Microsoft Word ihyo qalb ziyouz com doc



Yüklə 458,82 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə108/128
tarix15.11.2022
ölçüsü458,82 Kb.
#69169
1   ...   104   105   106   107   108   109   110   111   ...   128
Imom G\'azzoliy. Ihyou ulumid-din. Qalb kitobi

www.ziyouz.com kutubxonasi 
102
Uchinchisi - dunyo bilan ham, din bilan ham mashg‘ul bo‘lgan kishi. Lekin qalbiga 
ko‘proq g‘olib kelgani dindir. Buning ham do‘zaxga kirishida shubha yo‘q. Ammo uning 
qalbiga Alloh taolo zikri g‘olib kelgani uchun undan tezda qutuladi. 
To‘rtinchisi - yana har ikkisi bilan mashg‘ul bo‘lgan kishi. Lekin uning qalbiga ko‘proq 
dunyo g‘olib kelgan. Bu kishining do‘zaxda turishi ko‘proq bo‘ladi. Ammo u ham qalbida 
Alloh zikrining quvvatliligi va qalbining to‘ridan joy olgani uchun shubhasiz do‘zaxdan 
chiqadi, garchi dunyoning zikri qalbida g‘olibroq bo‘lsa ham. Ey Allohim, albatta Sendan 
bizni xor qilib qo‘yishingdan panoh so‘raymiz, albatta Sen panoh so‘raladigan Zotsan. 
«Ruxsat berilgan narsalar bilan ne’matlanish muboh bo‘lsa, qanday qilib ne’matlanish 
Alloh azza va jalladan uzoqlashishga sabab bo‘ladi?» deydigan kishilar ham bor. Bu zaif 
fikrdir, chunki dunyoni yaxshi ko‘rish har bir xatoning boshi va har bir yaxshilikning 
habata bo‘lishi sababidir. Keragidan ortiq muboh narsa ham dunyoda uzoqlashishiga 
sabab bo‘ladi. Bu tez orada «Dunyoni yomonlash kitobi»da batafsil gapiriladi. Ibrohim 
al-Havvos aytadilar: «Bir marta Lukom tog‘ida yurgan edim. U yerda anor daraxtini 
ko‘rib qoldim. Juda anor yegim keldi. Undan bittasini oldim. Uni ikkiga bo‘lib ko‘rsam, 
nordon ekan. Uni tashlab yo‘limda davom etdim. Keyin xarob bir kishini ko‘rib qoldim. 
Uning ustiga arilar to‘planib olgandi. U kishiga salom berdim. U ham menga «Va 
alaykumussalom, ey Ibrohim», dedi. Shunda: «Meni qanday tanidingiz?» dedim. U kishi: 
«Kim Alloh azza va jallani tanisa, unga biror narsa yashirin bo‘lmaydi», dedi. Men: 
«Sizda Alloh azza va jalla bilan bo‘lgan bir holni, ya’ni Unga muqarrab ekaningizni 
ko‘ryapman. Allohdan mana bu arilardan himoya qilishini so‘rasangiz bo‘lardi», dedim. 
Shunda u kishi: «Sizda ham Alloh bilan birga bo‘ladigan bir holni, ya’ni Unga muqarrab 
ekaningizni ko‘ryapman. Siz ham Allohdan anorga bo‘lgan shahvatdan himoya qilishini 
so‘rasangiz bo‘lardi. Chunki anor chaqishining alamini inson oxiratda biladi. Arilarning 
chaqish alamini esa dunyoda biladi», dedi. Uni qoldirib yo‘limda davom etdim». 
Sirriy aytadilar: «Qirq yildan beri nafsim mendan nonni murabboga botirib yeyishni 
so‘raydi. Unga hali ham itoat qilmadim». Demak, qalb oxirat yo‘liga tushishi uchun isloh 
qilish uni faqat muboh narsalar bilan ne’matlanishdan man etish bilan mumkin. Chunki 
nafs ba’zi muboh narsalardan man etilmasa, harom narsalarni qilishga ham umidlanib 
qoladi. Kim tilini g‘iybatdan va ortiqcha gapirishdan saqlashni xohlasa, unda jim turishni 
o‘ziga lozim tutsin. Faqat Allohning zikridan va dindagi muhim narsalardan sukut 
saqlamaydi. Shunda unda hatto gapirish xohishi ham o‘ladi. U faqat haqni gapiradigan 
bo‘ladi va uning jim turishi ham, gapirishi ham ibodat bo‘ladi. Modomiki, ko‘z har bir 
chiroyli narsaga nazar tashlashni odat qilgan bo‘lsa, halol bo‘lmagan narsalarga 
qarashdan ham saqlanmaydi. 
Boshqa istaklar ham shunga o‘xshashdir. Chunki qaysi narsa bilan halolni istasa, ana 
shu narsaning o‘zi bilan haromni ham istaydi. Shahvat bittadir. Uni haromdan man qilish 
esa bandaga vojibdir. Agar o‘zini shahvatlardan zarur miqdor bilan kifoyalanishga 
odatlantirmasa, shahvati unga ustun keladi. 
Bular muboh narsalarning ofatlaridan biri, uning orqasida esa bundan ham kattaroq 
ofatlar bor. O’sha kattaroq ofatlardan biri shuki, nafs dunyoda ne’matlanishga xursand 
bo‘ladigan, unga suyanadigan, u bilan nihoyatda kibrlanib, xotirjam bo‘lish darajasiga 
tushadi. Hatto kayfi tarqamaydigan darajadagi mast kishiga o‘xshab qoladi. Dunyoga 
bundayin muhabbat va quvonish tomirlarga singib ketadigan zahri qotildir. Bu holda 


Ihyou ulumid-din (Qalb kitobi). Abu Homid G’azzoliy 

Yüklə 458,82 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   104   105   106   107   108   109   110   111   ...   128




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin