Maktabgacha
ta’lim
tashkilotlari
tarbiychilarining
mediakompetentligini rivojlantirish mazmuni
JDPI maktabgacha ta’lim metodikasi
kafedrasi dots.v/b G.Kushakova
2-kurs magistri Sarimsoqova Muxayyo
Annotatsiya: Ushbu maqolada maktabgacha ta’lim tashkilotlari
tarbiychilarining mediakompetentligini rivojlantirish mazmuni xaqida fikrlar
bayon qilingan.
Аннотация: В статье рассматривается содeржание развития
мeдиакомпeтeнтности пeдагогов в дошкольном образовании.
Annotation: This article discusses the content of the development of media
competence of educators in preschool education.
Tayanch so’zlar: maktabgacha ta’lim, tashkilot, tarbiychilar
mediakompetentlik, rivojlantirish, mazmun, fikr.
Ключeвые
слова:
дошкольное
образование,
организация,
мeдиакомпeтeнтность пeдагога, развитие, содeржание, мнeние.
Keywords: preschool education, organization, educators media
competence, development, content, opinion.
Zamonaviy axborot-kommunikasiya texnologiyalari muhitiga asoslangan
axborotlashtirilgan jamiyatning tarkibiy qismlari – bu media, til hamda
madaniyatdir. Aynan, biz yashayotgan dunyoning tili va madaniyatini insondagi
mediakompetentlik tashkil etadi. Dunyoda mediakompetentlikning ahamiyati
turli xalqaro tashkilotlar, jumladan, YuNESKO tashkilotining tavsiyalarida
alohida ta’kidlanib, pedagoglarni mediakompetentligini rivojlanishini qo’llab-
quvvatlangan. Mediakompetentlik umumiy ko’rinishda shaxsning turli ko’rinishi,
janr va shakllardagi mediamatnni tanlash, foydalanish, tanqidiy tahlil qilish,
baholash, yaratish va uzatish, sosiumda medianing faoliyati murakkab
jarayonlarini tahlil qilishga tayyorlikda namoyon bo’ladigan integrativ sifati
tarzida qaraladi. Shuning uchun, maktabgacha ta’lim tashkilotlari
tarbiyachilarining mediakompetentligini rivojlantirish masalasi ilm oldida turgan
dolzarb masalalardan biri hisoblanadi. Bunda zamonaviy ilmiy-texnikaviy
taraqqiyot talablariga mos holda maktabgacha ta’lim tashkilotlari
tarbiyachilarining media borasidagi bilimlarini takomillashtirish orqali
mediakompetentlikni rivojlantirish texnologiyasini yaratish pedagogik
yo’nalishdagi tadqiqotlar ichida muhim ahamiyatga ega.
Respublikamizda ta’lim tizimi tubdan isloh qilinib, uzluksiz ta’lim,
jumladan, maktabgacha ta’lim tizimida katta o’zgarishlar amalga oshirildi.
Xususan, oliy o’quv yurtidan keyingi ta’lim tizimi yanada takomillashtirildi,
maktabgacha ta’lim vazirligi tashkil etildi, maktab va kollejlar o’rtasidagi
bog’liqlikni mustahkamlash yo’lida 11 yillik ta’lim tizimiga o’tildi, ta’lim
mazmunini yangilash hamda ta’lim jarayonlari samaradorligini oshirish bo’yicha
olib borilgan islohotlar bugun o’z samarasini bermoqda. Mazkur jarayonlarni
amalga oshirishda axborot-kommunikasiya texnologiyalari muhitidan samarali
foydalanib, milliy kadrlarni tayyorlash, yosh avlodni barkamol va yetuk etib
voyaga yetkazish tarbiyachi-pedagoglarning asosiy vazifalari sirasiga kiradi.
O’zbekiston Respublikasini yanada rivojlantirish bo’yicha Harakatlar
strategiyasida sifatli ta’lim xizmatlari imkoniyatlarini oshirish, mehnat bozorining
zamonaviy ehtiyojlariga mos yuqori malakali kadrlar tayyorlash kabi yo’nalishlar
belgilanib, bu borada maktabgacha ta’lim tashkilotlari tarbiyachilarining
mediakompetentligini rivojlantirish samaradorligiga erishish katta ahamiyat kasb
etadi.
Shuni alohida ta’kidlash kerakki, tarbiyachining mediakompetentligi uning
kasbiy kompetentligining eng muhim tarkibiy qismi hisoblanadi, chunki nafaqat
maxsus bilimlarga ega bo’lgan, balki belgilangan yo’nalish doirasida faoliyatni
amalga oshirishning barcha usullaridan pedagogik faoliyatni amalga oshirishi va
axborot hamda telekommunikasiya texnologiyalarini organik ravishda
rivojlantirishda o’z ko’nikmalarini takomillashtirishi kerak.
Mediata’lim tarbiyachilarga mediamadaniyat olamida moslashishga, ommaviy
axborot vositalari tilini o’zlashtirishga, mediamatnni tahlil qila olishga va shu
kabilarga yordam berishi lozim.
Pedagogika fanida tarqalgan asosiy mediata’lim modellari ko’p jihatlarga
egadir. Umuman olganda, ularni quyidagicha tartibda tasniflash mumkin bo’ladi:
- o’z ichiga media nazariyasi va amaliyotining o’rganilishini oladigan ta’limiy-
axborotli modellar;
- mediamadniyatning axloqiy va falsafiy muammolarini ko’rib chiqadigan
tarbiyaviy-estetik modellar;
- o’quvchilar va tarbiyachilarning ijodkorligi, tasavvuri, mustaqil fikrlashi va
shu kabilarning rivojlantirilishini ko’zda tutadigan rivojlantiruvchi o’qitish
modellari.
Milliy mediata’lim modellarining o’ziga xosligi shundan iboratki, bunda ular
umumdidaktik tamoyillarga (shaxsning har tomonlama rivojlanishi, nazariyaning
amaliyot bilan aloqadorligi, tizimlilik va shu kabilar) va mediamadaniyatning o’ziga
xosliklari bilan bog’liq bo’ladigan tamoyillarga (audio-vizual anglashning,
mediamatnlarni tahlil qila olish mahoratining va shu kabilarning rivojlanishiga)
rioya qiladi.
Mediata’limning oyoqqa turishi yo’lida Ye.I.Xudoleyeva o’zining ilmiy
tadqiqotida quyidagi pedagogik muammolarni ajratib ko’rsatadi:
- pedagoglarning ichki psixologik muammolari, yangi texnika va
texnologiyalar oldidagi qo’rquv;
- o’z kasbiy faoliyatida yangi texnikalardan foydalanish imkoniyatlarini
o’rganish uchun urinib ko’rishni va qo’shimcha kuch sarflashni xohlamaslik;
- jamiyatdagi axborot rivojlanishining yetarli bo’lmagan darajasi;
- ko’plab ijtimoiy guruhlar uchun elektron axborot vositalariga ega
bo’lolmaslik;
- pedagoglarda mediaviy kompetentlilikning yetarlicha rivojlanmaganligi;
- pedagoglarning kasbiy tayyorgarlikdan o’tishni xohalmasliklari va bunga
imkoniyatlari yo’qligi;
- pedagoglar va ta’lim oluvchilar uchun kompyuyer texnikasiga erkin kira olish
imkoniyatining yo’qligi;
- pedagoglarning bo’sh motivasiyasi;
- keng pedagogik jamoatchilik uchun “mediata’lim” tushunchasining
noma’lumligi;
- mediata’lim
nazariyasi
va
metodikasining
ishlab
chiqilishini
muvofiqlashtirish bo’yicha maqsadga qaratilgan va tizimli davlat siyosatining
mavjud emasligi.
Ye.I.Xudoleyeva ta’kidlab o’tgan muammolarning ko’pchiligi umuman olganda
O’zbekistondagi bugungi kunlarda mavjud bo’lgan zamonaviy ta’lim jarayoniga
ham xosdir.
Zamonaviy adabiyotlarda texnika bizning ixtiyorimizda bo’ladi, shuning
uchun bizlar odam sifatida kommunikativ kompetensiyaga ega bo’lamiz. Ya’ni,
odamlar nafaqat, masalan, tasvirni rasshifrovkalay olishlari, ular balki yana
nimalarnidir “mana shunga bog’liq holda o’ylab ko’rishlari” mumkin va bu
tushunish jarayonlarin belgilab beradi - kompetensiya aynan mana shuni ko’zda
tutadi. Bu yerda gap nafaqat yangi texnikani o’zlashtirish haqida boradi; mazkur
texnik-amaliy ko’nikmalar kishilaring biron narsa ustida fikr yuritishlari, tanqidiy
dalillarni shakllantirishlari va o’qish yordamida lazzat olishga qobillikka erishish
bilan bog’liq bo’ladi. Umuman olganda, tarbiyachining kasbiy mahoratini anglash,
avvalo, uning faoliyati bilan bog’liq bo’lib, tarbiyachining kasbiy mahoratining
«poydevorini» tashkil etadigan zarur kasbiy bilim va ko’nikmalarga asoslangan
muayyan kasbiy harakatlarni bajarish qobiliyati bilan bog’liqdir.
Shunday qilib, «kompetentlik» tushunchasi ta’rifiga turli xil yondashuvlar
ushbu atamani an’anaviy tushunishdan tashqariga chiqmaydi, faqat bir-birini
to’ldiradi va o’zaro boyitadi.
Demak, umumiy pedagogik jihatdan kompetentlik - bu bilimlarga ega bo’lish
deganini emas, faoliyat usuliga ega bo’lishni anglatadi; kompetentlik har doim
ma’lum bir faoliyatda o’zini namoyon qiladi (hozirgi holda, professional);
kompetentlik har doim ma’lum bir shaxsiy fazilatlar bilan «bezalgan» bo’ladi.
Adabiyotlar ro’yxati
1. Babadjonov S.S. Multimedia texnologiyalari. – T.: Elektron Ta’lim Resursi,
2017.
2.Nikitina Ye.Yu., Milyutina A.A. Formirovaniye mediakompetensii
mladshix shkolnikov na urokax russkogo yazыka. Monografiya. – M., 2015 yil
3.Inoyatov U.I. Xalq ta’limi tizimida mediata’limni tashkil etish va
rivojlantirish. Globallashuv sharoitida yoshlarni mediasavodxonligini
oshirish. Respublika ilmiy-amaliy seminari materiallari. (Birinchi kitob)
Namangan, 2015. 5-7 b.
4.Kushakova.G, O’quvchi yoshlarda tolerantlik tafakkurni shakllantirish
metodikasi , Arxiv Nauchnыx Publikasiy JSPI: 2020: Arxiv №23 (science.i-
edu.uz, jspi.uz)
5.
Kushakova.G, Maktabdagi yoshdagi bolalarni tolerantlik ruxida
tarbiyalash , Arxiv Nauchnыx Publikasiy JSPI: 2020: Arxiv №58 (science.i-
edu.uz, jspi.uz)
Dostları ilə paylaş: |