Microsoft Word ihyo tavba ziyouz com doc



Yüklə 0,51 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə55/88
tarix11.12.2022
ölçüsü0,51 Mb.
#73856
1   ...   51   52   53   54   55   56   57   58   ...   88
Imom G\'azzoliy. Ihyou ulumid-din. Tavba kitobi

www.ziyouz.com кутубхонаси 
43
Rasululloh sollallohu alayhi vasallam uni rad qildilar. Ertasiga u ayol yana keldi va: 
— Ey Allohning rasuli! Xuddi Mo’izga qilganingizdek, meni ham rad qilib, qaytarmoqchimisiz? 
Allohga qasamki, men homiladorman, - dedi. 
— Endi bor, to tuqquningcha sabr qil, - dedilar Rasululloh sollallohu alayhi vasallam. 
Ma’lum muddatdan yeo‘ng ayolning ko‘zi yoridi. Ayol darhol chaqaloqni bir bo‘zga o‘rab, 
Payg‘ambar alayhissalom huzurlariga shoshildi. Xabarni yetkazgach, Rasululloh sollallohu alayhi 
vasallam unga: 
— Bor, endi to sutdan chiqquncha uni emiz, dedilar. Bolasi sutdan chiqqanidan so‘ng ayol uni 
ko‘tarib, Payg‘ambar alayhissalom huzurlariga keldi. Bolaning qo‘lida bir parcha non bor edi. Ayol: 
— Ey Allohning rasuli! Bolani ko‘krakdan ajratdim, mana non yeyapti, - dedi... 
Bola ayolning qo‘lidan olinib. musulmonlardan birining qo‘liga topshirildi. Zoniya ayol jazoga 
hukm etildi. Chuqur kavlab, uni ko‘kragigacha ko‘mishdi. Keyin toshbo‘ron qilishga amr bo‘ldi. Tosh 
ota boshlashdi. Xolid ibn Valid otgan tosh ayolning boshiga tegib, qon sachrab ketdi. Xolid yuziga 
sachragan qondan jirkanib, ayolni so‘kdi. Rasululloh sollallohu alayhi vasallam Xolidning so‘kkanini 
eshitib: 
Ey Xolid, o‘zingni bos! Jonim qo‘lida bo‘lgan zotga qasamki, agar soliq yig‘uvchi ham mana 
shu ayoldek tavba qilganida edi, gunohlari kechirilar edi. 
Keyin Rasululloh sollallohu alayhi vasallam marhumaning janozasini o‘qib, dafn qilishni 
buyurdilar" (Muslim rivoyati). 
Kimki bosqinchlik yo xiyonat yoki turli aldov yo‘llari bilan to‘plangan mol-dunyoga ega bo‘lsa, 
balog‘atga yetgan paytidan emas, balki mol qo‘liga kirgan dastlabki kundan boshlab topganlarini 
taftish qiladi. Chunki, yosh bolaning molidagi haq, agar qarovchisi (valiy) berolmagan bo‘lsa, bola 
balog‘atga yetganidan so‘ng berishi vojib. Agar bermasa, gunohkor bo‘ladi. Negaki, sabiy (yosh bola) 
va bolig‘ (balog‘atga yetgan kishi) mulkiy huquqda tengdir. 
Shunday ekan, har bir tavba qiluvchi hayotining ilk kunidan, to tavba kunigacha olgan hadyalaru 
pullarning hisobini Qiyomatdagi so‘roqdan oldin nafsidan so‘rasin, muhokamaga tortilishdan avval 
o‘zini muhokama qilsin. Kim bu dunyoda nafsini so‘roqqa tutmas ekan, oxiratdagi so‘rog‘i og‘ir bo‘ladi. 
Iymon borida xoh aniq asoslarga, xoh taxmin va ijtihodga suyanib, sendan zulm ko‘rgan kishilarni 
xotirla, ularning ismlarini bittama-bitta yoz, takror yoz. Agar dunyoning bir chekkasida bo‘lsa ham, 
ularni izlab top, ulardan qilgan zulming tufayli qoraygan yuzingni poklashlarini so‘ra, haqlarini ado qil. 
Bunday tavba, ayniqsa, zolimlarga va savdogarlarga mashaqqat tug‘diradi. Chunki ular qanchalik 
yelib-yugurmasin, topg‘anlarining borini sochmasin, o‘zlari muomala qilgan kishilarni yoki ularning 
vorislarini birma-bir izlab topmoqlari amri mahol. Lekin iloji boricha, shu yo‘lda harakat qilmoqlari 
kerak. Agar bunga ojiz bo‘lsalar, savob ishlardan to‘xtamasinlar, savoblarni ko‘p-ko‘p yig‘sinlar. Hali 
savoblari olinib, mazlumlarga beriladigan kunlar keladi. Demak, zulm o‘tkazgan mazlumlar qanchalik 
ko‘p bo‘lsa, savoblar ham shunga muvofiq bo‘lmog‘i lozim. Aks holda, bergani savob topolmasdan
mazlumlarning gunohini yelkasiga ortib oladi, o‘zganing gunohi bilan chohga qulaydi. 
Har bir tavba qiluvchining mazlumlar haqqini qaytarishdagi yo‘li mana shudir. 
Buning uchun insonning umri savob ishlarga ko‘milishi zarur, qachonki umr zulm muddati kabi 
uzoq bo‘lsa, albatta. Lekin umrning qanchaga cho‘zilishi noma’lum. Ajal esa kutilmaganda keladi. 
Bas, vaqt juda oz, savobga yeng shimarmoq kerak! Afsus, juda ko‘p vaqtimiz gunohlarga yeng 
shimarib o‘tdi. 
Zimmaga ortilgan zulmning hukmi mana shudir. 
Qo‘lida turgan molning (

Yüklə 0,51 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   51   52   53   54   55   56   57   58   ...   88




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin