www.ziyouz.com
www.forum.ziyouz.com
Ziyo istagan qalblar uchun
Islomiy viktorina: Biz Islomni bilamizmi?
“Biz islomni bilamizmi?” viktorinasining 1-bosqichida berilgan
barcha savollar, yakuniy natijalar va g’oliblar haqida ma’lumot
1-tur javoblari
Mavzu: Payg'ambarimiz Muhammad SAVning nasablari, tug'ilishlari va bolaliklari
1. Payg'ambarimiz SAV qurbonlikdan omon qolgan ikki insoning o'g'lidirlar. Bu ikki
inson kimlar?
a) Abdulloh, Qusay
b) Abdulloh, Abdumanof
c) Abdulloh, Ismoil
Javob: Abdulloh, Ismoil.
Izoh: Ibrohim a.s. ko’rgan tushlarini Allohning vahiyi deb bilib o’z o’g’illari Ismoil a.s.ni Alloh
yo’lida qurbon qilishga otlanib, Ismoilni bo’g’ziga pichoq tortadilar, pichoq kesmaydi, shu payt
Jabroil a.s. Jannatdan bir qo’chqor olib chiqib Ibrohimga a.s: ”Ey,Ibrohim a.s. siz Allohning
sinovidan o’tdingiz. Endi siz mana bu qo’chqorni Alloh yo’lida qurbon qiling…” deydilar.
Abdulloh Rasululloh SAVning otalari. Bobolari Abdumutallib: ”Agar Alloh menga 10 ta o’g’il
bersa bittasini Alloh yo’lida qurbonlik qilaman”, degan qasamyodiga sodiq qolib, 10 o’g’li
ichidan kimni qurbonlik qilish tanlash maqsadida qur’a tashlanganida qur’a Abdullohga tushadi.
Abdumutallib Abdullohning bo’yniga pichoq tortaman deb turganida quraysh kattalari uni
qaytarib qolishadi. Unga bu qasamyodni boshqa yo’l bilan bajarishlikni maslahat berishadi.
Shunda Abdulmuttalib Alloh yo’lida 100 ta tuyani qurbon qilish evaziga Alloh taolo bu zotni
saqlab qolgan. (“Saodat asri qissalari”)