Ihyou ulumid-din. Tavba kitobi. Imom G’azzoliy
www.ziyouz.com кутубхонаси
44
holda. gunohkor zulm yuki ostida qoladi. Shuning uchun gunohi kechirilishini xohlagan zolim
mazlumga yumshoq muomala qilmog‘i, muhim ishlarida ko‘maklashmog‘i, unga nisbatan mehru
muhabbatini zohir etmog‘i lozim, toki mazlumning ko‘ngli yumshasin, o‘zaro samimiyat uyg‘onsin.
Darhaqiqat, inson - ehsonning gadosi. Bitta yomonlik bilan qo‘rqitilgan kishi, bitta
yaxshilik bilan
o‘zgaradi. O’ziga ko‘rsatilayotgan muhabbat va halimlikni qalb sezgani sayin nafs kechirimli bo‘ladi.
Agar shunchalik harakatdan so‘ng ham mazlumning ko‘ngli yumshamasa, qilinayotgan halimlik va
uzrxohliklar poklanishni xohlayotgan zolimning savob amallariga qo‘shilishi, shu tufayli qiyomatda
xatosi o‘nglanishi mumkin. Mehr-muhabbat ko‘rsatib, mazlumning qalbiga surur bag‘ishlash yo‘lidagi
sa’y-harakatning miqdori unga yetkazilgan aziyatlar yo‘lidagi sa’y-harakatlar miqdoridan kam
bo‘lmasligi kerak. Negaki, qiyomatda
bu ikkalasi yuzlashtiriladi, Allohning izmi bilan biri boshqasidan
o‘z haqqini oladi. Deylik, bir kishi bu dunyoda birovning moliga zarar yetkazib qo‘ydi. Keyin u molning
egasiga shunga o‘xshash boshqa molni keltirib berdi. Mol egasi bu molni undan qabul qilmadi. Ish
hokimga arz etilgach, mol egasi xohlasa ham, xohlamasa ham olib kelingan
molni qabul qilishga
hukm etiladi. Hokimlar hokimi, odillar odili Allohning ham qiyomatdagi hukmi shunday.
Abu Said Xudriydan rivoyat qilinadi: "Payg‘ambar alayhissalom dedilar: "Sizdan oldin o‘tgan
ummatlar ichida to‘qson to‘qqiz jonni o‘ldirgan bir kishi bor edi. U yer yuzidagi eng olim kishidan
o‘zining tavbasi haqida so‘ramoqni qasd etdi. Uni bitta rohibning oldiga yo‘llashdi. U rohibning oldiga
borib:
- Men to‘qson to‘qqiz jonni o‘ldirdim, tavbam qabul bo‘ladimi? — deb so‘radi. Rohib "yo‘q", deb
javob bergan edi, qotil uni ham o‘ldirib, hisobidagi o‘liklar sonini yuztaga to‘ldirdi.
Keyin yana yer
yuzidagi eng olim kishini unga ko‘rsatishlarini so‘radi. Bitta olim kishiga uni yo‘llashdi. Qotil u olimga
uchrab:
- Men yuzta jonni o‘ldirdim, tavbam qabul bo‘ladimi? - deb so‘radi.
- Ha, dedi olim. Tavbani kim ham to‘sa olardi. Endi falon-falon yerga bor. U yerda ulug‘ va
qudratli zot — Allohga ibodat qiladigan odamlar bor. Ular bilan birga Alloh taologa ibodat qil. O’z
yeringga qaytma, chunki u yomon yerdir.
Yuzta jonning hayotiga zomin bo‘lgan qotil olim aytgan tomonga yo‘l oldi. Yo‘l yarmiga
yetganida, ahvoli og‘irlashib, ajali yaqinlashib qoldi. Shunda rahmat va azob farishtalari u haqda
tortisha boshlashdi:
- Axir bu inson chin qalbdan Allohga yuzlanib, tavba niyatida yo‘lga chiqdiku! —
der edilar
rahmat farishtalari.
- U bironta yaxshi amal qilmagan, - der edilar azob farishtalari.
Shu payt odam suratidagi bir farishta bu nizoning ustiga kelib qoldi. Darhol uni o‘zlari orasida
hakam qilishdi. U shunday yechimni taklif etdi:
- Ikkala yergacha (ya’ni tavba tomon va azob tomon) bo‘lgan masofani ham o‘lchanglar. Kotil
qaysi yerga yaqinroq bo‘lsa, u o‘sha manzilning odamidir. O’lchadilar, tavba niyatida qasd qilingan
tomon azob farishtalari chorlayotgan tomondan yaqinroq ekan.
Natijada, rahmat farishtalari uni olib
ketdilar" (Muttafaqun alayh).
Demak, tavba qiluvchi yaxshi amallarni ko‘paytirsagina azobdan xalos bo‘lishi mumkin. Chunki,
zarra misqol bo‘lsa ham savob amallarning mezonda og‘ir kelishi — najotning birdan-bir garovidir.
Tavbani qasd qilishning o‘tmishga bog‘liq tomoni mana shu jihatlardan iborat. Endi kelajakka
bog‘liq tomoni-chi?
Gunohkor banda tavbaga azm etar ekan, kelajakda bu va shunga o‘xshash gunohni qayta
takrorlamaslikka ahd qiladi. Ahd Alloh bilan bo‘lgani uchun ishonchli va mustahkam bo‘ladi. Masalan,
meva-cheva dardiga dard qo‘shishini bilgan bemor,
to kasali tuzalmagunicha, uni og‘ziga olmaslikka
qat’iy ahd etadi. Garchi keyin istaklar g‘olib kelishi mumkin bo‘lsa-da, ayni shu paytda ahdning
mustahkamlik darajasi kuchli bo‘ladi. Agar o‘sha paytda ahd mustahkam bo‘lmasa, qanday qilib bu
tavba tavba bo‘lsin!
Tavba yo‘lidagi kishining azmi mukammal bo‘lishi uchun avvalo, uzlat, sukut, kam yeyish va kam
uxlash, halol rizq kasb etishi lozim. Kimgaki halol moldan meros qolsa
yoki tirikchiligiga kifoya
qiladigan kasbi bo‘lsa, shu bilan qanoatlansin. Zero, gunohlarning boshi harom yemoqdir. Halol bilan
qanoatlanmaydigan, shubhali narsalarni tark etmaydigan inson taomlar va kiyimlarga bo‘lgan