www.ziyouz.com kutubxonasi
23
namuna bor. Zero, payg‘ambarimiz ham: "Sinovning eng qattig‘i payg‘ambarlarga,
so‘ngra solihlarga, so‘ngra shularga o‘xshashlarga bo‘lur..." mazmunida hadis aytganlar.
Shundan ma’lum bo‘ladiki, bu dunyoda musibat yetish bilan bo‘ladigan sinov badbaxtlik
belgasi emas. Zero, bu foniy dunyo qilingan ishga yarasha mukofot olish o‘rni emas,
balkim imtihon va oxirat uchun zaxira to‘plash o‘rnidir.
AKROMIYLAR - islomdagi diniy-siyosiy guruh (oqim). 1997-1999 y.larda Farg‘ona
vodiysida paydo bo‘lgan. Guruh asoschisi -Akrom Yo‘ldoshev (1960 y.da Andijonda
tug‘ilgan). Guruh a’zolari, asosan, hunarmandlardan iborat bo‘lgan. Ular rasmiy
ishxonalardan bo‘shab, jamoa ma’qullagan mehnat faoliyati bilan shugullanganlar. Ular
mavjud tuzumni tan olmaydilar, davlat, qonun, ota-onaga emas, faqat oqim sardorlariga
bo‘ysunish lozim deb hisoblaydilar. A.asoschisi vahhobiylik ta’limotiga tayanib, 1992
y.da 12 darsdan iborat "Imonga yo‘l" deb nomlangan dastur ishlab chiqqan. Dasturda
oxirgi maqsad - islom davlatini barpo etishdan iborat ekani ta’kidlangan. A. siyosiy
hokimiyatga erishishning 5 bosqichini rejalashtirganlar: 1. "Sirli" yoki "maxfiy". 2.
Moddiy. 3. Ma’naviy. 4. "Uzviy maydon". 5. "To‘ntarish". Dasturda diniy taassubga
moyilligi bor shaxs tanlab olinishi, uning moddiy hayoti yaxshilanishi, ekstremizm,
terrorchilik ruhidagi adabiyotlar bilan tanishtirilishi, boshliqning topshiriqlarini so‘zsiz
bajarishi va nihoyat mavjud konstitutsiyaviy tuzumni ag‘darib tashlab, o‘z
hokimiyatlarini o‘rnatishi bayon etilgan. A. hozirgi kunda musulmonlarga namoz, ro‘za,
zakot, haj farz emas, chunki biz kufr davlatida yashamoqdamiz, deb hisoblaydilar. To
islom davlati qurilmaguncha, mazkur ibodatlarni bajarish shart emas deb qaraydilar.
O’zbekiston musulmonlari bu oqimni islomga yot oqim deb baholadi. Oqim xalqning
keskin qarshiligiga uchradi va faoliyati barham topdi.