Shuboradayanabirmisolgae’tibor beraylik. Yarashuv institutining joriy etilishi natijasida o‘tgan davr mobaynida 100 ming nafarga yaqin fuqaro jinoiy javobgarlikdan ozod etildi.
So‘nggi yillarda yurtimizda huquqni muhofaza qiluvchi organlar faoliyatida qonuniylikni ta’minlash borasida jiddiy ishlar amalga oshirildi. Birinchi navbatda, prokuratura faoliyatini isloh qilish, uni sobiq tuzum davrida bo‘lganidek partiyaviy elita qo‘lidagi jazolash quroli emas, balki qonunlarning qat’iy ijro etilishini, mamlakatimizda demokratik islohotlarning izchil rivojlanishini, inson huquq va erkinliklarining ishonchli himoya qilinishini ta’minlaydigan organga aylantirish bo‘yicha salmoqli ishlar qilindi.
Masalan, 2001 yilda yangi tahrirda qabul qilingan “Prokuratura to‘g‘risida”gi Qonunga muvofiq fuqarolar prokuror nazorati obyektlari qatoridan chiqarildi. Ayni paytda prokuraturaning inson huquq va
erkinliklari, uning qonuniy manfaatlariga rioya etilishini ta’minlash uchun mas’uliyati oshirildi.
Shuningdek, sud qarorlari ijrosini to‘xtatib turish huquqi