Microsoft Word ihyo tavba ziyouz com doc



Yüklə 0,51 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə58/88
tarix11.12.2022
ölçüsü0,51 Mb.
#73856
1   ...   54   55   56   57   58   59   60   61   ...   88
Imom G\'azzoliy. Ihyou ulumid-din. Tavba kitobi

www.ziyouz.com кутубхонаси 
46
ko‘proq xavfga soladi, hayvonga qilgan jinoyat uning oldida arzimas bo‘lib ko‘rinadi. Gunoh qanchalik 
katta bo‘lsa va Alloh taolodan uzoqlashtiruvchi deb e’tiqod qilinsa, pushaymonlik ham shunchalik 
kuchli bo‘ladi. Bu shariatda mavjud, kuzatilgan hodisadir. Tarixga nazar solinsa, qancha tavba 
qiluvchilar o‘tgan, ulardan birortasi ham ma’sum bo‘lmagan. Negaki, tavba insondan begunohlikni 
talab qilmaydi. Masalan, tabib ba’zan bemorni asal va shakar yeyishdan jiddiy qaytaradi. Uning 
asalnga man’ etishi o‘ta qat’iy va keskin bo‘lgani holda, shakardan qaytarishi, "uni iste’mol qilsang 
ham bo‘laveradi", degan ma’noga yaqin bo‘ladi. Bemor tabibning bu ogohlantirishi bilan asaldan 
tiyiladi, lekin shakardan emas. Agar istaklar g‘olib kelib, bemor asalni ham, shakarni ham iste’mol 
qilib qo‘ysa, u shakar emas, asal yeb qo‘ygani uchun pushaymon bo‘ladi. 
Katta gunohlarning ba’zisi ba’zisidan shiddatli va og‘irroq deb e’tiqod qilingani uchun ularning 
ayrimlaridangina tavba etish holati ham uchraydi. Bamisoli, odam o‘ldirishdan, o‘g‘rilikdan, kishilarga 
zulm qilishdan tavba qilgani kabi. Alloh bilan bandasi o‘rtasidagi haqning adosi og‘ir bo‘lishini bilgani 
uchun ham u bu gunohlarni farqlaydi. Shuning uchun ba’zan bandalarning haqlariga taalluqli 
bo‘lmagan ayrim katta gunohlardan tavba qiladi. Masalan, zino qilaveradi, lekin mast qiluvchi ichkilik 
ichmaydi. 
Chunki, ichkilik barcha gunohlarning kaliti ekani unga ma’lum. Agar ichsa, aqli ketib, turli-tuman 
gunohlarga yo‘l ochilishini yaxshi biladi. 
Kichik gunohlardan tavba qilib, katta gunohlardan tiyilmagai kishilar ham bo‘ladi. Masalan, 
g‘iybatdan, nomahramga qarashdan tavba qiladi-yu, aroq ichishdan to‘xtamaydi. Nega shunday? 
Biror mo‘min yo‘qki, qilgan gunohlari oqibatidan qo‘rqmasa yoxud qilmishidan ozmi-ko‘pmi 
nadomat chekmasa. Lekin nafsning gunohdan lazzatlanishi qalbning gunoh xavfida alam chekishidan 
kuchliroq bo‘ladi. Chunki, gunohdan qo‘rqish tuyg‘usi jaholat va g‘aflat tufayli zaiflashib, dunyo 
istaklari (shahvat) kuchayadi. To‘g‘ri, unda qaysidir darajada pushaymonlik bor, lekin azmni 
harakatlantiradigan darajada emas. Dunyo istaklari qanchalik kuchli bo‘lmasin, agar banda ulardan 
uzoqlasha olsa, qalbidagi xavf shahvatni yengadi va gunohdan qaytishga majbur etadi. 
Ba’zan fosiq kishi ichkilikka butkul berilib, ichkmliksiz turolmaydigan holga keladi. Uning 
Allohdan qo‘rqinchi past darajada bo‘lib, zaif istaklargagina hukmini o‘tkaza oladi. Qo‘rqinchning bitta 
nimjon askari kuchli istaklarni qanday mag‘lub qila olsin? Qo‘rqinch qo‘shinga aylansagina, ochko‘z 
istaklarg‘a bas kelishi mumkin. Ana shunda inson tavbaga azm etadi, gunohdan qaytadi. Hatto mana 
shu holatda ham o‘sha fosiq inson o‘ziga o‘zi deydi: "Shayton shahvatga mayl uyg‘otish yo‘li bilan 
meni ba’zi gunohlarga majburlagan bo‘lsa ham, jilovnm butkul unga berib qo‘ymadim, hayo 
pardasining ko‘tarilishidan saqlandim. Ba’zi gunohlar tufayli u bilan kurashyapman, shoyad g‘olib 
bo‘lsam. Nahotki, bu harakatlarim qaysidir gunohimga kafforat bo‘lmasa?" 
"Yo‘q, bunday bo‘lishi mumkin emas, bu tasavvurdan tashqari hodisa" degan o‘yga borsangiz, u 
holda fosiqning namoz o‘qishi va ro‘za tutishi ham tasavvurga sig‘maydigan hodisa bo‘lib chiqadi va 
unga shunday deyishingiz lozim bo‘ladi: "Agar namozing Allohdan o‘zgasi uchun bo‘lsa, durust emas. 
Agar Alloh uchun bo‘lsa, fisqni ham Alloh uchun tark et! Chunki, bu xususda Allohning amri bitta fisq-
fujur bilan Allohdan uzoqlashayotgan bir paytingda namoz bilan Allohga yaqinlashishni 
xohlamog‘ingni qanday tushunish mumkin?" 
Bunday deyishimiz qiyin. Negaki, fosiqning ushbu so‘zlari bunga imkon bermaydi: "Allohning 
ikkita amri mening zimmamda. Ikkala amrga ham xilof yo‘l tutganim uchun menga ikkita jazo bor. 
Holbuki, ba’zida shaytondan g‘olib keldim, ba’zida ojiz qoldim. Qodir bo‘lganimda shaytonni yengdim. 
Albatta, bu kurashim shahvat g‘olib kelib, undan ojiz qolgan paytimda, sodir etgan ba’zi gunohlarga 
kafforat bo‘ladi". 
Fosiqning bunday demasligiga kim kafolat beradi? Axir har bir musulmonning holi shu emasmi? 
Birorta musulmon yo‘qki, toat va ma’siyatni o‘zida jamlamagan bo‘lsa. Mana sabab qaerda! Buni 
fahmlagan inson shahvatdan g‘olib kelgan qo‘rqinchning ta’siri ba’zida ayrim gunohlardagina 
ko‘rinishi mumkinligini tushunadi. Sodir bo‘lib o‘tgan bir fe’lning oqibatidan qo‘rqish nadomatni keltirib 
chiqaradi, nadomat esa azmga sabab bo‘ladi. "Nadomat tavbadir", deganlar Rasululloh sollallohu 
alayhi vasallam. Ammo nadomat uchun barcha gunohlarning to‘planishi shart qilinmadi: "Gunohdan 
tavba qiluvchi kishi gunohi yo‘q kishi kabidir". E’tibor bering: "barcha gunohlardan tavba qiluvchi" 
deyilmayapti, balki "gunohdan tavba qiluvchi" deb, "gunoh" lafzi birlikda qo‘llanyapti. 


Ihyou ulumid-din. Tavba kitobi. Imom G’azzoliy 

Yüklə 0,51 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   54   55   56   57   58   59   60   61   ...   88




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin