www.ziyouz.com кутубхонаси
137
o‘zini qiynamag‘ay. Mo‘minning maqsudi-toat, ibodat qilg‘uncha quvvat hosil
qilmoqdur, tana’um (nozu ne’matlar ichida yashash) va lazzat uchun ermas. Bas,
nong‘a ta’zim va ikrom qilmoq sunnatdurki, odamiy badani non birla barpo va
aning quvvati birla bajodur. Eng yaxshi ikromi uldurki, nonni yegisi kelganda
to‘xtatmagay. Balki odam och bo‘lsa, non hozir bo‘lsa, avval non yegay, andin keyin
namoz o‘qigay.
Yettinchi odob ulki, to yana bir kishi bo‘lmag‘uncha tanho taom yemak xo‘b emaski,
taomda harchand qo‘l ko‘p bo‘lsa barakat ziyoda bo‘lur.
Anas ibn Molik roziyallohu anhu ayturki: «Hazrati rasul alayhissalom taomni hargiz tanho
yemas edilar. Ammo taom yer vaqtda odob uldurki, avval «Bismilloh» degay va oxirida
«Alhamdulilloh» degay va xo‘brog‘i uldurki, avvalgi luqmada «Bismilloh» degay. Ikkinchi
luqmada «Bismillohir rahmon» degay. Uchinchi luqmada «Bismillohir rahmonir rahiym»
degay. Va baland ovoz birla aytgay, tokim o‘zgalarning xotirig‘a yetgay. Va o‘ng qo‘lida
yegay va yemakni tuz b i r l a b o s h l a g ‘ a y . V a t u z b i r l a t a m o m q i l g ‘ a y . Xabarda
kelibdurki, odam taom yemakni tuz birla boshlasa yomon fikrlarni ko‘nglidan chiqarur. Bas,
taomni toat va ibodatg‘a quvvat bo‘lmoq niyatida yegay. Bir luqmani og‘zig‘a solib, uzoq
chaynab bo‘lgandin keyin yana bir luqmaga qo‘l uzatg‘ay. Hech bir taomni ayb qilmag‘aykim,
rasul alayhissalom hech taomni ayb qilmas edilar. Agar xush kelsa, yer erdilar, va bo‘lmasa
qo‘llarini yig‘ar edilar. Va har kim taomni o‘z oldidin yegay, magar mevani tabaqning har
tarafidin yesa joizdur. Nonni avval bir chekkasidan yegay va non birla qo‘lini artmag‘ay.
Vaqtiki qo‘lidagi luqma yerga tushsa, pok qilib yegay. Xabarda kelibdurki, yerga tushgan
taomni shayton tasarruf qilg‘usidur. Va taom yegandin keyin barmoqlarini yalab, andin
keyin dastmolg‘a (sochiqqa) artg‘ay. To ul taomning barakati boqiy qolg‘ay. Va issig‘ taomni
puvlamagay. To sovuquncha sabr qilg‘ay. Vaqtiki, og‘zidan bir nima tashlamoqni xohish
qilsa, yuzini boshqa tarafga o‘girib tashlagay. Va yog‘liqtaomga sirka qo‘shib yemagay.
Tishlab pora qilg‘on luqmani og‘zidan tabaqga solmag‘ay, xaloyiqning tab’i nafrat qilur.
Va taom yer vaqtida odamlarningtab’i nafrat qilg‘udek so‘zlarni demagay. Vaqtiki, xurmo
va yo o‘rukdek meva yesa toq yegay, chunonchi yetti yo o‘n besh va yo yigirma bir, toki
hamma ishlarida Haq subhonahu va taologa munosabat paydo qilg‘aykim, Haq
subhonahu va taolo toq va yagonadur. Zikr aytmoq toq bo‘lmasa botil va behudadur. Bas,
toq, juftdin yaxshiroqdurkim, Haq taologa munosabati bordur.
Xurmo yo o‘rukka o‘xshash mevaning urug‘ini, danagini tabaqga solmag‘ay. Va taom
yeb o‘tirgan vaqtda ko‘p suv ichmagay. Ammo taom yeb bo‘lg‘ondan keyingi odoblar ulki,
juda to‘yib ketmasdan avvalroq taomdan qo‘l tortg‘ay. Barmoqlarini yalab pok qilg‘ay. Va
dasturxondan non rezalarini (mayda ushoqlarni) terib yegay.
Xabarda kelibdurkim, kishi non rezalarini terib yesa ayshi (yashashi) farog‘atda bo‘lur va
farzandi salomat, beayb bo‘lur va huri ayn (shaxlo ko‘zli) bo‘lur. Andin keyin tishlarini
toza qilg‘ay. Tili birla tishlari orasidan qolg‘onni tutg‘ay. Va tish kovlagich birla olg‘onni
tashlagay. Va kosani barmoq birla sirib yalag‘ay.
Xabarda kelibdur, kishikim, kosani yalab pok qilsa, kosa aytur: «Parvardigoro, bu
kishini otashi do‘zaxdan xalos qilg‘il, andog‘kim, meni devlar ilgidan xalos qildi». Va
kosani yuvg‘on suvini ichsa bir qulni ozod qilg‘onning savobi hosil bo‘lur. Va taom yeb
bo‘lg‘ondin keyin bu duoni:
«Alhamdullillohillazi ata’amano va saqano va kaffano va mavlono», «Qul huvallohu ahad»
va surai «Liylofi quraysh»ni o‘qig‘ay.
Va halol taom topsa shukr qilg‘ay. Va shubhaliq taomni g‘am va anduh birla yegay. Va
shubhaliq taomni g‘am va anduh birla yegan kishining holi g‘aflat va kulgu birla yegan
kishining holig‘a o‘xshash ermastur.
.Sakkizinchi odob ulki, qo‘lini yuvsa, ilgari o‘ng qo‘lining barmoqlari uchini yuvg‘ay.