Ihyou ulumid-din. Tavba kitobi. Imom G’azzoliy
www.ziyouz.com кутубхонаси
39
Keyin o‘ziga kelib, tavba qildi va ancha vaqt bu amalning islohi bilan mashg‘ul bo‘ldi. Shunda Alloh
taolo ularning payg‘ambariga vahiy nozil etib: "Unga ayting, bu gunohi o‘rtamizda bo‘lganida
kechirardim. Lekin, bandalarimni adashtirib, jahannamga kiritgan kishini qanday kechiray?!" - dedi.
Demak, olimlarning ahvoli o‘ta xatarli. Ularning zimmasida ikki vazifa bor:
gunohni tark etish va
gunohni berkitish. Ularga yuklangan gunohlar ikki hissa oshgani kabi, ularga ergashganlarning
yaxshiliklariga qarab, savoblari ham ikki hissa ortadi. Agar olim dunyo bilan
ziynatlanish va dunyoga
berilishni tark etsa, quvvat bo‘lgudek ozgina taom bilan, eski bo‘lsa ham,
pok kiyim bilan qanoatlansa,
olim ham, avom ham unga ergashadi. Oqibat, ularning savobicha savob topadi. Aksincha, olim
dunyoga ko‘ngil bersa, avom mukkasidan ketadi. Faqat sultonlar xizmatiga bel bog‘lab. haromdan
boylik to‘plagan olimgina dunyo bilan faxr etadi.
Xulosa shuki, mana shu tafsilotlar kichik gunohlarni katta gunohga
aylantiradigan sabablarni
bilishing uchun kifoya qiladi.
Ihyou ulumid-din. Tavba kitobi. Imom G’azzoliy
Dostları ilə paylaş: