www.ziyouz.com кутубхонаси
58
IV bob. Tavbaning shifobaxshligi va gunohdan tiyilmaslik dardining muolaja yo’li Bilgilki, odamlar ikki qismga bo‘linadi: Birinchisi, yoshlik beboshliklaridan holi, yomonlikdan uzoq
bo‘lib, yaxshilikda voyaga yetgan yigit. U haqda Rasulluloh sollallohu alayhi vasallam: "Yoshlik
beboshliklardan holi bo‘lib voyaga yetgan yigitga Rabbingiz ham hayratlanadi" (Ahmad va Tabaroniy
rivoyati).
Bu juda nodir holat.
Ikkinchisi, gunoh amallardan holi bo‘lmagan kishilar. Bular gunohdan qaytmaganlarga va tavba
qiluvchilarga ajraladi.
Bilgil, tavba shifobaxsh doridir. Dardning tashxisini bilmagan odam dardga nima davo bo‘lishini
bilmaydi. Dori dardni keltirib chiqaruvchi sabablarga zid bo‘lsagina davoda ma’no bo‘ladi. Dardning
davosi dardni keltirib chiqaruvchi sabablarni yo‘q qilishdan iborat. Biror narsani yo‘q qilish uchun esa
o‘sha narsaning ziddini yuzaga chiqarmoq zarur.
Gunohdan tiyilmaslik dardining sababi g‘aflat va shahvat. G’aflatning ziddi — ilm (ogohlik),
shahvatning ziddi sabr, ya’ni shahvatga updovchi sabablarning payini qirqishga sabr bilan chidashdir.
Xatolarning boshi g‘aflatdir. Bu haqda aytilgan:
َنﻮُﻠِﻓﺎَﻐْﻟا ُﻢُه َﻚِﺌَﻟوُأَو ْﻢِهِرﺎَﺼْﺑَأَو ْﻢِﻬِﻌْﻤَﺳَو ْﻢِﻬِﺑﻮُﻠُﻗ ﻰَﻠَﻋ ُﻪﱠﻠﻟا َﻊَﺒَﻃ َﻦﻳِﺬﱠﻟا َﻚِﺌَﻟوُأ ) ١٠٨ ( َنوُﺮِﺳﺎَﺨْﻟا ُﻢُه ِةَﺮِﺧﻵا ﻲِﻓ ْﻢُﻬﱠﻧَأ َمَﺮَﺟ ﻻ ) ١٠٩ ( "Alloh unday kimsalarning dillarini, quloqlarini va ko‘zlarini muhrlab qo‘ygandir. Ular g‘ofil kimsalardir. Shak-shubha yo‘qki, ular oxiratda ziyon ko‘rguvchilardir" (Nahl surasi, 108-
109).
Tavba dorisi ilmning shirinligi bilan sabrning achchiqligi qorishtirib tayyorlangan ma’jundir.
Bamisoli shakarning shirinligi va sirkaning nordonligi jamlanib, iskanjabin hosil bo‘lgani kabi. Dori
sifatida qorishtirilgan bu ikkala moddaning har biri muolajada bitta maqsadga xizmat qiladi: safroni
qo‘zg‘ovchi sabablarni daf etadi. Gunohdan tiyila bilmaslik dardiga chalingan qalbning muolajasini
ham shunday tushunmoq kerak. Demak, bu muolajaning asosi ikkita: ilm va sabr,
"Gunohdan tiyila bilmaslik dardini davolashda ilmlarning uammasi ham foydalimi yo bunaing uchun maxsus ilm kerakmi?" degan savol tug‘ilsa, bilgilki, barcha ilmlar qalb dardiga davodir. Lekin
har dardning o‘z ishi bor. Masalan, tib ilmini bilish barcha kasalliklarning muolajasida foyda beradi.
Ammo har bir illat o‘ziga xos xususyati bilan boshqasidan farq qiladi. Xuddi shuningdek, gunohdan
tiyila bilmaslik dardining ham o‘ziga xos xususiyatlari borki, ularni bilmasdan turib, bu kasallik haqida,
uning muolajasi bilan shug‘ullanuvchi ilm to‘g‘risida so‘z aytish mushkul.
Keling, tasavvur kilishga oson bo‘lishi uchun bu ilmning xossalarini badan kasalliklariga qiyosan
ko‘rib chiqaylik.
Bemor bir necha sabablarni tasdiq etishga muxtoj. Quyida ularni keltiramiz:
1. Dard va sihatning sabablari bor. Kishi o‘z ixtiyori bilan sabablarni yaratuvchi zot — Allohning
tartibiga ko‘ra o‘sha sabablarga bog‘lanadi. Bemor kishi buni tasdiq etishga muhtoj. Tibbiyotga
ishonch ayni shu tasdiqdan kelib chiqadi. Tib ilmiga ishonmagan kimsa muolajaga mashg‘ul
bo‘lmaydi. Natijada unga o‘lim yuzlanadi.
Mana shu qiyosga binoan aytadigan bo‘lsak, oxirat saodatiga yetishning birdan bir sababi —
toat, badbaxtlikning sababi esa, ma’siyat. Shariatning asosiga iymon keltirish mana shudir. Xoh
tahqiq, xoh taqlid yo‘li bilan bo‘lsin, banda bu iymonga ega bo‘lmog‘i lozim. Aslida bu yo‘ldagi tahqiq
ham, taqlid ham iymon jumlasidandir.
2. Bemor kishi muayyan bir tabibni tanlab, uning tib ilmida bilimdon, berayotgan ko‘rsatma va
maslahatlarida lshonchli va to‘g‘riso‘z ekaniga inonmog‘i lozim. Negaki, tibbiyotga ishonib, tabibga
ishonmasa, bu iymondan foyda yo‘q. Keltirilayotgan misolimizning ilohiy voqelikdagi qiyosi shunday:
Muhammad alayhissalom Alloh taoloning haqiqiy rasulidir. Rasululloh sollallohu alayhi vasallamning