www.ziyouz.com кутубхонаси
53
yuzlangan.
Gunohlardan qaytmaydigan, toati qusurli, mag‘firat yo‘lining yo‘lchisi bo‘lmagan bir kishining
Alloh taoloning fazlidan mag‘firat kutishi, ahli qalb nazdida, bema’nilik, balki ahmoqlikdir. Ajabo, bu
ahmoqning "aqli raso"ligini qarangki, shunday go‘zal iboralar bilan o‘z hamoqatini "ko‘z-ko‘z" qiladi:
"Alloh sahovati keng zotdir! Jannati men kabilarni ham sig‘diradi. Gunohimdan unga zarar yetmaydi",
deydi.
Keyin uning oltin-kumush talabida dunyo dengizlari osha suzayotganini ko‘rasan. Bu yo‘lda u
qanchalik mashaqqat bo‘lsa ham chidaydi, xavf-xatarlar unga pisand emas. Shunda unga:
"Darhaqiqat, Alloh sahovatli zot, oltin-kumushlar esa, uning xazinasi. Bu xazina oldida sening
faqirliging nima degan gap! Shunday ekan, tijoratingni tark etib, ozshna yalqovlik qilsang, nima
bo‘pti?! Alloh o‘zing o‘ylamagan tomondan seni rizqlantirishini kutib, uyingda maza qilib
yotmaysanmi?" desang, seni jinniga chiqarib, masxara qiladi: "Bu qanday ahmoqlik! Axir, oltin-
kumush osmondan yog‘maydiku! Unga kasd qilib erishiladi. Alloh taolo shunday taqdir qilgan. Shu
taqdir bilan qonunini joriy etadi. Allohning qonuni o‘zgarmasdir", deydi.
Dunyoga aldangan bu kas oxiratning ham, dunyoning ham parvardigori yagona Alloh ekanini,
Uning qonuni oxirat uchun ham, dunyo uchun ham bir xil va uni o‘zgartirib bo‘lmasligini qaydan
bilsin?!
ﻰَﻌَﺳ ﺎَﻣ ﻻِإ ِنﺎَﺴْﻧﻺِﻟ َﺲْﻴَﻟ ْنَأَو
)
٣٩
(
"Inson uchun faqat o‘zi qilgan harakatigina bo‘lur" (Najm surasi, 39}.
Shunday ekan, nega u "Allohning sahovati faqat oxiratga daxldor, bu dunyoga emas", deb
e’tiqod qiladi? Nahotki, sahovat ma’nosi kasb etib, mol topishda sustkashlikka yo‘l qo‘ymaslikni
taqozo etadiyu, muhim mulk, doimiy ne’mat uchun harakat qilishda sustkashroq bo‘lishni targ‘ib
qiladi? Nahotki: "Oxirat uchun jiddu jahd etma, uni Alloh shundayicha beradi. Ammo dunyo uchun
tirish, o‘lib tiril, faqat shundagina u qo‘lga kiradi!" deyish sahovatning hukmi bo‘lsa?!
Yo‘q, bu odam Allohning mana bu so‘zlarini unutyapti:
Dostları ilə paylaş: |