www.ziyouz.com кутубхонаси
35
bedavo darddan butunlay xalos bo‘ladi. Ba’zan dard deyishga til bormaydigan kichkina bir illat
bemorni kutilmaganda ajal sari yetaklaydi.
Tabib tagiga yetolmagan sabablar Alloh taoloning insonlardan yashirgan sirlaridir. Musabbibul
asbob tomonidan muayyan bir o‘lchovda tartib berilgan u sabablarning siri bu bandasiga qorong‘u.
Ularning mohiyatidan voqif bo‘lish bashariy quvvat doirasidan tashqaridir. Shuningdek, oxiratdagi
najot va muvafaqqiyatning ham yashirin sabablari bo‘lib, inson ongi ularni anglashga ojiz. Najotga
eltuvchi o‘sha maxfiy sabab "afv" va "rizo" deb, halokatga sudrovchi sabab esa "g‘azab" va "intiqom"
deb ta’bir qilinadi. Bundan ham ichkariroqda azaliy ilohiy iroda siri bo‘lib, banda unga yetolmaydi.
Shuning uchun osiyning zohiriy gunohlari har qancha ko‘p bo‘lsa-da, afv etilishini, mute’ning zohiriy
toatlari har qancha ko‘p bo‘lsada, g‘azabga duchor bo‘lishini joiz deb bilmog‘ing lozim. Chunki,
tayanchimiz taqvodir. Taqvo esa qalbda! Qalb shunday sirliki, uni hatto egasi anglolmaydi, o‘zgalar
qanday anglasin! Lekin qalb ahliga yaxshi ayon: qachonki, afvni taqozo qiladigan yashirin sabab
bo‘lsa, banda kechirilishi mumkin. Qachonki, Allohdan uzoqlashishni taqozo qiladigan botiniy sabab
bo‘lsa, banda g‘azabga duchor bo‘lishi mumkin. Agar shunday bo‘lmaganida, amal va sifatlarga jazo
tariqasidagi afv va g‘azab ham bo‘lmas edi. Agar adolat bo‘lmasa, Alloh taoloning ushbu so‘zi to‘g‘ri
bo‘larmidi:
ِﺪﻴِﺒَﻌْﻠِﻟ ٍمﻼَﻈِﺑ َﻚﱡﺑَر ﺎَﻣَو "Parvardigoringiz bandalariga zulm qilguvchi emasdir" (Fussilat surasi, 46);
ٍةﱠرَذ َلﺎَﻘْﺜِﻣ ُﻢِﻠْﻈَﻳ ﻻ َﻪﱠﻠﻟا ﱠنِإ "Shubhasiz, Alloh birovga zarracha zulm qilmas" {Niso surasi, 40).
Bu misollarning barchasi sahih. Jumladan, inson nima qilsa, o‘zi uchun qiladi. Har bir jon, qilgan
amali sababli do‘zaxda ushlanadi haq yo‘ldan og‘salar, Alloh ularning qalblarini hidoyatdan og‘dirib
qo‘yadi. O‘zlarini o‘zgartirsalar, Alloh ularni o‘zgartiradi: