Microsoft Word ihyo ilm ziyouz com doc



Yüklə 0,58 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə64/150
tarix26.09.2023
ölçüsü0,58 Mb.
#148739
1   ...   60   61   62   63   64   65   66   67   ...   150
Imom G\'azzoliy. Ihyou ulumid-din. Ilm kitobi (2)

www.ziyouz.com
kutubxonasi 
61
qiladilar. Zero, nafslar nodir narsalarga moyil bo‘ladi va undan lazzat oladi. Shu yo‘l 
orqali botiniylar o‘z fikrlariga muvofiqlashtirib, kalimalarning zohirini ta’vil qilish bilan 
shariatni buzishmoqchi bo‘ladi. Biz ularning mazhablari haqida botiniylarga raddiya 
sifatida tasnif etilgan «Mustazhar» kitobida keltirganmiz. Ahli tommotning ta’viliga Alloh 
taoloning:
«Sen Fir’avnning oldiga bor, chunki u haddidan oshdi»,
degan so‘zidagi ta’villari 
misol bo‘ladi. Ular: «Fir’avn so‘zidan murod kishining qalbiga ishora, u insoniyatga 
qarshi haddan oshgan qalbdir», deyishadi. Yana bir oyati karimadagi:
«Asoyingni tashla»
, degan so‘zni Alloh taolodan boshqa suyaniladigan narsani 
uloqtirish lozim, deb tushuntirishgan. Rasulullohning (sollallohu alayhi vasallam): 
«Saharlik qilinglar, chunki saharlikda baraka bordir»,
98
deganlarini, saharlik vaqtida 
istig‘for aytish, deya ta’vil qilishgan.
98. Muttafaqun alayh
Bunga o‘xshash misollar ko‘p. Hatto ular Qur’oni karimning boshidan oxirigacha zohiriy 
ma’nosini buzib tashlashdi. Ibn Abbos va boshqa ulamolardan naql qilingan tafsirlarni 
o‘zgartirishdi. U ta’villarning ayrimlari qat’iy botilligi aniqdir. Masalan, «Fir’avn»ning 
qalbga ta’vil qilingani. Zero, Fir’avn tarixiy shaxs ekani, Muso (a.s.) uni da’vat etganlari 
bizga tavotur yo‘li ila yetgan. Shuningdek, Abu Jahl, Abu Lahab va boshqa kofirlar 
shayton yoki maloikalar jinsidan emaski, his qilish orqali bilib bo‘lmay, u lafzlarni ta’vil 
qilishga ehtiyoj tug‘ilsa. Yoki saharlikni istig‘forga yo‘yish-chi! Rasululloh saharlikda 
taom yeganlar va «saharlik qilinglar»,
99
«barakali ovqatga kelinglar»,
100
deganlar. Bular 
tavotur yo‘li ila bilingan ishlardir. Ahli tommotning mazkur ta’villari botilligi naqlan 
ma’lumdir. Ammo ayrim ta’villarning botilligi g‘olib gumon bilan bilinadi va bu bilish his 
etish mumkin bo‘lmagan ishlarga taalluqli. Bunday ta’villarning barchasi harom, zalolat 
va dinni buzishdir. Bu ta’vilotlarda na sahobalardan, na tobe’inlardan va na xalqqa va’z 
aytib, da’vat etishlariga qaramay, Hasan Basriydan biron narsa naql qilingan. 
Rasulullohning (sollallohu alayhi vasallam): «Kim Qur’onni rayiga qarab tafsir qilsa, 
o‘ziga jahannamdan joy hozirlasin»,
101
degan so‘zlari ma’nosi mana shu o‘rinda 
namoyon bo‘ladi. Bundan Qur’onni istinbot va fikr bilan tafsir qilish mumkin emas, 
degan ma’noni tushunmaslik kerak. Ayrim oyatlar borki, u haqda sahobalar va 
mufassirlar besh, olti va yettitagacha ma’nolarni naql qilishgan. Va ularning barchasini 
ham Rasululloh (sollallohu alayhi vasallam) aytmaganlarini yaxshi bilamiz. Gohida 
ma’nolar bir-biriga zid kelib qolishi mumkin. Demak, bu hol uzun tafakkur va go‘zal 
tushunish orqali kelib chiqqandir. Shu bois Rasululloh (sollallohu alayhi vasallam) Ibn 
Abbos (r.a.) haqlariga: «Allohim, uni din ilmida faqih qil va unga ta’vilni o‘rgat»,
102
deb 
duo qilganlar. Tommot ahlidan kimki, lafzlardan ko‘zlangan maqsad boshqa ekanini 
bilgani holda shu kabi ta’villarga ijozat so‘rasa va u bilan xalqni Xoliqqa da’vat 
qilyapman deb hisoblasa, u Rasululloh (sollallohu alayhi vasallam) haqlarida to‘qima va 
uydirma so‘z aytish joiz, degan kimsaga o‘xshaydi. Bu hol to‘g‘ri deb qaralayotgan har 
bir masala haqida Rasulullohga (sollallohu alayhi vasallam) nisbat berib hadis to‘qish 
kabidir. Bu esa, zulm va zalolatdir, Rasulullohning (sollallohu alayhi vasallam): «Kim 
menga qasddan yolg‘on to‘qisa, joyini jahannamdan hozirlasin»,
103
degan so‘zlaridan 
tushunilgan va’idga doxildir. 
Ana endi sen xalqni da’vat etuvchilarni shayton mahmud ilmlardan mazmum ilmlarga 


Ihyou ulumid-din (Din ilmlarini jonlantirish) – Ilm kitobi. Abu Homid al-G’azzoliy 

Yüklə 0,58 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   60   61   62   63   64   65   66   67   ...   150




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin