5
Ishbilarmon, mardlik va shijoat sohibi, azmi
qatiy tadbirkor va hushyor bir kishi ming-minglab
tadbirsiz, loqayd kishilardam yaxshidir
Amir Temur.
KIRISh
O’zbekiston Respublikasi taraqqiyotini jahonning rivojlangan
mamlakatlari darajasiga olib chiqish uchun qo’yilgan talablarga
to’liq
javob beradigan bilimli, tajribali va sifatli kadrlar tayyorlash
masalasi mamlakatimiz oldida turgan eng dolzarb muommolardandir.
Bu muommoni o’z vaqtida samarali hal qilish uchun tayyorlanadigan
kadrlarni (talabalarni) birinchi navbatda o’quv - uslubiy adabiyotlar
bilan etarli darajada ta’minlash maqsadga muvofiqdir. Jumladan, yangi
pedagogik texnologiya usulini qo’llash asosida tayyorlangan ma’ruzalar
kursi ham o’z nazariy va amaliy yordamini beradi.
Ushbu ma’ruza kursi mamlakatimiz va xorijda bo’layotgan
iqtisodiy yangilik va taraqqiyotlarni hisobga
olgan holda tayyorlangan
bo’lib, talabalarga bilim berishda muhim ta’lim vositasi bo’lib hizmat
qiladi. Ma’ruza matnlari bilan talabalarni ta’minlash ularning bilimini
mustahkamlashda va fanni o’zlashtirish darajasini oshirishda muhim rol
o’ynaydi. Zaruriyatdan kelib chiqqan holda 5230900-Buxgalteriya
hisobi va audit (tarmoqlar bo’yicha) talim yo’nalishi bo’yicha
o’qiyotgan talabalar uchun hamda 5429100-Fermer xo’jaliklarini
boshqarish va yuritish, Qishloq xo’jalik
menejmenti, noiqtisodiyot
fakultetlari bakalavrlari, magistrlari, lisey, kollej o’quvchilari va
tadbirkorlik bilan shug’ullanuvchilar
ham foydalanishlari mumkin
bo’lgan “Kichik biznes va xususiy tadbirkorlik” fani bo’yicha
ma’ruzalar kursi tayyorlandi.
Kichik biznes va xususiy tadbirkorlik subektlarida mavjud
bo’lgan tabiiy, moddiy, mehnat va moliyaviy resurslardan samarali
foydalanish imkoniyatlarini aniqlashda va hayotga jalb etishda hamda
aholi bandligini ta’minlashda muhim ahamiyatga egadir. Uni bevosita
amalga oshirish uchun har bir mutaxassis
yahshi va puxta yegallab
olishi zarur. Shundagina u kelajakda o’z faoliyatida iqtisodiy samara
beradi. Shu talablar hisobga olinib, “Kichik biznes va xususiy
6
tadbirkorlik” fani institut ilmiy kengashining qarori bilan o’quv
jarayoniga talaba tanlovi tariqasida kiritilgan.Ushbu
fanga
tasdiqlangan o’quv rejada ma’ruza uchun 18 soat, amaliy mashg’ulot
uchun 20 soat, mustaqil ish uchun 22 soat, jami bo’lib 60 soat
miqdorida o’quv yuklama ko’zda tutilgan. O’quv jarayoniga bunday
yondashish talabalarning Kichik biznes va xususiy tadbirkorlik fanini
puxta o’rganishiga va nazariy-amaliy bilimini oshirishda yordam
beradi.