Microsoft Word kimyoi saodat ziyouz com doc



Yüklə 1,55 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə217/239
tarix26.03.2023
ölçüsü1,55 Mb.
#90079
1   ...   213   214   215   216   217   218   219   220   ...   239
Imom G\'azzoliy. Kimyoi saodat

www.ziyouz.com кутубхонаси 
211
ruku’ va sujudni tamom qilolmasa va yo etigida najosat bo‘lsa, bas, anga adab o‘rgatgay. 
Ozor yetkurmagayki, musulmonlarg‘a ozor bermoq haromdur. 
Uchinchi daraja - yumshog‘likbirla nasihat qilmoq. «Ey, birodar. Haq taoloning g‘azabidin 
qo‘rqmoq kerak», degay., Masalan, bir kishi ikkinchi bir kishini g‘iybat qilsa, aytg‘aykim, 
g‘iybat haromdur. Hech banda g‘iybatdin xoli bo‘lmas. Har kishi o‘z holi salohiga (o‘z ahvolini 
tuzatishga) mashg‘ul bo‘lmog‘i yaxshiroqdur. Bu tariqa so‘zlar birla man’ qilg‘ay. 
To‘rtinchi daraja - dag‘al so‘z birla ihtisob bermoq, munda ikki adab bordur. Birinchi 
adab - modomiki latif va muloyim so‘z kifoyat qilsa, qo‘pol, dag‘al so‘z lozim emas. 
Ikkinchi adab - qo‘pol so‘zlamakda fahsh va nosazo (noloyiq, nomunosib) so‘z 
aytmag‘ay. Va rost so‘zlagay. Chunonchi: fosiq va axmoq va johil degay. Gunoh qilguvchi 
axmeqtsur. Rasul alayhissalom aytibdurlar: «Ziyrak uldurki, o‘zini qilgan ishlarining 
hisobini o‘zi olg‘ay. Va o‘lim g‘amini yegay. Axmoq uldurki. havoyi nafsi orqasida o‘lgay va 
o‘zig‘a firib bergay va savobni umid tutg‘ay». 
Beshinchi daraja - qo‘l birla ta’zir qilmoqdurki, munda ham ikki adab bordur. Avvalgi 
adab ulki, ipak kiyim kiygan bo‘lsa yechdirgay. Bir kishi birovning uy-joyini nohaq g‘azab 
birla egallab Oltan bo‘lsa, uni haydab chiqargay. Chag‘iri bo‘lsa to‘kg‘ay. Agar junub bo‘lib, 
g‘usl qilmasdan masjidga kirgan bo‘lsa, haydab chiqargay. 
Ikkinchi adab - agar muloyimat birla bu ishdan ojiz kelsa, qo‘lidan tutib tortg‘ay va saqolini 
tutmag‘ay va kiyimini yirtmag‘ay. 
Oltinchi daraja - qo‘rqitmoqdur. Chunonchi, aytg‘ayki, agar bu gunoxdan qaytmasang, 
boshingni yorurman va yo uyingni vayron qilurman va ahli ayoling‘a ozor yetkazurmen, 
lekin yolg‘on aytmagay. Masalan, dorga osurman va o‘ldiraman demagay. Ammo siyosatni 
mubolag‘a birla qilg‘ay. 
Yettinchi daraja - urmoqdur. Qo‘l va oyoq va tayoq birlaki, zarurat bo‘lganda 
urmoq ravodur. Tokim qo‘l birla urmoq kifoyat qilsa, tayoq birla urmagay. Va 
yuzig‘a urmag‘ay va o‘lim xatari bor yeriga urmagay. 
Sakkizinchi daraja ulki, muhtasib tanho bo‘lmag‘ay. Ko‘pchilikni o‘zig‘a hamroh 
qilg‘ay va fosiq kishilarga haybat birla ko‘ringay. Bu ishga podshoxdan dastur 
(qo‘llanma) olg‘ay. Toki fasoddan emin bo‘lg‘ay. Ba’zi din ulamolari aytibdurlarki, 
podshohdin bedastur birla jang qilmoq ravodur.Chunonchi kofirlar birla jang qilmoq 
joiz erdi va agar muxtasib o‘lsa shahid bo‘lur. 

Yüklə 1,55 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   213   214   215   216   217   218   219   220   ...   239




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin