Microsoft Word kimyoi saodat ziyouz com doc


FASL  Muhtasib odobi bayonida



Yüklə 1,55 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə218/239
tarix26.03.2023
ölçüsü1,55 Mb.
#90079
1   ...   214   215   216   217   218   219   220   221   ...   239
Imom G\'azzoliy. Kimyoi saodat

FASL 
Muhtasib odobi bayonida 
Bilgilki, muhtasibda uch xislat mavjud bo‘lg‘ay. Olim, parhezkor, xushfe’l bo‘lg‘ay, agar 
olim bo‘lmasa, nahiy munkar va amri-ma’rufni farq qilolmas. Agar parhezkor bo‘lmasa, 
riyo birla ish qilur. Agar xushfe’l bo‘lmasa, xalkdan ozor yetsa, g‘azabi kelur. Ihtisob 
qilsa o‘z nafsi uchun qilg‘on bo‘lur. Xudo uchun qilg‘on bo‘lmas. Xazrat Ali aytib erdilar: 
jangda bir kofirni yiqitib siynasiga minib o‘tirdilar, toki xanjar birla urib o‘ldirgaylar. Bu 
asnoda ul kofir muborak yuzlarig‘a tupurdi ersa, ul kofirni qo‘yib yubordilar. 
Aytdilarki, agar o‘ldirsam Xudo uchun o‘ldirgan bo‘lmasman. 
Hazrati Umar roziyalloxu anhu bir fosiqni darra birla urdilar. Yana birini urguncha 
u hazrati Umarni so‘kish qildi. Urmay to‘xtadilar. Rasul alayhissalomdin so‘radilarki: 
«Amri ma’ruf va nahiy munkarni o‘zimiz bajo kelturmaguncha kishig‘a aytmoq 
ravomudur?» Rasul alayhissalom aytdilarkim, agarchi hammasini bajo 
keltirolmasanglar ham, ihtisob qilmoq va nasihat 
bermakni to‘xtatmanglar. Muhtasiblik odoblaridin biri buki sabrliq bo‘lg‘ay 
va xalqdan yetgan ranj va ozorni ko‘targay. Xudoi azza va jalla x a b a r b e r u r :


Kimyoi saodat. Abu Homid G’azzoliy 
www.ziyouz.com кутубхонаси 
212
«Luqmon» surasi, 17-oyatida kelibdurki: «Ey, Muhammad, amri ma’ruf va nahiy 
munkar qilg‘il. Va xalqdin yetgan ranj va alamga sabr qilg‘il. Va yana odobi muhimlardin biri 
buki, haloyiqni yomon ishdan man’ qilg‘ay. Tama’ni yo‘q qilg‘ayki, tama’ birla ihtisob 
to‘g‘ri kelmas. Mashoyixlardan birlari muhtasib erdi. Mushukka bermoq uchun bir 
qassobdan goh-goh bez olur erdi. Ko‘rdiki, ul qassob nomashru’ ishg‘a mashg‘uldur. Avval 
uyiga bordi, mushukni quvlab chiqardi. Qaytib borib, qassobg‘a ihtisob qilmoqg‘a 
mashg‘ul bo‘ldi. Qassob aytdiki, «Ey, shayx, mushukka bez kerak bo‘lmasmu?» Muhtasib 
aytdi: «Mushukni men quvlab chiqardim, andin senga ihtisob bergali keldim». 
Ihtisobning asli ulkim, muhtasib osiyni gunoh qilmog‘idin g‘am yegay. Keyin shafqat 
ko‘zi birla qarag‘ay. Go‘yoki xuddi o‘zining farzandini gunoxdin man’ qilganga o‘xshab, 
yumshog‘liq birla man’ qilg‘ay. 
Bir yigit rasul alayhissalomning huzurlariga keldi, aytdiki: «Yo rasululloh, menga 
zino qilmoqg‘a dastur bering». Sahobalar bayakbora ihtisob bermakka turdilar. Rasul 
alayhissalom «Qo‘linglarni yig‘inglar», deb aytdilar. Ul yigitni chaqirib yoniga 
o‘tqizdilar. Aytdilar: «Ey juvonmard, ravo ko‘rurmusen bir kishi onang birla zino 
qilg‘ay?» Yigit aytdi: «Ravo ko‘rmasmen». Aytdilarkim, xalq ham onasi birla yana 
birovni zino qilmog‘ini ravo ko‘rmaslar. Yana aytdilarki: «Qizing birla yana birovning bu 
ishni qilmog‘ini ravo ko‘rarmusan?» Yigit aytdi: «Ravo ko‘rmasman». Alhosil, 
ammasini va xolasini otini bir-bir tutib, bu savolni qildilar. Ul yigit ravo ko‘rmasman 
dedi. 
Rasul alayhissalom aytdilarki, hech bir musulmon bu ishni ravo ko‘rmas. Andin keyin 
muborak qo‘llarini ul yigitni yuragig‘a qo‘yib aytdilarkim «Ey bor Xudoyo, muning ko‘nglini 
pok qilg‘il va olatini gunohdan saqlag‘il va gunohini mag‘firat qilg‘il». Bas, ul yigit 
qaytib ketdi. Shundan keyin u dilida zinodan yomonroq ish bo‘lmasligini 
anglab yetdi. 

Yüklə 1,55 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   214   215   216   217   218   219   220   221   ...   239




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin