Microsoft Word kimyoi saodat ziyouz com doc



Yüklə 1,55 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə21/239
tarix26.03.2023
ölçüsü1,55 Mb.
#90079
1   ...   17   18   19   20   21   22   23   24   ...   239
Imom G\'azzoliy. Kimyoi saodat

www.ziyouz.com кутубхонаси 
22
badan mamlakati vayron bo‘lib, podshoh Dil ham asir bo‘lib, badbaxt va halok bo‘lg‘usidur. 
Na’uzu billohi min zolika (Bunday ahvoldan Xudo asrasin). 
FASL 
Havos hissiyotlar bayonida 
Vaqtiki, mazkur bo‘lgan so‘zlardin bildingkim, g‘azab va shahvatni yemak va ichmak 
va badanni saqlamoq uchun xalq qilibdur. Bas, g‘azab va shahvat badanning 
xizmatkoridurlar. Taom va suv badanning rizqidur. 
Va badanni besh hissiyotni ko‘tarmoq uchun yaratibdur. Bas, badan hislarning 
xizmatkoridur. Va havosni vazir Aqlga xizmatda bo‘lmoq uchun xalq qilibdur. Toki Aql 
hissiyotlar vositasi birla Haq taoloning ajoyib-g‘aroyib qudratlarini bilg‘ay. Havos aqlning 
xizmatkoridur. Va aqlni Dil uchun xalq qilibdurlarkim, aql dilning shamchirog‘idur. Toki dil 
ul sham’ nuri birla hazrati parvardigori olam jamolini mushohada qilg‘aykim, ul jamoli 
bokamol podshoh Dilning bihishtidur. Bas, aql dilning xizmatkoridur. 
Va dilni hazrati Haq subhonahu va taoloning jamoli bokamolin mushohada qilmoq uchun 
xalq qilibdur. Vaqtiki, dil ul jamoli bokamol nazzorasiga mashg‘ul bo‘lsa, Haq taoloning 
xizmatkori va bandasi ekanligiga shoyista bo‘lg‘onidur. Chunonchi Haq taolo aytibdur: 
Va mo xalaqtu-l-jinna va-l-insa illa li-ya’buduni. 
Oyatning tafsiri: Men jinlar, parilar va odamlarni menga ibodat qilmoq uchun xalq qildim. 
(Va-z-Zoriyot, 56). 
Va bu mamlakat va lashkarni Dilga topshiribdurlar. Va badan markabini anga beribdur. Toki bu 
markab va lashkarlar madadi birla inson olami xokiydan a’loi uliyyinga safar qilg‘ay. 
Va agar bu ne’mati haqni ado qilmoq va bandalik shartini bajo keltirmoq xohish qilsa 
bo‘lg‘ayki, Dil podshohvor mamlakat boshida o‘ltirg‘ay. Haq taolo jamolini qiblai maqsad 
qilg‘ay. Va oxiratni vatan qarorgohi va badanni markabi roh va dunyoni langar o‘rnida bilg‘ay. 
Va aqlni vazir; qo‘l, oyoq va o‘zga a’zoni xizmatkor va shahvatni aqlning poymoli qilg‘ay. Va 
g‘azabni, tun podshohi va havaslarni xizmatga shaylab, bulardin har birini bir ishga muakkil 
qilg‘ay. 
Va quvvati xayolki, dimog‘ning avval tabaqasidandur, ani xazinador qilg‘ay. Toki 
xabarlar ruq’alarini (xatlarni) xayol sohibi tadbir qilib, o‘z vaqtida voqif bo‘lib, royi savob 
birla mamlakat ishini saranjom aylab, podshoh Dilning safari asbobini muhayyo 
qilg‘ay. 
Vaqtiki, bu lashkarlardin biri, chunonchi shahvat va g‘azab va bundin o‘zgasi ham podshoh 
Dilga tog‘iy va yog‘iy (isyonkor va dushman) bo‘lib podshoh Dilga itoatdan yuz o‘girib, rohzanlik 
(qaroqchilik) qasdini qilsa, vazir Aqlga lozimdurki, bularni tadbirin aylab, jihod va g‘azotga 
mashg‘ul bo‘lg‘ay, bularni salohga kelturgay. Va o‘ldirmag‘aykim, bularsiz mamlakat ishi rost 
kelmas. Balki tadbir qilg‘ayki, bularni toat va ibodat martabasiga yetkuzgay, toki ul safarki, 
oldinda bordir, podshoh Dilg‘a yor va o‘rtoq bo‘lg‘aylar, na hasm va rohzan (dushman va 
qaroqchi) bo‘lmas. 
Vaqtiki, bu tariqada bo‘lsa, nekbaxt va saodatmandlik nishonasi va ne’mat haqqin ado 
qilg‘onidur. Va bu xizmatlar mukofotini o‘z vaqtida topqusidur. Agar bu mazkur bo‘lgan 
tariqaning xilofida bo‘lub, ul tog‘iy va yog‘iy bo‘lg‘on dushman va rohzanlar muvofaqatda 
bo‘lsa, kofiri ne’mat bo‘lib, shakiy va badbaxt bo‘lg‘usidur. Va aning jazo va uqubatlarini 
ko‘rgay. Vallohu a’lam. 


Kimyoi saodat. Abu Homid G’azzoliy 

Yüklə 1,55 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   17   18   19   20   21   22   23   24   ...   239




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin