Microsoft Word ishlab chiqarish xarajatlari doc


Ishlab chiqarish xarajatlari tushunchasi va uning tarkibi



Yüklə 0,57 Mb.
səhifə4/16
tarix30.12.2021
ölçüsü0,57 Mb.
#49323
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   16
ishlab chiqarish xarajatlari

2.1 Ishlab chiqarish xarajatlari tushunchasi va uning tarkibi

Ishlab chiqarish xarajatlari deganda tovar va xizmatlarni ishlab chiqarish va iste'molchilarga yetkazib berishga qilinadigan barcha sarflar tushuniladi. Ishlab chiqarish sarf-xarajatlari tarkibiga xom ashyo, asosiy va yordamchi materiallar, yonilg’i va energiya uchun qilingan xarajatlar, asosiy kapital amortizasiyasi, ish haqi va ijtimoiy sug’urtaga ajratmalari, foiz to’lovlari va boshqa xarajatlar kiradi. Ishlab chiqarishga qilingan barcha sarf- xarajatlarning puldagi ifodasi mahsulot tannarxini tashkil qiladi. Ishlab chiqarish xarajatlarini ikkiga bo’lib o’rganish mumkin:

-bevosita ishlab chiqarish xarajatlari

-muomala xarajatlari



(1-chizma). Tovar birligining qiymatida ishlab chiqarish xarajatlari faqat uning bir qismini tashkil qiladi. Ishlab chiqarish xarajatlari tovar qiymatidan foyda miqdoriga kam bo’ladi. Muomala xarajatlari tushunchasi tovarlarni sotish jarayoni bilan bog’liq bo’lib, shu tovarlarni ishlab chiharuvchidan olib, iste'molchiga yetkazilguncha ketadigan sarflarga aytiladi.

Ular ikki guruxga bo’linadi:

-qo’shimcha muomala xarajatlari

-sof muomala xarajatlari.

Tovarlarni o’rash, qadoqlash, saralash, transportga ortish, tashish va saqlash xarajatlari qo’shimcha muomala xarajatlari hisoblanadi. Muomala xarajatlarining bu turlari ishlab chiqarish xarajatlarining davomi hisoblanib, tovar qiymatiga kiradi va uning qiymatini oshiradi. Xarajatlar tovarlar sotilgandan keyin olingan pul tushumi summasidan qoplanadi.

1-chizma. Xarajatlarning namoyon bo’lish sohasiga ko’ra turkumlanishi.



Yüklə 0,57 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   16




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin