Microsoft Word ihyo tavba ziyouz com doc



Yüklə 0,51 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə63/88
tarix11.12.2022
ölçüsü0,51 Mb.
#73856
1   ...   59   60   61   62   63   64   65   66   ...   88
Imom G\'azzoliy. Ihyou ulumid-din. Tavba kitobi

Ikkinchi tabaqa: Bu tabaqadagi tavba qiluvchi ibodatning asoslarini mahkam ushlab, tavbada 
mustaqim turadi, katta gunohlarni tark etadi. Albatta, u gunohlardan batamom holi emas. Gohida o‘zi 
bilmagani holda, ha, atayin yo qasddan emas, sharoit oqimiga tushib, gunohlarga mubtalo bo‘ladi. 
Ammo gunohga botgan zahoti nafsini malomat qiladi, afsus-nadomat chekib, endi gunoh 
sabablaridan saqlanishga kayta azm etadi. Bu — "an-nafsul lavvoma", ya’ni malomat qiluvchi nafs 
deb ataladi. Egasi tufayli ayanch hollarga tushgan bu nafs egasiga ulkan malomatlar yog‘diradi. 
Ikkinchi tabaqa avvlgisidan quyiroq tursa-da, darajasi baland, aksar tavba qiluvchilar shu 
tabaqaga mansub. Chunki, odamzod loyiga gunoh qo‘shib qorilgan, undan butunlay xalos bo‘lishning 
iloji yo‘q. Inson harakatining eng cho‘qqisi yaxshiligi yomonligidan g‘olib kelishi, natijada, torozuning 
savoblar pallasi og‘ir bosishidir. Ularga Alloh taoloning go‘zal va’dasi bor: 


Ihyou ulumid-din. Tavba kitobi. Imom G’azzoliy 
www.ziyouz.com кутубхонаси 
51
 ِةَﺮِﻔْﻐَﻤْﻟا ُﻊِﺳاَو َﻚﱠﺑَر ﱠنِإ َﻢَﻤﱠﻠﻟا ﻻِإ َﺶِﺣاَﻮَﻔْﻟاَو ِﻢْﺛﻹا َﺮِﺋﺎَﺒَآ َنﻮُﺒِﻨَﺘْﺠَﻳ َﻦﻳِﺬﱠﻟا
 
"Ular kichik xatolardan emas, katta gunohlardan va buzuqliklardan yiroq bo‘ladigan 
zotlardir. Albatta Parvardigoringiz mag‘firati keng zotdir" (Najm surasi, 32). 
Sodir etilgan har qanday kichik gunohni takrorlashga odatlanilmas ekan, u kechirilishga 
munosib. Alloh taolo deydi: 
 ْﻢِﻬِﺑﻮُﻧُﺬِﻟ اوُﺮَﻔْﻐَﺘْﺳﺎَﻓ َﻪﱠﻠﻟا اوُﺮَآَذ ْﻢُﻬَﺴُﻔْﻧَأ اﻮُﻤَﻠَﻇ ْوَأ ًﺔَﺸِﺣﺎَﻓ اﻮُﻠَﻌَﻓ اَذِإ َﻦﻳِﺬﱠﻟاَو
 
"Ular qachon bir noloyiq ish qilib qo‘ysalar yoki o‘zlariga zulm qilsalar, darhol Allohni 
eslab, gunohlarini mag‘firat qilishini so‘raydigan zotlardir" (Oli Imron surasi, 135). Uzlariga zulm 
qilsalar-da, Alloh ularni maqtayapti. Chunki ular qilmishidan pushaymon, nafsi malomatda. 
Hazrati Alining Payg‘ambar alayhissalomdan rivoyat qilgan shunday so‘zlari bor: 
"Sizlarning yaxshilaringiz gunoh sodir etib, so‘ng ko‘p tavba qiluvchilaringizdir" (Bayhaqiy 
rivoyati). Boshqa xabarda keladi: 
"Mo‘min boshoq kabi goh tik bo‘ladi, goh egiladi" (Abu Ya’lo va Ibn Hibbon rivoyati). 
Demak, kichik gunoh yuqorida aytilganlarga binoan bo‘lsa, tavbani buzmaydi, tavba qiluvchi bu 
gunohi bilan doimiy gunoh qiluvchilar safiga qo‘shilib ham qolmaydi. Buni inkor qilgan kishini no‘noq 
bir tabibga yoki chalaroq faqihga o‘xshatish mumkin. Agar tabib: "Meva-chevalarni va issiq taomlarni 
davomli va uzluksiz emas, balki o‘qtin-o‘qtin iste’mol qilayotganing uchun, garchi sog‘lom bo‘lsang-
da, sog‘ligingni yo‘qotasan", deb unda noumidlik uyg‘otsa, bu tabibning nuqsonidir. Shuningdek, 
garsni takrorlash va daftar hoshiyasiga muhim qoidalarni yozib qo‘yishga yalqovlik qilayotgani tufayli 
"bundan faqih chiqmaydi", degan hukm bilan shogirdini noumid etish ham faqihning kamchiligidir. 
Aslida, haqiqiy faqih ba’zan uchraydigan dangasalik va xatolar tufayli xalqni saodatlar darajotidan 
noumid etmaydi. 
Payg‘ambar alayhissalom deydilar: "Odam farzandlarining barchasi xatolarni ko‘p qilguvchidir. 
Xato qiluvchilarning yaxshisi tavba qiluvchilar va gunohlarining afv etilishini so‘rovchilardir" 
(Termiziy rivoyati). 
Alloh taolo aytadi:

Yüklə 0,51 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   59   60   61   62   63   64   65   66   ...   88




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin