Ihyou ulumid-din (Qalb kitobi). Abu Homid G’azzoliy
www.ziyouz.com kutubxonasi
99
ham daraja, ya’ni yuksalish bordir. Ilm iymondan keyin hosil bo‘ladi. Alloh taolo aytadi:
«Alloh sizlardan iymon keltirgan va ilm ato etilgan zotlarni (baland) daraja-
martabalarga ko‘tarur» (Mujodala surasi, 11-oyat).
Qaysi bir inson shahvatlarga xilof qilish Alloh azza va jallaga eltuvchi yo‘l ekanini tasdiq
qilsa-yu, uning sababi va sirini bilmasa ham, u iymon keltirgan kishilardandir. Agar
yuqorida zikri kelgan shahvat yordamchilaridan xabardor bo‘lsa, u ilm ato
qilingan
zotlardandir. Har ikkisiga ham Alloh taolo jannatni va’da qilgan.
Mana shu ishga iymon keltirishni taqozo qiladigan narsalar Qur’onda, sunnatda va
ulamolar so‘zlarida hisobsizdir. Alloh taolo aytadi:
«Nafsini havoyi xohishlaridan qaytargan bo‘lsa, u holda faqat jannatgina
(uning uchun) joy bo‘lur» (Van-noziot surasi, 40-41-oyatlar).
Yana aytadi:
«Ana o‘shalar Alloh dillarini taqvo uchun imtihon qilgan (ya’ni, taqvo
imtihonidan o‘tgan) zotlardir» (Hujurot surasi, 3-oyat).
Aytiladiki: «Ularning qalblaridan shahvatlar muhabbati sug‘urib olingandir».
Payg‘ambar sollallohu alayhi vasallam aytadilar: «Mo‘min kishi beshta og‘irlikning (ya’ni,
qiyinchilikning): unga hasad qiladigan mo‘minning, uni yomon ko‘radigan munofiqning,
u bilan urishadigan kofirning, uni adashtiradigan shaytonning,
u bilan tortishadigan
nafsning qarshisidadir» (Abu Bakr ibn Bilol rivoyati). Rasululloh sollallohu alayhi
vasallam nafsning tortishuvchi dushman ekanligini, u bilan kurashish vojibligini bayon
qilganlar.
Rivoyat qilinishicha, Alloh taolo Dovud alayhissalomga vahiy qildi: «Ey Dovud,
ashoblaringizni shahvatlaridan ko‘ra yeyishlaridan ehtiyot qiling va qo‘rqiting, chunki
dunyo shahvatlari bilan bog‘langan qalblarning aqllari Mendan to‘silgandir». Iso
alayhissalom aytadilar: «Naqd bo‘lgan shahvatni ko‘rmayotgan, g‘oyibdagi va’da qilingan
narsa uchun tark qilgan kishiga jannat bo‘lsin».
Payg‘ambar sollallohu alayhi vasallam jihoddan qaytib kelgan qavmlariga «Xush
keldingiz, sizlar kichkina jihoddan katta jihodga keldingiz», dedilar. Shunda: «Ey
Rasululloh, katta jihod nima?» deyishdi. «Nafsga jihod qilish», dedilar u zot (Bayhaqiy
rivoyati). Yana Rasululloh sollallohu alayhi vasallam aytadilar: «Mujohid Alloh azza va
jallaga itoat qilishda nafsiga jihod qilgan kishidir» (Imom Termiziy rivoyat qilgan va
sahih, degan). Yana Rasululloh sollallohu alayhi vasallam aytdilar: «Nafsingga aziyat
berishdan o‘zingni tiy, uning Allohga osiy bo‘lishdagi
istagiga ergashma, agar shunday
qilmasang, qiyomat kuni sen bilan xusumatlashadi. Sening ba’zi (a’zoying) ba’zi
(a’zoyingni) la’natlaydi. Magar Alloh taolo kechirgan va satr qilgan bo‘lsa, la’natlamaydi»
(hadis bundan boshqacha lafzda kelgan).
Sufyon Savriy aytadilar: «Nafsimdan ko‘ra qiyinroq biror narsani muolaja qilmadim, bir
marta foydamga, bir marta esa zararimga bo‘ldi». Abul Abbos al-Muvsiliy o‘z nafslariga
aytardilar: «Ey nafsim, yo dunyoda podshohlarning o‘g‘illari bilan ne’matga burkanib
Ihyou ulumid-din (Qalb kitobi). Abu Homid G’azzoliy
Dostları ilə paylaş: