Microsoft Word isajon sulton boqiy darbadar lotin ziyouz com doc


TIYONSHON BAG‘RIDAGI G‘ORDA ISTIQOMAT QILUVCHI AVLIYO



Yüklə 211,72 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə10/51
tarix07.12.2022
ölçüsü211,72 Kb.
#72959
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   51
isajon sulton. boqiy darbadar

TIYONSHON BAG‘RIDAGI G‘ORDA ISTIQOMAT QILUVCHI AVLIYO 
Aytishlaricha, bu avliyo Tiyonshon etagida bir yuzu yigirma yildan buyon ibodat qilar edi. G‘or 
og‘zida anjir o‘sgan edi, u har kuni yangi meva tugardi. Qilgan ibodatlariga mukofot o‘laroq hamda 
avliyoning tirikchilik ilinjida chalg‘imasligi uchun berilgan bir inoyat yoxud mo‘‘jiza edi balki bu 
anjir. 
 
Bu yerdan o‘tganlarning ba’zilari, g‘or og‘zining ikki tomonida ikki bahaybat sherning turganini 
ko‘rishgan. Boshqalar esa kulcha bo‘lib o‘ralib olgan ilonni, burgutni, hatto ajdarni ko‘rgani haqida 
rivoyatlar bor. Ba’zilar esa hech qanday jonzot yo‘qligini, bir tutamgina, ammo nigohi g‘oyatda 


Isajon Sulton. Boqiy darbadar (roman) 
www.ziyouz.com kutubxonasi 
10
nurafshon qariyani ko‘rganlarini aytadilar, qariya shu darajada keksaygan ediki, xuddi ukparday 
hilvirab qolgan edi.
Boshqa birovlar esa, Tangriga yaqin zotlarning uning huzuriga suhbat uchun kelib turganlaridan 
xabar beradilar.
Darhaqiqat, avliyolar – Parvardigori olamning marhamati va mukofotiga sazovor kishilar ekaniga 
shak-shubha yo‘q. Avom ularning hikmatlarini anglashga ojizlik qilishi ham rad etib bo‘lmaydigan 
haqiqat. Bizlar anglab yeta oladigan darajada bayon qilingan boshqa bir haqiqat esa mana bunday: 
Bir kuni avliyoning huzuriga baland bo‘yli, uzun sochlari yelkasiga tushgan, yalangoyoq bir odam 
kirib keladi va undan mo‘‘jiza ko‘rsatishini, agar ko‘rsatmasa, o‘ldirajagini aytib tahdid qiladi. 
– Qanday mo‘‘jiza ko‘rsatishimni istaysan? – deb so‘raydi Avliyo undan. 
Bilmadim, ishqilib, g‘ayrioddiy bir narsa bo‘lsin, – deydi kelguvchi. 
– Unda, u mo‘‘jizani nimaga sabab bo‘lishini xohlaysan?
– Sening rostdan ham avliyo ekaningga ishonishim uchun. 
– Sen o‘zing dunyoda nima istashingni bilmasang, men bechora banda qaerdan ham bilayin, – deb 
javob bergan Avliyo. – Qara, olamda hamma narsa mukammal bir tartib bilan harakatlanib turipti. 
Bahorda bu yerdan turli-tuman nabotot unib chiqadi. Sanog‘ini Tangridan boshqa hech kim bilmaydi. 
Shuncha nabototning unishi uchun kerak bo‘lgan suvni tomchi-tomchisigacha o‘lchovi bilan bulutlar 
olib kelib yog‘dirsa, hatto sen qudratini ko‘rib hayratlanishing yoki eski tuproqlarni ichidagi bor-yo‘q 
jasadlari bilan yuvib, boshqa joylarga ozuqa bo‘lishi uchun olib ketadigan yoxud har ikkalasi uchun 
ham bo‘ronlar essa, sellar oqsa... Quyosh keragicha qizdirsa, dov-daraxtu o‘t-o‘lanning changlanishi 
uchun qancha asalari va hasharot kerak bo‘lsa, shunchasi yaratilsayu gullarni changlantirishidan 
tashqari yana bol ham to‘plasa va o‘zining mavjudligi va hayoti bilan yana uning qudratidan xabar 
berib tursa... Sen aytayotgan mo‘‘jiza mana shu nizomga qarshi ravishda, shu tartibni buzib paydo 
bo‘ladigan hodisadir. Ayt-chi, ey Tangrimning bandasi, birgina mening avliyo ekanimga ishonishing 
mana shu nizomning buzilishiga arziydimi? 
– Bu kam, – dedi chaqirilmagan mehmon o‘ylanib. – Yana nimalarni ayta olasan? 
– Uning bergan ne’matlaridan bemalol foydalansang, ixtiyoringga sening minadigan otingdan 
ko‘ra minglab karra mukammalroq boshqa bir otni – vujudingni ato etgan bo‘lsa. Olamdagi har bir jon 
o‘zining vazifasidan boshqa yana bir vazifani bajarib kelayotganining hikmatini ko‘r. Mukammal bir 
lashkarga o‘xshaydigan, g‘oyatda ixcham yaratilgan asalari o‘zining ehtiyojidan minglab karra ko‘p 
bol to‘plasa, bir daraxt, nasl qoldirishi uchun kerak bo‘ladigan mevalarning minglab mislini tugsa, bir 
baliq minglab uvuldiriq tashlasa, bir nabotot o‘zining unib-o‘sishidan tashqari yo yemish, yo davo 
bo‘lsa... va faqat sengina bularning hammasidan yeb-foydalansangu hosilang bo‘lmasa... ustiga-ustak, 
shu holingda yana mo‘‘jiza talab qilsang... Hayotingning boshidan oxirigacha, go‘dakligingdan to 
keksayguninggacha hayot hikmatini, Uning marhamatini anglolmasdan, Uning pardalari ortidagi 
sirlariga bir marta boqolmasdan darbadar kezsang-u, sening bu tutuming mo‘‘jiza talab qilishingga 
huquq bera oladimi? 
 
Mehmon yerga o‘tirdi, qilichini ham yerga qo‘ydi. 
– Bu gaplarni oldin ham eshitganman, – dedi u. – Men sendan haqiqatni bilishni istayman. 


Isajon Sulton. Boqiy darbadar (roman) 

Yüklə 211,72 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   51




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin