www.ziyouz.com кутубхонаси
207
bo‘lib, o‘zimizni tutarmiz. Bas, kishi o‘zini tutolmasa, iloji boricha harakat va girya
qilmag‘ay. Shayx Junayd rahmatullohi alayhning suhbatida bir yigit o‘tirar edi, simo’ni
eshitib sayha tortti.
Junayd aytdiki, mundin keyin bu fe’lni qilsang, meni suhbatimg‘a yaramassen. Ul
yigit jahdi tamom birla bir kun o‘zini zabt qilib to‘xtatdi. Oxiri betoqat bo‘lib sayxa
tortgan edi, qorni yorilib vafot bo‘ldi. Sariy Saqatiy bu xabarni eshitib, ul yigit qolig‘a
achinib, Junaydni qarg‘adi.
Ammo kishi o‘zida holatni paydo qilib raqsi simo’ aylab, takalluf birla yig‘lamog‘i
ravodurki, raqs muboxdur. Chunonchi zanjilar masjidda raqs qildilar, rasul alayhissalom
Oysha roziyallohu ang‘og‘a raqsni ko‘rsatdilar. Rasul alayhissalom hazrati Ali
karramallohu vajhahiga aytdilarki, yo Ali, sen mendan va men sendan. Ali roziyallohu
anhu bu iltifot shodlig‘idin raqsga borib, ayog‘larini nechand yerga urdilar. Chunonchi
arablar odatidurki, nashot xursandchilik vaqtida bu tariqa shodlik qilurlar.
Yana rasul alayhissalom imom Ja’far Tayyor roziyallohu anhug‘a aytdilarki, chiroylik ro‘y
va yaxshi xo‘yda menga o‘xsharsen. Ular ham kamoli shodlikdan raqs qildilar. Zayd ibn
Xoris roziyallohu anhuta aytdilarki: «Sen meni birodarimsan». Ular ham ayni shodliqdan
raqs qildilar. Bas, kishi raqs va simo’ni harom debdur, xato qilibdur. Balki muni g‘oyati
va nihoyati uchun boziy (san’at) martabasiga yetarki, boziy ham harom emas. Ammo
egin yirtmoq durust emaski, molni zoye’ (isrof) qilg‘on bo‘lur. Ammo bilmay beixtiyor
bo‘lsa ravodur.
FASL Simo’ning shartlari Bilgilki, simo’da uch ishni rioya qilg‘ay. Albatta zamon va makon va ixvon
(birodarlar, do‘stlar)ni topg‘ay. Vaqtiki bir fikrg‘a mashg‘ul va u namoz vaqti bo‘lsa
yo taom yeyish vaqti bo‘lsa va yo ko‘ngil parokanda mahal bo‘lsa, bu vaqtlarda simo’
befoydadur. Ammo makon yo‘l ustida bo‘lsa va yo qorong‘u, noxush joy bo‘lsa va yo
zolimning uyi bo‘lsa, vaqt va ko‘ngil parishon bo‘lurki, simo’ning foydasi bo‘lmas.
Ammo ixvon, ya’ni tolibi sodiq va yori muvofiq bo‘lg‘ay va agar munkir (inkor
etuvchi) va axli takalluf va axli g‘aflat va xotinlar nazargohi bor yerda simo’ qilmoq
befoydadur.
Shayx Junayd rahmatulloh alayh aytibdurlar «Simo’da zamon va makon va
ixvon shartdur. Ammo yosh er va xotinlar bor yerda simo’ qilmoq haromdurki, fisq
va fasodga bois bo‘lur. Bas, ba’zi toifalar simo’ga ahldur, simo’ majlisida
hammalari adab birla boshlarini tuban solib o‘tirgaylar. Bir-birig‘a qaramag‘ay
va so‘zlashmag‘ay. Bosh va qo‘lini tebratmagay. Hosil kalom takalluf birla (zo‘rma-
zo‘rakayiga) harakat qilmagay. Balki namozda tashahudda o‘tirgandek o‘tirib, dilini
Haq taolo dargohig‘a mutavajjix aylab fayzi ilohiyg‘a muntazir o‘tirgay. Agar
nimarsaga vajdi hol g‘olib bo‘lib, simo’ga tursa anga muvofaqat qilg‘ay
(qo‘shilg‘ay). Chunonchi, birining dastori (sallasi) tushsa, hammalari dastorlarini olib
qo‘yg‘aylar. Aslida bu ishlar qisman bid’atdur. Va lekin saxoba va tobe’in
rizvonallohi taolo alayhim ajma’indan naql qilibdur. Bas, butunlay bid’at va yomon
emas. Ba’zisi hasana va ba’zisi sayyiadur.
Hazrati Imom Shofe’iy rahmatullohi alayh aytur: «Tarovix namozini jamoat birla
o‘qimoq hazrati Umar roziyalloxu anhuning yo‘llari-tarbiyalaridur. Bu jihatdan bid’ati
hasana debdur. Bas, bid’ati sayyia uldurki, sunnatg‘a muxolif bo‘lg‘ay. Ammo xushfe’llik
birla xalqning ko‘nglini xush qilmoq shariatda mahmuddur (maqtalgan, yaxshi) Va xar
qavmning o‘z odati bordur. Ul odatg‘a muxolif bo‘lmoq badfe’llik alomatidir.