Microsoft Word ihyo tavba ziyouz com doc



Yüklə 0,51 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə62/88
tarix11.12.2022
ölçüsü0,51 Mb.
#73856
1   ...   58   59   60   61   62   63   64   65   ...   88
Imom G\'azzoliy. Ihyou ulumid-din. Tavba kitobi

www.ziyouz.com кутубхонаси 
50
harom", deyishiga fasohatlari yetmagan bo‘lsa?! Yo‘q, Allohning payg‘ambari bolaning bunday 
gaplarni tushunmasligini bilardilar. Shuning uchun fasohatni tark etib, bola darajasiga tushib, bolaga 
bola tilida uqtirdilar. 
Bu nozikliklardan ogoh bo‘l! Chunki, ular nafaqat g‘ofillarning, balki oriflarning ham qadamini 
toydiradi. 
Alloh taolo bizga lutfu karami bilan chiroyli tavfiq ato etsin. 
Tavbaning davomiyligiga ko‘ra bandalarning toifalarga bo‘linishi 
Bilgilki, tavba qiluvchilar to‘rt tabaqaga bo‘linadi. 
Birinchi tabaqa: Bu tabaqadagilar gunohdan tavba qilib, umrining oxirigacha tavbasida 
mustahkam turadi. Shu yo‘l bilan o‘tgan xatolarini o‘nglab, qayta ularni takrorlamaslikka nafsini iqror 
etadi. Tavbada mustaqim turish degani mana shudir. Bu martabaga yetgan kishi savob ishlarga 
peshqadam bo‘ladi, yomonliklarini yaxshilikka o‘zgartirib boradi. Mazkur tavbaning nomi "at-tavbatun 
nasuh"dir. Nasuh tavbaga yo‘g‘rilgan sokin nafs esa "an-nafsul mutmainna" (xotirjam nafs) deyiladi. 
Xotirjam nafs Alloh ato etgan ne’matlardan rozi bo‘lgan va Alloh ham uning amallaridan rozi bo‘lgan 
holda Rabbiga qaytadi. Rasululloh sollallohu alayhi vasallamning ushbu so‘zlari shunday zotlarga 
ishoradir: 
Yosh bolalarni ogohlantirish uchun qo‘llanadigan taqpidiy so‘z. 
"Alloh taoloning zikri bilan mast bo‘lgan bandalar zikr tufayli gunoh yuklaridan xalos bo‘ladilar va 
qiyomatda (qushday) yengil bo‘lib turadilar" (Termiziy rivoyati). 
Shahvatga mayli jihatidan bu tabaqa ham martabalarga bo‘linadi. Shunday tavba qiluvchilar 
borki, ulardagi ma’rifat quvvati shahvatlarni jilovlab turadi. Jilovlangan istaklar esa solikni yo‘ldan 
chalg‘itolmaydi. Yana shunday tavba qiluvchilar bor, doimo nafsi bilan kurashadi. Lekin nafs ham 
ulardan bo‘sh kelmaydi, o‘zaro nizo to‘xtamaydi. 
Ko‘pligi yo ozligiga, muddati va navlarining har xilligiga qarab, nizoning darajalari farqlanadi. 
Kimdir tavba qilgani hamono vafot etadi. Havasga arzigulik tavba. Chunki, tavba zaiflashishidan ilgari 
uning egasi o‘lim topdi. Natijada tavba salomat qoldi. 
Kimdir uzoq umr ko‘radi. Nafsiga qarshi kurashi va sabri ham shunga yarasha uzun, tavbadagi 
istiqomati davomli, yaxshiliklari ko‘p bo‘ladi. Bu eng afzal holatdir. negaki, yaxshilikning ko‘p bo‘lishi 
yomoilikni ketkazish imkonining ko‘p bo‘lishi demakdir. Hatto ayrim olimlar deydi: "Ichidan toshib 
chiqayotgan kuchli istak vositasida o‘n barobar ko‘proq gunoh qilishga qodir bo‘laturib, bitta gunoh 
bilan kifoyalangan osiyning gunohi kechiriladi, qachonki, Allohdan qo‘rqib, istagini so‘ndirsa va sabr 
qllsa". Lekin, ta’siri nechog‘li ulug‘ bo‘lmasin, bunday shart qo‘yish ehtimoldan uzoq narsa. Chunki, 
iymoni zaif kishi bu yo‘lda tez adashadi, shahvatlarga erk beradi, gunoh sodir etguncha shoshiladi. 
Keyin esa gunohdan qaytishni xohlab qoladi. Lekin uning shahvat jilovini qo‘ldan chiqarmasliga 
kafolat yo‘q. Agar shunday bo‘lsa, u gunohga yuzlanadi, tavba noqis bo‘ladi. 
Tavba to‘liq bo‘lishining yo‘li, avvalo, gunohga qulaylik tug‘diruvchi sabablardan qochishdir. Toki, 
bu sabablarning inson nafsi tomon borishi to‘silsin. Ana shunda bu inson shahvatlarini so‘ndirishga 
qodir bo‘ladi va boshidanoq tavbaning sihati ta’minlanadi. 

Yüklə 0,51 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   58   59   60   61   62   63   64   65   ...   88




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin