Microsoft Word kimyoi saodat ziyouz com doc



Yüklə 1,55 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə142/239
tarix26.03.2023
ölçüsü1,55 Mb.
#90079
1   ...   138   139   140   141   142   143   144   145   ...   239
Imom G\'azzoliy. Kimyoi saodat

www.ziyouz.com кутубхонаси 
138
Qo‘lini yuvgandan keyin og‘zini chayqagay. Barmoqlari bilan tamog‘ini va 
tishlariningtubini ishqab yuvg‘ay. Vaqtiki chilobchada yuvsa, og‘zining suvini ohista 
to‘kg‘ay. Toki yonidagi o‘lturg‘on kishiga sachramagay. 
Va majlisda ulug‘ kishilar bo‘lsa, ulug‘ kishilardan boshlab qo‘l yuvdirg‘ay. O’ng tarafdan 
boshlab yuvdurub borgay. Va hamma odamlar yuvg‘on suvni chilobchinda jam’ qilg‘ay va 
xar kishi yuvgon suvni alohida to‘kmagaykim, ajam xalqining odatidur. Agar hamma xalq 
jam’ bo‘lib, yakbora yuvsalar yaxshiroq va tavozu’g‘a yaqinroqdur. Qo‘lg‘a suv quyib 
beradurg‘on kishining yonida turub yuvmog‘i yaxshidur. 
Xullas kalom, bu odoblar axbor va osor mazmuni birla sihhatg‘a yetibdur. Bas, odamiy 
va hayvonot orasidagi farq ushbu odob birladurki, hayvonot nafsning taqozosiga ko‘ra 
yemakg‘a mashg‘ul bo‘lur. Yaxshi va yomonning farqini bilmaski, anga imtiyoz 
bermabdurlar. Bas, odamiyga aql va imtiyoz beribdurlar. Vaqtiki, bu odoblarni bajo 
keltirmasa, aql va tamiz qaqini bajo keltirmasa, kufroni ne’mat qilgan bo‘lur. 
Suv ichmakning odobi va tariqi. Ko‘zani o‘ng qo‘lida tutg‘ay. «Bismilloh» deb ichgay. O’ra 
(tikka) turib ichmagay va yotib ichmag‘ay va ko‘zani ichiga yaxshilab qaragay, toki biron bir 
yot narsa tushib qOltan bo‘lmasin. Agar bir navbat ichmak birla qonmasa, uch navbat ichgay 
va har navbatda «Bismilloh» degay va suv ichib bo‘lg‘onda «Alhamdulilloh» degay va suv 
ichib tashnalik daf’ bo‘lsa, bu duoni o‘qig‘ay: 
Alqamdulillohillazi ja’ala al-mo’ firotan birahmatika va lam yahbala milhan ajojan 
bi zunubino. 
Duoning ma’nosi ulki, siposu sitoyish xosdur ul Xudogakim, suvni o‘zining lutfi va 
marhamati bilan totlig‘ va pokiza qildi. Suvni tuzlik va sho‘r qilmadi, bizlarni gunoxlarimiz 
ko‘p bo‘lsa ham. 
Kishi birla taom yemak odoblari. Yuqorida mazkur bo‘lg‘on odoblar, faqat taom yemak 
borasida erdi. Vaqtiki yana bir kishi birla taom yesa, avval bu odobga rioya qilg‘ayki, ilm 
va fazilatda va yo zuhdu vara’da (pokizalikda) va yo o‘zga jihatlardan o‘zidan fozil va 
muqaddam kishi taomga qo‘l uzatmag‘uncha, qo‘l uzatmagay. 
Ikkinchi odob - xomush va suq (taomga tikilib) o‘ltirmag‘aykim, ajam xalqining 
odatidur. 
Yaxshi so‘zlarni va porsolar hikoyati va hikmatli so‘zlarini degay va behuda so‘zlarni 
demagay. 
Uchinchi odob - vaqtiki taom ikki kishining orasida bo‘lsa, hech holda hamrohidan ziyoda 
yemagayki, haromdur. Balki rafiqiga havola qilg‘ay. Agar rafiqi ohista yesa, tez yedirmak 
uchun qistamagaykim, ikki uch daf’adin ziyoda oling deb takalluf qilmag‘ay. Har vajhida 
rafiqining shod va xushlug‘i birla taom yegay.
To‘rtinchi odob - rafiqiga ko‘p takallif qilmog‘ga hojat qo‘ymag‘ay, barobar yegay va 
odatidan kam yemagayki, riyo bo‘lur. Va lekin yolg‘izliqda odob birla taom yemakni odat 
qilg‘ay. Andog‘ki, xalq orasida ham tarki adab qilmagay. Agar ko‘p yemokdan sohibi xona 
xush bo‘lsa, sal ko‘proq yesa bo‘ladi. Ibn Muborak rahmatullohi alayh darveshlarni mehmon 
qilur edi. Va aytur ediki, har kishi ziyoda yesa, har dona xurmoga bir dirham kumush tanga 
berurmen. Ersa yeb bo‘lg‘ondin keyin xurmo danaklarini sanar edi. Ziyoda yeganlarga har 
donaga bir dirham berur edi. 
Beshinchi odob ulki, taom tutgan kishining luqmasiga ko‘z solmag‘ay va o‘z oldidan olib 
yegay. 
Oltinchi odob ulqi, odamlarni tab’iga yoqmaydigan va nafrat yetkudek ishni qilmag‘ay. 
Qo‘lini tabaqga silkitmagay. Va og‘zini tabaqni uzasida (lagan tepasida) tutmag‘ay. 


Kimyoi saodat. Abu Homid G’azzoliy 

Yüklə 1,55 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   138   139   140   141   142   143   144   145   ...   239




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin