Ihyou ulumid-din. Tavba kitobi. Imom G’azzoliy
www.ziyouz.com кутубхонаси
31
Bilgilki, xabarlarda kelishicha, do‘zaxni eng oxirgi tark etuvchi kishi yetti ming yildan so‘ng
jahannamdan chiqadi. Do‘zaxda bo‘lish muddati xususidagi ixtilof
eng kami bir lahzadan tortib, to yetti
miig yil orasidagi farqlardan iborat. Ba’zilar hatto jahannamda chaqmoq chaqqanchalik muddat
turmaydi. Bir lahza bilan yetti ming yil orasidagi darajalar tafovutli bo‘lib,
ular bir kun, hafta, oy va
hokazo muddatlarpi o‘z ichiga oladi. Azobning yuqori darajasiga chegara yo‘q. Quyi darajasi hisob
paytida savolga tutilmoqdir. Xuddi podshoh ba’zan amalda qosirlik qilganlarni so‘roqqa
tutish bilan
azoblab, so‘ngra afv etgani kabi. Ba’zan gunohkor kaltak bilan savalanib, jazolanishi mumkin. Xullas,
jazoga qarab azobning turlari ham ko‘p. Demak, azoblar muddatining uzun yo qisqaligi, shiddatining
og‘ir
yo yentilligidan tashqari, navlari bilan ham farqlanadi. Darhaqiqat, molini musodara qilish bilan
azobga tor
tilgan kishi molini olib qo‘yish, farzandini o‘ldirish. yaqinlarini
qiynoqqa solish, urish, tilini,
qo‘lini, burnini, qulog‘ini kesish kabi azoblarga tortllgan kishiga o‘xshamaydi. Shar’iy dalillarga ko‘ra,
oxiratda ham azobning turlari xilma-xil bo‘ladi. Iymonning quvvatli va zaifligiga, toat va gunohlarning
ozu ko‘pligiga qarab, oxirat azoblari farqlanadi. Azobning ko‘pligi va qattiqligi gunohning ko‘pligi va
qabihligiga, azobning
xilma-xilligi esa, gunohlarning xilma-xilligiga bog‘liq. Ichi iymon nuri bilan
yorishgan qalb ahliga bu ma’nolar kunday ravshan:
Dostları ilə paylaş: