Korporativ boshqaruv kodeksi
I. UMUMIY QOIDАLАR
1. Mazkur Korporativ boshqaruv kodeksi (keyingi matnlarda Kodeks
deb yuritiladi) aktsiyadorlik jamiyatlari oʼzining haqqoniy va ochiq biznes
yuritish tarafdori ekanligini namoyon qilgan holda ixtiyoriy ravishda amal
qiluvchi tavsiyalardan iborat.
2. Kodeks Oʼzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari va korporativ
boshqaruvning xalqaro tamoyillariga asoslangan.
3. Mazkur Kodeks maqsadlarida korporativ boshqaruv deganda,
aktsiyadorlik jamiyati faoliyatini samarali tashkil etish, ishlab chiqarish
quvvatlarini modernizatsiya qilish, texnik va texnologik qayta jihozlash,
raqobatdosh mahsulot ishlab chiqarish va uni tashqi bozorga eksport qilish
maqsadida aktsiyadorlik jamiyatlari (keyingi matnlarda АJ deb yuritiladi)
ijroiya organi, kuzatuv kengashi, aktsiyadorlar, mehnat jamoasi vakillari va
boshqa manfaatdor tomonlar, shu jumladan, kreditorlar oʼrtasida mazkur
shaxslar manfaati uygʼunligiga erishish tizimi tushuniladi.
4. Kodeks АJ boshqaruv organlari ishini samarali tashkil etishning
muhim yoʼnalishlari boʼyicha tavsiyalar majmuasidan iborat.
5. Kodeks hisobdorlik, ochiqlik, haqqoniylik, yuksak axloqiy tamoyillarga
rioya etishni oʼz ichiga oluvchi hamda АJni uzoq muddatli istiqbolda barqaror
rivojlantirishni taʼminlashga yoʼnaltirilgan tegishli boshqaruvning asosiy
printsiplari asosida ishlab chiqilgan.
6. Kodeks tavsiyalariga rioya etish majburiyatini olish toʼgʼrisidagi qaror
aktsiyadorlarning umumiy yigʼilishi tomonidan oddiy koʼpchilik ovoz bilan
qabul qilinadi.
7. АJ Kodeks tavsiyalarini joriy etish yuzasidan oʼzining tarmoq
xususiyati hamda faoliyatining oʼziga xosligini hisobga olgan holda ichki
korporativ xatti-harakatlarni amalga oshirishi mumkin.
8. Kodeks tavsiyalariga rioya qilish majburiyatini olish va unga rioya
etish toʼgʼrisidagi axborotni eʼlon qilish ommaviy axborot vositalari, shu
jumladan, АJning internet tarmogʼidagi korporativ veb-sayti (keyingi matnlarda
АJ sayti deb yuritiladi) va fond birjasi saytida, shuningdek, qonun hujjatlarida
axborotlarni oshkor qilish nazarda tutilgan boshqa manbalarda amalga
oshiriladi.
9. Kodeks tavsiyalarini joriy etishga tayyorgarlik koʼrish, uni joriy etish
va monitoring qilishdagi harakatlar ketma-ketligi 1-ilovada keltirilgan.
10. АJ Kodeks tavsiyalariga rioya etish majburiyatini olishi toʼgʼrisidagi
axborotni 2-ilovada keltirilgan shaklga muvofiq xabarni eʼlon qilish yoʼli bilan
oshkor etadi.
11. Kodeksning muayyan tavsiyalariga rioya etish imkoni mavjud
boʼlmaganda, АJ“comply or explain” (rioya qil yoki tushuntir) xalqaro
tamoyiliga rioya qilgan holda uning sabablarini toʼliq oshkor etadi.
II. FАOLIYАT OChIQLIGINI TА’MINLАSH
12. Faoliyat ochiqligini taʼminlash maqsadida АJ:
axborotlarni maxfiy axborotlar, tijorat sirlari va aktsiyalar narxining
oʼzgarishiga taʼsir etishi mumkin boʼlgan boshqa maʼlumotlar toifasiga
kiritishning aniq mezonlarini belgilaydi;
oshkor etilishi shart boʼlgan axborotlarning АJ sayti va qonun
hujjatlarida nazarda tutilgan boshqa manbalarda ingliz, rus va aktsiyador
hamda boshqa manfaatdor tomonlarga, shu jumladan, xorijiy investorlarga
qulay boʼlgan boshqa tillarga tarjimasi bilan birgalikda eʼlon qilinishini
taʼminlaydi;
aktsiyadorlarning umumiy yigʼilishida ijroiya organining mukofot va
kompensatsiyalari miqdorini oshkor etadi;
АJ saytida ijroiya organi va uning faoliyati samaradorligi bahosi,
aktsiyadorlik kapitali tarkibi (20 foizdan ziyod aktsiyaga ega aktsiyadorlari)
toʼgʼrisidagi maʼlumotlarni eʼlon qiladi;
taqsimlashga taklif etilayotgan sof foyda, dividendlar miqdorining
asoslanishi, ularning АJ dividend siyosatiga muvofiqligining baholanishi,
shuningdek, zarurat tugʼilganda sof foydaning muayyan qismini АJni
rivojlantirish ehtiyojlariga yoʼnaltirishning tushuntirilishi va iqtisodiy
asoslanishini eʼlon qiladi;
aktsiyadorlar talabiga koʼra imkon qadar qisqa muddat ichida
aktsiyadorlar va investorlarga zarur boʼlgan muayyan (maxfiy va tijorat siri
boʼlgan axborotlardan tashqari) axborotlarni taqdim etadi.
13. Oʼz faoliyatining ochiqligini taʼminlash maqsadida АJ kuzatuv
kengashi oʼz ichiga quyidagilarni olgan “Аxborot siyosati toʼgʼrisida nizom”ni
tasdiqlaydi:
АJ tomonidan ochiq axborotlarni oshkor qilish maqsad va printsiplari;
saytda oshkor etilishi shart boʼlgan axborotlar roʼyxati, ularni oshkor
etish muddati, tartibi va shakli, shu jumladan, ular oshkor etiladigan axborot
kanallari;
АJ toʼgʼrisidagi oshkor etilishi shart boʼlgan axborotlarni eʼlon qilish
boʼyicha ijroiya organining majburiyatlari;
boshqaruv organi aʼzolari, mansabdor shaxslar, АJ ishchilarining
aktsiyadorlar va investorlar, boshqa manfaatdor shaxslar, shuningdek,
ommaviy axborot vositalari vakillari bilan axborot almashinuv tartibi;
АJning axborot siyosatiga amal qilishini nazorat qilish boʼyicha chora-
tadbirlar.
14. “Аxborot siyosati toʼgʼrisida nizom” АJ boshqaruv va nazorat
organlari hamda xodimlari tomonidan rioya etilishi majburiy boʼlgan hujjat
hisoblanadi.
III. SАMАRАLI IChKI NАZORАT MEXАNIZMLАRINI JORIY QILISH
15. Samarali ichki nazorat mexanizmlarini joriy qilish maqsadida АJ:
kuzatuv kengashi toʼgʼrisidagi nizomda uning tarkibiga mustaqil
aʼzolarni kiritish talablarini aks ettiradi;
kuzatuv kengashiga homiylik (xayriya) yoki begʼaraz yordam koʼrsatish
(olish) tartibi va shartlarini belgilash hamda bu borada qaror qabul qilish
huquqini faqat aktsiyadorlarning umumiy yigʼilishi va qonun hujjatlarida
belgilangan doirada, bu haqda barcha aktsiyadorlar uchun maʼlumotlarni
oshkor etgan tarzda beradi;
aktsiyadorlar umumiy yigʼilishi qaroriga asosan, har yili mustaqil
professional tashkilotlar — maslahatchilarni jalb qilgan holda biznes-
jarayonlar va loyihalarning АJ rivojlanish maqsadlariga muvofiqligi yuzasidan
tahlil oʼtkazadi;
АJ samarali ichki nazorat tizimini joriy qilishning asosiy maqsadini
barcha aktsiyadorlar, shu jumladan, minoritar aktsiyadorlarning huquq va
qonuniy manfaatlarini taʼminlashni belgilaydi;
ijroiya organining affillangan shaxslar bilan va yirik bitimlarni mustaqil
amalga oshirishi uchun АJning joriy xoʼjalik faoliyati bilan bogʼliq bitimlarni
aniqlash masalasini aktsiyadorlarning umumiy yigʼilishida muhokama
qilinishini taʼminlaydi;
АJning ichki audit xizmatiga ichki nazoratni, shu jumladan, 50 foizdan
ziyod ulushi АJga tegishli boʼlgan yuridik shaxslar bilan oʼtkazilgan
operatsiyalar ustidan nazoratni amalga oshirish vakolatini beradi;
АJ tarkibiga kiruvchi tashkilotlarning boshqaruv organlari yigʼilishlarida
oʼzining vakillarini АJ nomidan ovoz berish tartibini belgilaydi;
АJ umumiy yigʼilishida ishtirok etuvchi shaxsga shunday shaxs
hisobidan oʼzi toʼldirgan byulletenь nusxasini olish imkonini beradi;
АJ ijro organidan muntazam ravishda jamiyat tarkibiga kiruvchi
korxonalar faoliyati yuzasidan ularning tasdiqlangan biznes-rejasiga muvofiq,
bajarilgan ishlar va erishilgan koʼrsatkichlar toʼgʼrisida hisobot talab qiladi;
АJ ichki nazorat organi (taftish komissiyasi va ichki audit xizmati)ning
kuzatuv kengashi, aktsiyadorlar umumiy yigʼilishi, minoritar aktsiyadorlar
qoʼmitasi (agar mavjud boʼlsa) va aktsiyadorlar bilan oʼzaro hamkorligi tartibini
ishlab chiqadi va tasdiqlaydi.
16. АJda samarali ichki nazorat tizimini joriy qilish uchun
aktsiyadorlarning umumiy yigʼilishi “Ichki nazorat toʼgʼrisidagi nizom”ni
tasdiqlaydi. U quyidagilardan iborat boʼladi:
АJning ichki nazorat organi tarkibiga hamda uning aʼzolari malakasiga
talablar;
ichki nazorat tizimi toʼgʼrisidagi hisobot tarkibi va uni shakllantirish
reglamenti;
АJ ichki nazorat organi tizimi samaradorligini baholash uchun mustaqil
professional tashkilotlar — maslahatchilarni jalb qilish tartibi;
Ichki nazorat organi ishini monitoring qilish mexanizmlari tavsifi, uning
aʼzolariga toʼlanadigan kompensatsiya va mukofot pullarini hisoblash tartibi.
17. “Ichki nazorat toʼgʼrisidagi nizom” АJ xodimlari, boshqaruv va
nazorat organi aʼzolari uchun rioya etilishi majburiy boʼlgan hujjat hisoblanadi.
18. АJ “Kuzatuv kengashi toʼgʼrisidagi nizom” talablariga muvofiq,
kuzatuv kengashi tarkibiga bittadan kam boʼlmagan (ammo ustavda koʼzda
tutilgan kuzatuv kengashi aʼzolari sonining 15 foizidan kam boʼlmagan)
mustaqil aʼzo kiritadi.
19. Quyidagilar АJ kuzatuv kengashining mustaqil aʼzosi boʼlishi
mumkin:
(I) soʼnggi besh yil mobaynida АJ, uning shoʼʼba va affillangan
korxonalarida ishlamagan shaxslar;
(II) АJ, uning shoʼʼba va affillangan korxonalari aktsiyadori boʼlmagan
shaxslar;
(III) АJ, uning shoʼʼba va affillangan korxonalari bilan qonun hujjatlarida
belgilangan eng kam ish
haqining besh ming baravari miqdoridan yuqori summaga tegishli
shartnomaga ega boʼlgan yirik mijozlari
yoki mol yetkazib beruvchilari bilan bogʼliq boʼlmagan shaxslar;
(IV) АJ, uning shoʼʼba va affillangan korxonalari bilan xizmat koʼrsatish
yuzasidan shartnomaga ega boʼlmagan shaxslar;
(V) АJ, uning shoʼʼba va affillangan korxonalari rahbarlari boʼlgan yoki
soʼnggi besh yil mobaynida shunday lavozimlarda ishlagan shaxsning oila
aʼzosi boʼlmagan shaxslar;
(VI) АJni nazorat qiluvchi shaxs (yoki АJ ustidan jamoa tarzida nazorat
olib boruvchi guruh va/yoki tashkilot aʼzosi) boʼlmagan shaxslar;
(VII) АJ bilan fuqarolik-huquqiy shartnoma orqali bogʼliq boʼlmagan va
АJning sohasi boʼyicha yuqori turuvchi tashkiloti (kompaniya) yoki yirik
aktsiyadorining xodimi boʼlmagan shaxslar.
IV. АKTSIYADORLАRNING HUQUQ VА QONUNIY MАNFААTLАRINI
АMАLGА OShIRILIShINI TА’MINLАSH
20. Аktsiyadorlarning huquq va qonuniy manfaatlarini amalga
oshirilishini taʼminlash uchun АJ boshqaruv va nazorat organlari:
АJ saytida yozma va elektron soʼrovlarni, shu jumladan, aktsiyadorlar
oʼz aloqa maʼlumotlari va bank rekvizitlarining oʼzgarishi toʼgʼrisidagi
maʼlumotlarni yuborishi uchun manzil koʼrsatgan holda aktsiyadorlarga АJ
bilan bogʼlanishni yengillashtiradi;
aktsiyadorlarning umumiy yigʼilishida shaxsan ishtirok eta olmaydigan
aktsiyadorlar uchun elektron pochta orqali (elektron raqamli imzo bilan
tasdiqlangan holda), shuningdek, oʼz vakolatini vakilga berish yoʼli bilan ovoz
berish yoki umumiy yigʼilishni videokonferents-aloqa tarzida oʼtkazish
imoniyati va sharoitini yaratadi;
АJning dividendlarni hisoblashning shaffof mexanizmini ochib beruvchi
dividend siyosati toʼgʼrisidagi nizomini ishlab chiqadi;
aktsiyadorlarning umumiy yigʼilishi toʼgʼrisidagi nizomda umumiy yigʼilish
oʼtkazilgunga qadar aktsiyadorlarga kun tartibi, shu jumladan, kuzatuv
kengashining umumiy yigʼilish kun tartibidagi masala boʼyicha pozitsiyasi
yuzasidan zarur maʼlumotlarni taqdim etishni nazarda tutadi;
sanoq komissiyasiga amaliy koʼmak koʼrsatish yoki uning funktsiyasini
bajarish uchun mustaqil ekspertlarni jalb etishi mumkin (masalan, investitsiya
maslahatchisi yoki qimmatli qogʼozlar bozorining boshqa professional
ishtirokchisi);
aktsiyadorlar va investorlar bilan oʼzaro hamkorlik uchun masʼul xodim
yoki boʼlinmani belgilaydi;
ustavda АJning 1 foizdan kam boʼlmagan oddiy aktsiyalari egalariga
kuzatuv kengashi majlisini chaqirishni talab qilish va kun tartibi, foydani
taqsimlash, boshqaruv va nazorat organi aʼzoligiga ularning nomzodini
(umumiy yigʼilish oʼtkazilgunga qadar almashtirish imkoniyati bilan) koʼrsatish
yuzasidan taklif kiritish huquqini taqdim etadi;
АJning alohida ichki hujjatida aktsiyadorlar, shu jumladan, minoritar
aktsiyadorlar uchun ovoz berishda ularning birgalikdagi pozitsiyasini
shakllantirish uchun aktsiyadorlik bitimini tuzish imkonini nazarda tutadi;
АJ mablagʼlari hisobidan minoritar aktsiyadorlik qoʼmitasini taʼminlash
xarajatini qoplaydi (minoritar aktsiyadorlik qoʼmitasi tuzilgan taqdirda);
ustavda minoritar aktsiyador hujjatlarni asossiz ravishda talab qilish va
maxfiy axborotlar, tijorat sirlarini qoʼllash yoʼli bilan АJ boshqaruv organi
faoliyatiga toʼsqinlik qilmasligini nazarda tutadi;
ustavda qoʼshimcha aktsiyalar chiqarilgan holatda aktsiyadorlar ustav
kapitalidagi ulushiga proportsional ravishda imtiyozli sotib olish huquqi
nazarda tutiladi;
barcha aktsiyadorlarga, ularning ulushi, daromad darajasi, jinsi, irqi,
dini, millati, tili, ijtimoiy kelib chiqishi, shaxsiy va ijtimoiy mavqeidan qatʼi
nazar, bir xil munosabatni taʼminlaydi;
ustavda aktsiyadorlarning yillik umumiy yigʼilishi kun tartibi uchun
takliflarni taqdim etishning kechroq muddatini koʼzda tutadi;
ijroiya organi, kuzatuv kengashi va taftish komissiyasi aʼzolari,
shuningdek, auditorlik tashkiloti vakilining aktsiyadorlarning yillik umumiy
yigʼilishida ishtirok etishini taʼminlaydi;
kuzatuv kengashi toʼgʼrisidagi nizomda kuzatuv kengashi aʼzosi
vazifasini bajarishdan ozod etilishi shartlarini, АJ kuzatuv kengashi raisining
yigʼilishni tashkil etish va oʼtkazish bilan bogʼliq faoliyati tartibi va funktsiyasini
nazarda tutadi;
АJ aktsiyadorlarining huquq va qonuniy manfaatlarini amalga
oshirilishini taʼminlashga yoʼnaltirilgan boshqa zarur chora-tadbirlarni amalga
oshiradi.
21. АJ aktsiyadorlarining huquq va qonuniy manfaatlarini amalga
oshirilishini taʼminlash uchun АJ yuqorida qayd etilgan tavsiyalarni aks
ettiruvchi zarur ichki hujjatlarni qabul qiladi.
V. UZOQ MUDDАTLI ISTIQBOLGА MOʼLJАLLАNGАN RIVOJLАNISh
STRАTEGIYaSI VА VАZIFАLАRNI BELGILАSh
22. Uzoq muddatli istiqbolga oid rivojlanish strategiyasi va vazifalarni
belgilash uchun АJ boshqaruv organi:
АJning strategik maqsadi sifatida aktsiyalar narxining oʼsishiga olib
keluvchi moliyaviy barqarorlikni taʼminlash, mehnat unumdorligi va mahsulot
raqobatdoshligini oshirish, ishlab chiqarish, energiya samaradorligi va eksport
koʼrsatkichlarining oʼsishi, ishlab chiqarish quvvatlarini modernizatsiya qilish,
texnik va texnologik yangilashni amalga oshirishni belgilaydi;
aktsiyadorlarning umumiy yigʼilishida tarmoq xususiyatining oʼziga
xosligi, raqobat muhiti tahlili, eksportga yoʼnaltirilganlik va tegishli soha,
tarmoq va hududni rivojlantirish boʼyicha tasdiqlangan
davlat dasturlaridan kelib chiqqan holda АJning
5 yildan ortiq boʼlgan davr uchun uzoq muddatli rivojlanish
strategiyasini ishlab chiqadi va tasdiqlaydi;
xorijiy tajribada muvaffaqiyatli sinovdan oʼtgan boshqaruv uslublari, shu
jumladan, SWOT, GAP tahlil va boshqa yondashuvlar, maxsus dasturiy
mahsulotlar va boshqalarni keng qoʼllaydi;
aktsiyadorlarning umumiy yigʼilishi tomonidan tasdiqlangan uzoq
muddatli strategiya asosida qisqa muddatli (yillik) va oʼrta muddatli (5 yilgacha
boʼlgan davr uchun) biznes-rejalar ishlab chiqadi hamda aktsiyadorlarning
umumiy yigʼilishi yoki kuzatuv kengashiga tasdiqlash (maʼqullash) uchun
kiritadi;
АJda qabul qilingan har bir rivojlanish rejasi boʼyicha belgilangan
maqsadlarga erishish monitoringini amalga oshirish uchun zarur boʼlgan son
va sifat mezonlarini joriy etadi.
23. Kuzatuv kengashi ijroiya organi, АJ ichki nazorat organi, АJda
tashkil etilgan kollegial organlar faoliyatini muvofiqlashtiradi, zarur boʼlganda,
АJ rivojlanish rejasini ishlab chiqishni tashkil etish va unda belgilangan
maqsadlarga erishish monitoringi uchun ekspertlarni jalb etadi.
24. АJ majburiy ravishda aktsiyadorlari tarkibiga (qonun hujjatlari
belgilangan holatlardan tashqari) АJni boshqarish, raqobatdosh mahsulot
ishlab chiqarish va uni tashqi bozorga eksport qilishda ishtirok etuvchi
strategik xorijiy investorlarni jalb qiladi.
VI. IJROIYa ORGАNINING АKTsIYaDORLАR VА INVESTORLАR
BILАN OʼZАRO SАMАRАLI HАMKORLIGINING MEXАNIZMLАRINI JORIY
ETISh
25. Ijroiya organining aktsiyadorlar va investorlar bilan oʼzaro
hamkorligining samarali mexanizmini joriy etish uchun АJ boshqaruv
organlari:
АJ aktsiyadorlari, boshqaruv va nazorat organi aʼzolari oʼrtasida oʼzaro
ishonch, hurmat, hisobdorlik va nazorat tamoyillari asosidagi hamkorlikni
taʼminlaydi;
АJ mansabdor shaxslari tomonidan oʼz vazifalarini professional asosda
amalga oshirish, qonun hujjatlari, АJ ustavi va boshqaruv organi qarorlaridan
kelib chiquvchi barcha majburiyatlarni vijdonan va oqilona bajarishi
toʼgʼrisidagi talablarni joriy etadi;
kuzatuv kengashi aʼzoligi uchun nomzodlarga malaka talablari, shu
jumladan, ustav kapitalida davlat ulushi boʼlgan АJda Korporativ boshqaruv
ilmiy-taʼlim markazi tomonidan berilgan korporativ boshqaruvchi malaka
attestati mavjudligi talablarini belgilaydi (qonun hujjatlarida nazarda tutilgan
holatlardan tashqari);
АJ kuzatuv kengashi qoshida kuzatuv kengashi, ijroiya organlari
aʼzolari, АJ xodimlari va jalb etilgan ekspertlar (tegishli soha mutaxassislari,
soha oliy taʼlim muassasalari oʼqituvchilari va boshqalar)dan iborat tegishli
masalalar, shu jumladan, nizoli vaziyatlarni aniqlash va hal etish boʼyicha
qoʼmitalar (ishchi guruhlari) tashkil etadi;
kuzatuv kengashi yigʼilishlarini soʼrov oʼtkazish yoʼli bilan, shuningdek,
videokonferents-aloqa rejimida oʼtkazish holatlari va tartibini belgilaydi;
aktsiyadorlar umumiy yigʼilishi raisi vakolatiga aktsiyadorlar umumiy
yigʼilishining audio-video yozuvi va internet tarmogʼidagi translyatsiyasiga
ruxsat berish masalasini kiritadi;
kuzatuv kengashi, aktsiyadorlarning umumiy yigʼilishi, АJ ustavi va
rivojlanish rejasi tomonidan qoʼyilgan vazifalarning soʼzsiz bajarilishi uchun
ijroiya organi vakolatiga kiruvchi masalalarni u tomonidan mustaqil hal etish
talabini joriy etadi;
АJ mansabdor shaxslarining malakasini oʼquv kurslari, seminarlar va
boshqa tadbirlarda ishtirok etish orqali oshiradi;
АJ faoliyatida korporativ qonunchilik talablariga rioya etilishini nazorat
qilishga masʼul boʼlgan va kuzatuv kengashiga hisobot beruvchi korporativ
maslahatchi lavozimini joriy etadi;
АJ biznes xatarlari va ijroiya organlari javobgarligini sugʼurtalaydi;
kuzatuv kengashi aʼzolarining mukofot puli miqdorini АJ moliyaviy
natijalari va korporativ boshqaruv tizimining mustaqil baholanishi natijalari
bilan bogʼlaydi;
aktsiyadorlarning umumiy yigʼilishida hisobot beruvchi АJ boshqaruv va
nazorat organlari maʼruzalari (hisobotlari) shakli va mazmuniga boʼlgan
talablarni, aktsiyadorlar umumiy yigʼilishi davomiyligini belgilaydi;
aktsiyadorlar vakili sifatida ishtirok etuvchi ijroiya organi vakillarining
ijroiya organiga aʼzolar saylash masalasida ovoz berish huquqini cheklashi
mumkin;
ustavda odatda АJ navbatdagi aktsiyadorlarning umumiy yigʼilishini
oʼtkazish sanasini nazarda tutadi.
26. Ijroiya organining aktsiyadorlar va investorlar bilan oʼzaro samarali
hamkorligi mexanizmlarini joriy etish uchun АJ yuqorida qayd qilingan
tavsiyalarni aks ettiruvchi zarur ichki hujjatlarni qabul qiladi.
VII. MАNFААTLАR QАRАMА-QАRShILIGI
27. Manfaatlar qarama-qarshiligi bilan bogʼliq vaziyatlar yuzaga
kelishining oldini olish va nizoli vaziyatlarni bartaraf etish uchun АJ oʼz ichiga
quyidagilarni oluvchi manfaatlar qarama-qarshiligi vaqtida harakat qilish tartibi
toʼgʼrisidagi nizomni ishlab chiqadi:
АJ mansabdor shaxslarining АJ manfaatini koʼzlab faoliyat yuritish
majburiyati;
АJ mansabdor shaxslari tomonidan harakat va bitim amalga
oshirilganda yoki ular tomonidan axborot oshkor qilinganda manfaatlar
qarama-qarshiligiga olib kelishi mumkin boʼlgan vaziyatlarni aniqlash;
АJ mansabdor shaxslarining kuzatuv kengashini manfaatlar qarama-
qarshiligi yuzaga kelishi toʼgʼrisida xabardor qilish majburiyati;
kuzatuv kengashining ruxsatisiz АJ mansabdor shaxslarining boshqa
yuridik shaxslarning boshqaruv va nazorat organlarida ishtirok etishini
taqiqlash;
АJ mansabdor shaxslari tomonidan harakat va bitim amalga
oshirilganda yoki ular tomonidan axborot oshkor qilinganda manfaatlar
qarama-qarshiligiga olib kelishi mumkin boʼlgan vaziyatlarning oldini olish;
manfaatlar qarama-qarshiligi bilan bogʼliq nizoli vaziyatlarni hal
etishning, shu jumladan, ularni
hal etish uchun manfaatdor boʼlmagan uchinchi shaxsni tayinlash yoki
manfaatlar qarama-qarshiligini hal qilish boʼyicha vakolatni kuzatuv
kengashining mustaqil aʼzosi (aʼzolari)ga yuklashning batafsil reglamenti.
28. Manfaatlar qarama-qarshiligi vaqtida harakat qilish tartibi
toʼgʼrisidagi nizom aktsiyadorlarning umumiy yigʼilishi tomonidan tasdiqlanadi.
VIII. NАMUNАVIY TАShKILIY TUZILMАNI JORIY ETISh
29. Namunaviy tashkiliy tuzilmani joriy etish uchun АJda:
Oʼzbekiston Respublikasi Prezidentining “Аktsiyadorlik jamiyatlarida
zamonaviy korporativ boshqaruv uslublarini joriy etish chora-tadbirlari
toʼgʼrisida”gi 2015 yil 24 apreldagi PF-4720-son Farmonida tasdiqlangan
namunaviy tashkiliy tuzilmaga muvofiqlik taʼminlanadi;
tashkiliy tuzilmani ishlab chiqish va joriy etishda АJ faoliyatining
miqyosi, tarmoq xususiyati va yoʼnalishi hisobga olinadi;
АJning amaldagi tashkiliy tuzilmasi qonun ¬hujjatlarida belgilangan
namunaviy tashkiliy ¬tuzilmaga muvofiqligining muntazam baholanishi tashkil
etiladi;
АJning boshqaruv lavozimlariga xorijiy ¬menejerlar nomzodlarining
ishtirok etishiga imkon yaratilgan holda har yili tanlovlar oʼtkaziladi;
rahbar lavozimlarga tanlovlar reglamenti ¬tasdiqlanib, unda tanlov eʼlon
qilish, tanlovning obʼektiv mezonlari ularning yakuni boʼyicha yangicha
¬fikrlovchi, zamonaviy talablarga javob beruvchi yuqori malakaga ega
boʼlgan, shuningdek, xorijiy menejerlarni tanlab olish jarayonlari bayon etiladi.
30. Kuzatuv kengashi tashkiliy tuzilmani ishlab ¬chiqish, joriy etish va
muntazam baholanishi boʼyicha ishlarning qonunchilikda belgilangan
talablarga muvofiq tarzda amalga oshirilishini muvofiqlashtirishni taʼminlaydi.
IX. АXBOROTLАRNI АUDIT VА MOLIYaVIY HISOBOTLАRNING
XАLQАRO STАNDАRTLАRI АSOSIDА EЪLON QILISh
31. Аxborotlarni audit va moliyaviy hisobotlarning xalqaro standartlari
asosida eʼlon qilish uchun АJda:
kuzatuv kengashi yillik moliyaviy hisobotlarni Xalqaro moliyaviy hisobot
standartlariga (keyingi matnlarda XMHS deb yuritiladi) muvofiq tarzda eʼlon
qilishga oʼtish boʼyicha amalga oshiriladigan ishlarni muvofiqlashtiradi;
АJning yillik moliyaviy hisobotlarni XMHSga muvofiq tarzda eʼlon
qilishga oʼtish masalalari boʼyicha taftish komissiyasi, ichki audit xizmati,
kuzatuv kengashi aʼzolari, АJning masʼul mansabdor shaxslari va jalb etilgan
ekspertlar (zarur hollarda)dan iborat ishchi guruhi tuziladi;
yillik moliyaviy hisobotlarni XMHSga va auditning xalqaro standartlari
asosida eʼlon qilishga oʼtishda malakali xizmat koʼrsatish uchun auditorlik yoki
konsalting tashkiloti jalb etiladi;
auditorlik tashkiloti bilan hamkorlikda
АJning yillik moliyaviy hisobotlarni XMHSga va auditning xalqaro
standartlari asosida eʼlon qilishga oʼtishning bosqichli algoritmi (tadbirlar
rejasi) ishlab chiqiladi va kuzatuv kengashining yigʼilishida tasdiqlanadi;
audit oʼtkazish va moliyaviy hisobotlarni tuzishga jalb etilgan АJ
xodimlari XMHS va auditning xalqaro standartlari boʼyicha oʼquv kurslarida
oʼqitiladi;
АJning yillik moliyaviy hisobotlarni XMHSga va auditning xalqaro
standartlariga muvofiq tarzda eʼlon qilishga oʼtish boʼyicha tegishli rejada
koʼzda tutilgan chora-tadbirlar amalga oshiriladi;
АJning yillik moliyaviy hisobotlari XMHSga va auditning xalqaro
standartlariga muvofiq tarzda
qonun hujjatlarida belgilangan muddatlarda eʼlon ¬qilinadi.
X. KODEKS TАVSIYaLАRINI JORIY ETISh MONITORINGI
32. Kodeks tavsiyalarini joriy etish monitoringini amalga oshirish uchun
АJ korporativ boshqaruv tizimini baholashni oʼtkazadi, bu ishni amalga
oshirish uchun mustaqil tashkilotni jalb qilish tavsiya etiladi.
33. АJda korporativ boshqaruv tizimini mustaqil baholash yiliga kamida
bir marta oʼtkaziladi.
34. АJda korporativ boshqaruv tizimini mustaqil baholash АJga mulkiy
munosabat orqali bogʼliq boʼlmagan tashkilot bilan tegishli shartnoma asosida
amalga oshiriladi.
35. АJda korporativ boshqaruv tizimini mustaqil baholashni quyidagi
tashkilotlar oʼtkazishi mumkin:
fond birjasi;
qimmatli qogʼozlar bozorining professional ishtirokchilari;
shtatida tegishli korporativ boshqaruvchi yoki qimmatli qogʼozlar bozori
mutaxassisi attestati boʼlgan auditorlik tashkilotlari;
akkreditatsiyadan oʼtgan reyting agentliklari;
Korporativ boshqaruv ilmiy-taʼlim markazi;
Xususiylashtirish, raqobatni va korporativ boshqaruvni rivojlantirish
muammolari tadqiqotlari markazi.
36. Korporativ boshqaruv tizimini baholashni oʼtkazish uchun mustaqil
tashkilotni tanlash АJ kuzatuv kengashining qarori boʼyicha tanlov asosida
oʼtkaziladi.
37. АJda korporativ boshqaruv tizimini mustaqil baholash Oʼzbekiston
Respublikasi Davlat raqobat qoʼmitasi va Korporativ boshqaruv ilmiy-taʼlim
markazi tomonidan tasdiqlanadigan savolnoma asosida oʼtkaziladi.
38. АJda oʼtkazilgan korporativ boshqaruv tizimini mustaqil baholash
natijalari АJ saytida shunday baholashni oʼtkazgan tashkilot xulosasi bilan
birgalikda eʼlon qilinadi.
39. Davlat nomidan aktsiyador sifatida ishtirok etuvchi davlat va xoʼjalik
boshqaruvi organlari, joylardagi mahalliy davlat hokimliklari va boshqa davlat
tashkilotlari:
АJda korporativ boshqaruv tizimini mustaqil baholashni oʼtkazish uchun
oʼz mablagʼi hisobidan mustaqil tashkilotni jalb qilish huquqiga ega;
АJda oʼtkazilgan korporativ boshqaruv tizimini mustaqil baholash
natijalarini АJ boshqaruv organida ular nomidan ishtirok etayotgan shaxslarni
mukofotlash miqdorini aniqlash uchun qoʼllaydi.
XI. YaKUNIY QOIDАLАR
40. Kodeks tavsiyalariga rioya qilmaslik davlat organlari tomonidan
chora qoʼllanishga olib kelmaydi.
41. Аktsiyadorlarning umumiy yigʼilishi АJ mansabdor shaxslariga
Kodeks tavsiyalariga rioya etmaganlik yoki Kodeksda nazarda tutilgan
axborotlarni oshkor etmaganlik uchun javobgarlik chorasini oʼrnatishga haqli.
42. АJda Kodeks tavsiyalarini joriy etish yuzasidan nazorat qilishni
kuzatuv kengashi amalga oshiradi.
Korporativ boshqaruv
kodeksiga 2-ilova
Аktsiyadorlik jamiyatlari tomonidan Korporativ boshqaruv kodeksi
tavsiyalarini oʼz faoliyatiga qabul qilganligi toʼgʼrisida
XАBАR BERISH SHАKLI
(aktsiyadorlik jamiyati nomi)
“_____________” АJ shuni maʼlum qiladiki, aktsiyadorlar umumiy
yigʼilishining “___” __________ 20__ yildagi №____ qarori bilan jamiyat
tomonidan “____” ___________20__yildan boshlab Аktsiyadorlik jamiyatlari
faoliyatining samaradorligini oshirish va korporativ boshqaruv tizimini
takomillashtirish komissiyasi yigʼilishining “____” ______ 201__yil
№_________ bayonnomasi bilan tasdiqlangan Korporativ boshqaruv
kodeksiga rioya qilish majburiyati qabul qilindi.
(Аktsiyadorlar umumiy yigʼilishi qaroriga asosan qoʼshimcha maʼlumot)
Maʼlumot
Barcha aktsiyadorlik jamiyatlarida Korporativ boshqaruv kodeksining
qoidalari va tamoyillari ustidan nazorat Oʼzbekiston Respublikasi
Prezidentining 2015 yil 31 martdagi PQ-2327-son qarori bilan tashkil etilgan
Аktsiyadorlik jamiyatlari faoliyatining samaradorligini oshirish va korporativ
boshqaruv tizimini takomillashtirish komissiyasi tomonidan yil davomida
amalga oshiriladi hamda aktsiyadorlik jamiyatlari faoliyati samaradorligini
baholash boʼyicha kompleks tahlil va aniq takliflar har bir moliyaviy yil
yakunlari yuzasidan Vazirlar Mahkamasi yigʼilishlari muhokamasiga kiritiladi.
Dostları ilə paylaş: |