|
|
səhifə | 10/25 | tarix | 25.04.2023 | ölçüsü | 95,22 Kb. | | #102230 |
| Kalimaning uchinchi qismi Harflar haqida Mavlanov Bahodir pdf 1
وجهه بدر بل شمس
Uning yuzi oy, balki quyoshdir!
(عن) – an; 1) oʼtkizishlik maʼnosida ishlatiladi. Masalan:
Shahardan chiqdim.
2) badallik maʼnosida ishlatiladi. Masalan:
لا تجزى نفس عن نفس شيئا
Biror bir nafs boshqa nafsni biror narsada oʼrnini bosa olmaydi.
(فى) – fi; 1) oʼrin uchun keladi. Masalan:
فى البلد سيارات
Shaharda moshinalar bor.
birgalik maʼnosida ishlatiladi. Masalan:
إدخلوا فى أمم
Ummatlar bilan birga boʼling.
sabab maʼnosida ishlatiladi. Masalan:
دخلت امرأة النار فى هرة حبستها
Mushikni xibsda saqlagani uchun bir ayol doʼzaxga kirdi.
gohida على maʼnosida ham keladi. Masalan:
ولأصلبنكم فى جزوء النخل
Аlbatta sizlarni xurmo shohiga osaman.
(قد) – qod; 1) haqiqatlash uchun ishlatiladi. Masalan:
قد أفلح من زكاها
Oʼzini poklagan nafs batahqiq najot topdi.
taqlil (gohida) maʼnosida ishlatiladi. Masalan:
قد يجود البخيل
Baxil kishi baʼzan saxiylik qilishi mumkin.
paydo boʼlish maʼnosida ishlatiladi. Masalan:
قد يقدم المسافر الليلة
Ehtimol! Musofir tunda kelar.
(كى) – kay; faqat illat uchun keladi. Masalan:
اخلصوا النيات كى تنالوا أعلى الدراجات
Oliy darajalarga yetishligingiz uchun niyatlarni xolis qiling!
(ﻻ) – la; 1) qaytaruvchi. Masalan:
لا تقنطوا من رحمة الله
Аlloh taoloning rahmatidan noumid boʼlmang.
ziyoda boʼlib ham keladi. Masalan:
Dostları ilə paylaş: |
|
|