...   150
Imom G\'azzoliy. Ihyou ulumid-din. Ilm kitobi (2)

www.ziyouz.com
kutubxonasi 
65
Nahv ilmida ham xuddi shunday, Kitob va sunnatga oid qismini yaxshilab o‘rgansang 
yetadi. Har qanday ilm borki, uning iqtisori (qisqasi), iqtisodi (o‘rtachasi) va istiqsosi 
(ziyodasi) mavjud. Sen qiyoslashing uchun bu o‘lchovlarga hadis, tafsir, fiqh va kalom 
ilmlari orqali izoh berib o‘taman: 
Tafsirdagi iqtisorga Ali al-Vohidiy an-Nisoburiy tasnif qilgan «Al-vajiyz» kitobi misol 
bo‘ladi. Iqtisor Qur’onni uning ikki barobari miqdorida tafsir qilishdir. Iqtisod deb 
Qur’onga uch barobar keladigan tafsirga aytiladi. Undan ortig‘i istiqso deyiladi. Bunday 
tafsir umrning oxirigacha ham qilinishi mumkin.
Hadis ilmidagi iqtisorga hadis matnlarini yaxshi biluvchi kishi yordamida Imom Buxoriy 
va Imom Muslim «Sahih» kitoblarini o‘qib-o‘rganish misol bo‘ladi. Ammo hadis 
roviylarining ismlarini yod olish lozim emas. Chunki sendan oldingilar bu muhim vazifani 
bajarib bo‘lishgan. Iqtisod degani qo‘shimcha sahih «Musnad»larni ham bilishdir. Istiqso 
esa, naql qilingan hadislarni zaif, kuchli, sahih, saqim (kasal) va rivoyat yo‘llarini 
aniqlashdan iborat. Hadis roviylarining holati, ismlari va sifatlarini bilish ham istiqso 
hisoblanadi.
Fiqh ilmida esa, iqtisor Muzaniy rahimahullohning «Muxtasar»i ichiga olgan qismiga 
teng. Biz bu kitobni «Xulosatul Muxtasar»da aynan keltirganmiz. «Al-vasiyt minal 
mazhab» kitobimizga yoki «Muxtasar ul-Muzaniy»ning uch barobari miqdoriga teng 
qismi iqtisod deyiladi. «Al-vosit» nomli kitobimizdagi yoki undan ham ko‘proq miqdorda 
bo‘lgan fiqh ilmiga istiqso deb aytiladi.
Kalom ilmidan ko‘zlangan maqsad salafi solihlar tomonidan naql etilgan ahli sunna 
e’tiqodini himoya qilishdir, boshqa maqsad yo‘q. Undan boshqa maqsadlar uchun kalom 
ilmini o‘rganish ishlarning haqiqatini haq bo‘lmagan turli yo‘llar bilan kashf qilish 
hisoblanadi. Sunnatni himoya qilishdan murod muxtasar uslub bilan iqtisor bo‘lgan tahsil 
olishdir. Mana shu kalom ilmidagi iqtisor deyiladi. U «Qavoidul aqoid» kitobi 
miqdorichadir. Kalom ilmidagi iqtisod deyilganda, «Al-iqtisod fil e’tiqod» kitobimizda 
keltirganimiz kabi, kamida yuz varaqdan iborat miqdor tushuniladi. Iqtisod darajasida 
kalom ilmini o‘rganishdan asosiy maqsad turli bid’atchilarning bid’atiga qarshi kurashish 
va omi insonlar qalbidan ular kiritgan bid’atlarni chiqarib tashlashdir. Ushbu tarzdagi 
munozara uslubi mutaassiblik darajasi kuchli bo‘lmagan avom kishilarga foyda beradi. 
Ammo mubtadi’ga kalom ilmi kamdan-kam holatda naf’ beradi. Agar sen uni hujjatlar 
bilan mot qilib qo‘ysang ham, u mazhabidan, yo‘lidan voz kechmaydi. O‘zi javob 
berolmaydi, lekin boshqa mazhabdoshlari javob beradi deb gumon qiladi. Mujodala 
quvvati bilan uni hayron qilib qo‘yasan. Avomlar xohish-istaklariga qattiq yopishib 
olmagan bo‘lsalar, bahs yo‘li ila burib yuborilgan nohaqlikdan ularni yana bahs quvvati 
ila haqiqatga qaytarsa bo‘ladi. Ammo mutaassiblik yo‘liga o‘tgan bo‘lsalar, u holda 
ulardan umid uziladi. Chunki mutaassiblik aqidalarning qalblarda mustahkam o‘rnashib 
olishiga sabab bo‘ladi. Xuddi mana shu narsa olimlarga tekkan yomon ofatlardandir. 
Ular haq uchun taassubda haddan oshib ketadi va natijada muxoliflarini mensimaydilar 
va past ko‘radilar. So‘ng ularda teng kurashish, mashhur bo‘lish da’vosi tug‘iladi. Agar 
ular lutf-marhamat ila xilvatda nasihat qilish yo‘li bilan mujodala qilganlarida, so‘zsiz 
muvaffaqqiyat qozonar edilar. Ammo mutaassiblik, boshqalarni tahqirlash hech qachon 
yaxshi natija keltirmaydi.


Ihyou ulumid-din (Din ilmlarini jonlantirish) – Ilm kitobi. Abu Homid al-G’azzoliy 

Yüklə 0,58 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   64   65   66   67   68   69   70   71   ...   150




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin