www.ziyouz.com kutubxonasi
20
OSIYO. G‘-22 «RAPTOR» HARBIY UCHOQLARI Ayni shu mahalda Gobi uzra zanji dahoningu anjuman ahlining yetti uxlab tushiga kirmagan
voqealar sodir bo‘lmoqdaydi.
Yig‘in boshlanishidan bir soat avval, Gobiga tutash mamlakatlardan biridagi muvaqqat harbiy
bazadan «Vahshiy» deb nom olgan beshinchi avlod G‘-22 Raptor rusumli jangovar uchoqlar havoga
ko‘tarildi. Hozir ular sahroni aniq kataklarga bo‘lgan holda, turli-tuman kuzatish qurilmalari orqali har
bir qadamni juda sinchkovlik bilan kuzatib-o‘rganib bormoqda edilar.
Ko‘rinishi bahaybat vahshiy qushga o‘xshagani uchun ham ularga shunday nom berilgan edi,
kichkina qanotlarning ost qismidagi sakkizta jangovar raketa xuddi ulkan qushning changaliga o‘xshab
osilib turar, burun qismidagi kompyuterli mo‘ljal tizimining qurollari bahaybat tumshuqni eslatardi.
«Vahshiy»ning o‘z-o‘zidan nishonga oluvchi o‘ta sinchkov qurilmalari sahrodagi har bir
jonzotning harakatini inson nigohidan yuzlarcha bora sezgirlik bilan qayd etar, kompyuterdagi nishon
bilan taqqoslar va nishon tegrasidagi qizil halqa ko‘k rangga almashar, ya’ni qayd etilgan narsa
xotiradagi qiyofaga mos emasligi bildirilar, uchoqlarning har biri bir vaqtning o‘zida kamida beshta
nishonni mana shunday «ushlab» tura olish qobiliyatiga ega edi.
Ayni vaqtda qandaydir yo‘llar bilan voqeadan xabar topgan boshqa o‘lkalarning harbiy mashinalari
ham Gobi hududiga kirib kelmoqda edilar. Ular orasida «Qora akula» deb nom olgan, qanotlarida
ikkita «havo-havo» va oltita «havo-er» tipidagi raketalar osig‘liq mashhur «Mig» ham, «Kfir» ham,
«Tornado» va «Miraj» ham bor edi.
Qizig‘i shundaki, jangovar mashinalarning birontasida tanuv ishoratlari ko‘rinmas, fazo aloqasi
orqali faqatgina o‘z rahbariyati bilan aloqa qilar, boshqa har qanday chaqiruvlarga javob berishlari
taqiqlangan edi.
Bu uchar o‘lim mashinalarining mukammal qurilmalari havo hududida bir-birlarini allaqachon
ko‘rganlariga qaramay, go‘yo bexabarday uchib bormoqda edilar.
Ularning har biriga sahrodagi noma’lum kishini topish, iloji bo‘lsa tutib keltirish, iloji bo‘lmagan
taqdirda esa barcha qurollardan foydalangan holda tamomila yo‘q qilishga buyruq berilgan, noma’lum
kishining davlat xavfsizligiga tahdid qilayotgani, juda xavfli ekani aytilgan edi, shuningdek, uning
boshqa mamlakatlarning harbiy kuchlari qo‘liga o‘tib ketishining oldini olish, mabodo shunday
bo‘lgani taqdirda, noma’lum kishini qo‘lga kiritgan begona harbiy uchoqni ham tamomila yo‘q qilish
vazifasi yuklatilgan edi.
Gobi bo‘ylab shu mahal o‘ttizdan ortiq harbiy havo kemasi turli kengliklarda, bir-biridan turlicha
uzoqlikda va turlicha balandlikda uchib bormoqda, maxfiy aloqa kanallari orqali turli tillarda nur
tezligida ma’lumot almashilmoqda edi.
«Vahshiy» sahro hududiga kirib borgach, markaz bilan bog‘landi:
– Pharaoh, i am Mahes. («Fir’avn», men – «Maxes».)
– Mahes, i am Pharaoh. Report me about the situation! («Maxes», men – «Fir’avn». Vaziyatni ma’lum qiling)