Microsoft Word ihyo tavba ziyouz com doc



Yüklə 0,51 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə60/88
tarix11.12.2022
ölçüsü0,51 Mb.
#73856
1   ...   56   57   58   59   60   61   62   63   ...   88
Imom G\'azzoliy. Ihyou ulumid-din. Tavba kitobi

www.ziyouz.com кутубхонаси 
48
mayl qilishdan to‘xtagan kishida ikkita holat mavjud. Birinchisi, shahvat istagining tabiiy so‘nishi, u 
faqat shuning uchun gunohga mayl qilishdan to‘xtadi. Bunday tavba qiluvchidan nafsi bilan 
kurashayotgan gunohkor afzal. Har holda u o‘zining kurashi bilan qaysidir darajada gunohdan 
uzoqlashyapti. Shu bilan dinining shahvat istaklaridan ustunligini ko‘rsatyapti. Mana shuning o‘zi unda 
yaqin (Allohni aniq, shubhasiz tanish) va dinning quvvatlanayotganiga qat’iy dalildir. Dinning quvvati 
deganda, shaytonlar ta’sirida uyg‘onuvchi shahvatni yo‘q qiladigan, yaqin ishorati bilan zohir 
bo‘ladigan iroda quvvatini nazarda tutyapmiz. Mana shu quvvatlar tufayli kurash sodir bo‘ladi. 
"Bir oz sustroq esa-da, gunohdan to‘xtagan kishining tavbasi salomatroqdir", degan qarash ham 
to‘g‘ri. Lekin bu o‘rinda "afzal" lafzining qo‘llanishi noto‘g‘ri. Buni so‘zlovchining shunday so‘zlariga 
o‘xshatish mumkin: "Jimo’ga qodir bo‘lmagan kishi jimo’ga qudrati zo‘r erkakdan afzaldir. Chunki 
jimo’ga qodir bo‘lmagan kishi shahvat xataridan omon bo‘ladi. Shuningdek, yosh bola balog‘atga 
yetgan kishidan afzal, chunki go‘dak gunohdan pok. Qashshoq kishi dushmaniga shafqatsiz, qahri 
qattiq podshohdan afzal. Negaki, qashshoqning dushmani yo‘q. Podshohning esa dushmani ko‘p. U, 
ko‘pincha, dushmanlaridan g‘olib kelsa-da, ba’zan mag‘lub bo‘ladi". 
Ha, bu so‘zlar qalbi toza kishining so‘zlaridir. Lekin bu qarash narsalarning zohirinigina ko‘radi. 
Azizlik yo‘li xatarlardan iboratligini, ulug‘likning sharti g‘ururni o‘ldirish ekanini anglamaydi. Ularning 
aytganini, bamisoli, so‘zlovchining ushbu so‘zlariga ham o‘xshatish mumkin: "Oti va iti yo‘q ovchi ov 
ovlash va martaba darajasiga ko‘ra oti va iti bor ovchidan afzaldir. Chunki, oti bo‘lmasa, otdan yiqilib, 
a’zolari shikast topishidan, iti bo‘lmasa, iti ustiga tashlanib, g‘ajib tashlashi xavfidan omon bo‘ladi". Bu 
noto‘g‘ridir. Negaki, oti va iti bor ovchi uddaburon, hayvonlarni tarbiyalash ilmini to‘la egallagan bo‘lsa, 
u ovlash saodatiga eng munosib, martabasi ulug‘ ovchidir. 
Nafsi gunohga mayl qilishdan to‘xtagan kishidagi ikkinchi holat shunday bo‘lishi mumkin. 
Qalbida Allohni aniq va shubhasiz tanish tuyg‘usi kuchaygani uchun va ilgariroq nafs bilan bo‘lgan 
kurashdagi samimiylik tufayli unda gunohga mayl yo‘qoladi, shahvat hayajoni bosiladi, hatto u shariat 
odobi bilan xulqlana boshlaydi. Endi u shahvat bilan emas, din bilan to‘lqinlanib, din bilan 
sokinlashadigan daryoga aylanadi. Darhaqiqat, bu kishi martabada shahvatni so‘ndirish, uning 
hayajonini bosish uchun zahmat chekayotgan kurashchidan yuqoridir. Nafs bilan jihod etmsh 
maqsadini to‘la anglamagan odamgina "bu kishida jihod fazilati yo‘q", deyishi mumkin. Nafsga qarshi 
jihoddan murod — dushmanning yovuzligini so‘ndirish, toki u sizni shahvat tomon tortmasin. U sizni 
shahvat tomon tortolmas ekan, demak, u din yo‘lida davom etishingizga ham to‘sqinlik qilolmaydi. 
Dushmanni yengsangiz, murod hosil bo‘ladi. Butun jang davomida g‘alaba talabida bo‘lib, nihoyat 
zafar quchdingiz. Buning misoli, jihodda oldingm saflarda turib, qanday salomat qolishini bilmayotgan 
kishi bilan dushmanni yengib, asir olgan kishining misoliga o‘xshaydi. Yoki bu holatni majozan 
shunday tasvirlash ham mumkin: iti va otining tarbiyasi bilan endi shug‘ullanishni boshlagan, hali 
o‘rgatish mashaqqatlarini tortayotgan kishi qayda-yu, kuchli e’tibor va qattiq tarbiyadan so‘ng 
qopog‘onligini tashlab, ovchilikka o‘rgangan itidan, sarkashligini tark etib, yuvosh bo‘lib qolgan otidan 
mamnun holda dam olayotgan kishi qayda?! 
Ba’zilar mana shu nuqtada adashib, nafs bilan jihod qilishni eng so‘nggi maqsad deb gumon 
etdilar. Jihod faqat yo‘ldagi to‘siqlardan xalos bo‘lish uchungina kerakligini anglamadilar. Kimlardir, 
maqsad — shahvatlarini so‘ndirish va ularni butunlay yo‘q qishishdir, degan o‘yga borib, hatto 
ba’zilari buni o‘zlarida sinab ko‘rishdi. Lekin ojizlik qildilar, bu ishning imkonsiz ekanini tan oldilar. 
Koshki shu yerda to‘xtasalar edi, yo‘q, ular shariatni yolg‘onga chiqarib, (barcha ishga ruxsat) yo‘lini 
tutdilar, behayolarcha shahvatga oshkora ergashdilar. 
Tabiiy, bularning barchasi jaholat va adashish edi. 
Shunday savol tug‘ilishi mumkin: "Gunohni unutib, u haqida umuman fikr qilmagan tavba 
qiluvchi bo’lgan gunohini ko‘zi oldida tutib, u odatda doimiy tafakkur qilayotgan va nadomat o‘tida 
yonayotgan tavba qiluvchidan qay biri afzal?"
Bilgil, bu xususda ham turlicha qarashlar mavjud. Ba’zilar deydi: "Tavbaning mohiyati gunohni 
ko‘z oldida tutishdir". 
Kimdir aytadi: "Tavbaning mohiyati gunohni unutishdir" Bizningcha, bu ikkala qarashda ham jon 
bor. Faqat u ikkita holat bilan belgilanadi. 
Mutasavvuflarning so‘zi doimo cheklangan bo‘ladi. Chunki, ular faqat o‘z holidan xabardor, 


Ihyou ulumid-din. Tavba kitobi. Imom G’azzoliy 

Yüklə 0,51 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   56   57   58   59   60   61   62   63   ...   88




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin