27
belgilangan qonun-qoidalar yoki amaldagi qonunlarni buzsa,
shuningdek
aholi hayotiga xavf-xatar keltiruvchi faoliyat bilan shug’ullansa, u holda
lisenziya bergan muassasa tadbirkorni lisenziyadan
foydalanish huquqidan
mahrum qilishga haqlidir.
Agar tadbirkorlik faoliyati tugatilsa yoki tadbirkor lisenziyadan foyda-
lanish huquqidan mahrum qilinsa, u holda lisenziya bergan muassasa lisenzi-
yani bekor qiladi.
3.3. Kichik biznes va xususiy tadbirkorlik korxonalari boshqaruvining
tashkiliy tuzilmalari va boshqarish usullari
Kichik biznes va xususiy tadbirkorlik korxonalari boshqaruvi tashkiliy
tuzilmalarining quyidagi turlari mavjud (3.3.1-rasm).
Kichik biznes va xususiy tadbirkorlik korxonalari
boshqaruv tuzilmalarining tashkiliy turlari
Chiziqli
pog’onali
Chiziqli-
shtabli
Funk-
sional
Chiziqli-
funksi-
onal
Dasturli
maqsadli
Matrisa-
li
3.3.1-rasm. Kichik biznes va xususiy tadbirkorlik korxonalari boshqaruvin-
ing tashkiliy tuzilmasi
Chiziqli (pog’onali) tuzilma
. Chiziqli (pog’onali) tarkib boshqaruv tar-
kibining eng sodda turi hisoblanadi. Bunda boshqaruvning hamma vazifalari
korxona rahbari qo’lida to’planib, barcha quyi rahbarlar va ishlab chiqarish
yacheykalari unga bo’ysunadi. Har bir rahbar o’ziga
ishonib topshirilgan
bo’linma faoliyatini yakkaboshchilik asosida boshqaradi va zarur qarorlarni
mustaqil ravishda qabul qiladi.
Bo’ysunuvchi xodimlar faqat bevosita rahbarlarining farmoyishlarini ba-
jaradilar. Yuqori turuvchi rahbar xodimlarga bevosita boshlig’ini «chetlab»
murojaat qilmasligi kerak. Masalan, korxona direktori sex boshlig’ini chetlab
masterga buyruq bermasligi kerak.
Dostları ilə paylaş: