103
aniqrog’i, dispozitsiya anglangan, ongli xisoblanadi. Shu nukgai nazardan motiv
kengroq tushuncha
bo’lib, u shaxsdagi u yoki bu faollik usuliga nisbatan turgan moyillik, xozirlikni
tushungirib beruvchi sababni nazarda tutadi. Mashhur nemis olimi Kurt Levin
motivlar muammosi ayniqsa, shaxsdagi ijtimoiy hulq motivlari borasida katta,
keng kamrovli tadqiqotlar olib borib, shuni anikdadiki, har bir odam o’ziga xos
tarzda u yoki bu vaziyatni idrok kilish va
baholashga moyil bo’ladi. Bu baholar turlicha xarakterga ega.
Bundan tashqari, bir shaxsning o’zi ham o’zidagi holat, kayfiyatga qarab bir
xil vaziyatni alohida hollarda turlicha idrok qilishga moyil bo’larkan.
Shuning uchun xam odamning ayni paytdagi real harakatlarni o’sha ma’lum
sharoitdagi ichki va tashqi stimullarga uning bergan bahosi yoki reaktsiyasi
sifatida karamay, balki shunga uxshash xolatlarni idrok etishga ichki bir hozirlik
— dispozitsyaning mavjudligi bilan tushuntirish to’g’riroq bo’ladi. Shu ma’noda
shaxs faolligining motivatsiyasi turli sharoitlarda orttirilgan tajribaga tayangan,
ongli tahlillar, hattoki ijtimoiy tajriba me’yorlarining ta’sirida shakllanadigan
sabablar majmuasini o’z ichiga oladi.
Dostları ilə paylaş: